Import bo’yicha bog’lanish Kt= Mamlakat umumiy import hajmi/ yalpi milliy mahsuloti hajmi
Bu ko’rsatkich mamlakatning yalpi milliy mahsulotida importning ulushini ifodalaydi.
5.Milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyoti ayrim tovarlar eksporti bilan bog’lanish koeffitsientini aniqlash uchun mamlakat tovarlari eksportini ayrim olingan tovarlarning umumiy ishlab chiqarish hajmiga nisbati olinadi.
Ayrim olingan tovarlar eksporti bog’lanish Kt= ayrim olingan tovar eksporti/ayrim olingan tovar umumiy ishlab chiqarish hajmi
Bu ko’rsatkich mamlakatning ayrim olingan tovar ishlab chiqarish hajmida eksport ulushini ifodalaydi
6.Milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyoti ayrim tovarlar importi bilan bog’lanish koeffitsientini aniqlash uchun mamlakat ayrim olingan tovarlari importini ayrim olingan tovarlarning umumiy istemoli hajmiga nisbati olinadi.
Ayrim olingan tovarlar importi bo’yicha bog’lanish Kt=ayrim olingan tovar importi /ayrim olingan tovarlar iste’moli
Bu ko’rsatkich mamlakatning ayrim olingan tovarlar istemoli hajmidaimport ulushini ifodalydi.
7.Mamlakatning eksportga ixtisoslashgan nisbiy koeffitsientini aniqlash uchun mamlakat umumiy eksportida ayrim tovarlar eksportining ulushini dunyo umumiy eksportida ayrim tovarlar eksporti ulushiga nisbati olinadi.
Mamlakatning eksportga ixtisoslashgan nisbat koeffitsienti= mamlakat umumiy eksportida eksportida ayrim tovarlar ekportining ulushi/dunyo umumiy eksportida ayrim tovarlar eksportining ulushi
Agar bu koeffitsientni qandaydir mahsulot bo’yicha birdan katta bo’lsa ,u holda ushbu mamlakat dunyo xo’jaligida shu mahsulotni ishlab chiqarish bo’yicha ixtisoslashgan bo’ladi.
19.4.To’lov balansi va uning ko’rsatkichlarini statistik o’rganish.
Mamlakatning to’lov balansida uning tashqi dune bilan olib borgan iqtisodiy aloqalarning qiymat shaklidagi munosabatlari o’z aksini topadi.Bu ma’lum davrda muayan mamlakatning chet davlatlarga haqiqiy to’lovlari va boshqa mamlakatlardan unga kelib tushgan tushumlardir.
To’lov balansi o’z ichiga asosan uch balansni qamrab oladi:
1.Savdo balansi ,bu balans eksport va import o’rtasidagi nisbatni ifodalaydi.
2.Xizmatlar va notijorat to’lovlari balansi.Bu balansda transport, sug’urta, pochta,telegraf va telefon ,aloqa xizmatlari bo’yicha to’lovlar, kommision operatsiyalar,sayohat,madaniy aloqalar,transfertlar, ish haqi,nafaqa, meros,stipendiyalar,diplomatik va savdo vakolatxonalarini saqlab turish xarajatlari, kapital bo’yicha devident va foizlar,litsenziyalar bo’yicha to’lovlar,texnik yordam,gonararlar,kashfiyotlardan foydalanish uchun to’lovlar,va chet eldagi harbiy xarajatlar kiradi.Bu balansoperatsiyalari odatda «ko’zga ko’rinmas operatsiyalar» deb ham yuritiladi.»Savdo balansi va xizmatlar»va tijorat to’lovlar balansi to’lov balansining joriy operatsiyalari balansini tashkil qiladi..
3.Kredit va kapital harakati balansi.Bu balansda xususiy va davlat kapitallari Bilan halqaro kreditlarni olish va berish harakati ifodalangan.To’lov balansi ko’rsatkichlari tasnifi quyidagicha:
A.Joriy operatsiyalar tovar va xizmatlar,sarmoyalardan tushgan daromad,boshqa xizmatlar va daromadlar xususiy transfertlar .
V.Bevosita sarmoyalar va boshqa uzoq muddatli kapital,bevosita sarmoyalar,portfel sarmoyalar,boshqa uzoq muddatli kapital.
S.Qisqa muddatli boshqa kapital
D.Xatolar va o’tkazmalar
E.Kommision moddalar.
SDR ni taqsimlash va foydalanish,oltin valyuta zahiralarini qayta baholash
F.Faqulodda moliyalashtirish.
G. CHet yel toshkilotlar zahiralarini tashkil qilish.
H.Zahiralarning yakuniy o’zgarishi
Oltin,SDR,XVFni zahira yo’li ,chet el valyutasi,boshqa talablar,XVF ning kreditlari
To’lov balansidan tashqarii hisobot balansi ham mavjud bo’lib .Hisobot balansining muayan mamlakatning boshqa mamlakatlarga bo’lgan talab va majburiyatlari ma’lum sanaga tuzilgan balanslardir.Hisobot balansining saldosi mamlakatning netto qarzdor va netto kreditorligini anglatadi.
To’lov balansi mamlakatni chet el sektori Bilan aloqalarini ifodalaydi.Uning ko’rsatkichlari yalpi milliy mahsulot ko’rsatkichlari asosida Aniqlanishi mumkin.To’lov balansi,AyniqSA ,ochiq iqtisodiyotda muhim rol o’ynaydi.
1.Milliy hisoblarning asosiy tenglamasi quyidagicha:
Y=C+I+G+N
Bu yerda;
Y-yalpi milliy mahsulot
C-tovar va xizmatlar istemoli
I-sarmoyalar
G-davlat tamonidan tovar va xizmatlarga xarajatlar
N-cof eksport
Ochiq iqtisodiyotda moliyaviy bozorlar,tovar va xizmatlar bozori Bilan chambarchas bog’liq,Buni ifodalash uchun yuqoridagi tenglamani ikki tamondan (S va G) chegirib tashlaymiz
Y -C -G +I + N
Moliyaviy bozorning asosiy ko’rsatkichi jamg’armalardir.Ular ijtimoiiy jamg’armalar
S =T-G
Va xususiy jamg’armalarga bo’linadi.
S=Y-C-T
Bu yerda T-soliqLar hajmi
Umumiy jamg’arma (S )ning yig’indisiga teng
S=(T-G)+(Y-C-T)+T-G+Y-T+Y-C-G
Ikkinchi formula Bilan taqqoslasak,bu holda
S=I+N
Bunda milliy hisoblarning asosiy tenglamasi quyidagicha
(I-S)=N+O
Bu formula kapitalni jamlash bilan bog’liq xalqaro mablag’lar oqimi (I-S) hamda tovar va ximatlarning xalqaro oqimlari (N )o’rtasidagi bog’lanishini ifodalaydi.
Bu tenglamaning har bir qismi o’z nomiga ega. (I-S) to’lov balansining kredit va kapitallar harakati balansi deb ataladi.Kapitallar harakati schyoti ichki jamg’armalardan ustunligi (ortiqchaligi)ni ifodalaydi. Sarmoyalar ichki jamg’armalardan jahon moliya bozorlarida investorlar tamonidan qarz olish oqibatida ortiqroq bo’lishi mumkin.
N esa to’lov balansining joriy operatsiyalar balansi nomini olgan.Joriy operatsiyalar schyoti –bu sof eksport eaziga chet eldan malakatga keladigan valyuta mablag’laridir.
Milliy hisoblar tenglamasi kapital harakati schyoti bilan joriy operatsiyalar schyoti balanslashtirilganligini ko’rsatadi,ya’ni kapital harakati schyoti saldosi Qjoriy operatsiyalar schyoti q 0
(I-S)+ N+0
Demak,to’lovbalansining kapital harakati schyoti va joriy schyot-bir hodisaning ikki tamondan ifodalab beradi.
Agar mamlakat jamg’armalari uning sarmoyalaridan yuqori bo’lsa,u holda mamlakat ichida sarmoyaga sarflanmagan jamg’armalar chet ellik qarz oluvchilarga beriladi.Kapitallar mamlakatdan oqib ketadi.
Agar mamlakat sarmoyalari mamlakat jamg’armalaridan yuqori bo’lsa,u holda mamlakatda pul mablag’lari oqib keladi.( (IQS).Bu holatda biz importni to’lash uchun xalqaro moliyaviy bozordan qarz olamiz. Va schyoti manfiy bo’ladi.To’lov balansini ifodalovchi schyotlar yordamida biz uni statistik baholab tahlil qilishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |