Fanning maqsad va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarda statistikaning metodi va amaliyoti sohasida chuqur kasbiy bilimlar va zaruriy o’quv malakasini shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - statistikaning predmeti va metodi, uning ahamiyati va roli haqida chuqur bilimga va tasavvurga ega bo’lish; statistikaning nazariy, uslubiy va amaliy masalalarini har taraflama o’rganish; O’zbekistonda davlat statistikasining tashkil etilishi, uning «Davlat statistikasi haqida»gi Qonundan kelib chiqadigan vazifalari va huquqlarini bilish; statistik kuzatish mohiyati, turlari, dastur – uslubiy va tashkiliy masalalarini o’rganish; statistik kuzatish ma’lumotlarini svodkalash va guruhlash hamda uning natijalarini statistik jadvallarda ifodalay olish; taqsimot qatorlarini tuzish va tahlil qilish usullarini egallash; statistik ko’rsatkichlar, ularning turlari va shakllari, taqqoslash yo’llari, makro va mikro iqtisodiy ko’rsatkichlar haqida chuqur tasavvurga ega bo’lish; tanlanma kuzatishning mohiyati, nazariy va amaliy masalalari, tanlanmaning reprezentativligini baholash yo’llarini bilish, ilmiy va tajribaviy gipotezalarni statistik tekshirish va yechimlarni olish usullarini egallash; bozor hodisalari o’rtasidagi sabab-oqibat bog’lanishlarini ochish uchun korrelyatsion-regression tahlilni qo’llay olish; dinamika qatorlarini tuzish va tahlil qilish usulubiyatini bilish; statistika amaliyotida qo’llaniladigan iqtisodiy indekslarni hisoblash to’g’risida tasavvurga ega bo’lishni ta’minlash, hamda ular asosida xulosalar chiqarish bo’yicha ko’nikmalar hosil qilishdan iborat.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar
“Statistika” fanini o’zlashtirish jarayonida bakalavr:
statistika predmeti va uning o’ziga xos xususiyatlari;
ommaviy hodisa, uning muhim belgilari;
statistika usuli;
statistik tadqiqot va uning bosqichlari;
hozirgi zamon O’zbekiston Respublikasi Davlat statistikasi va xalqaro statistika;
statistik kuzatishning mohiyati va ahamiyati;
statistik kuzatishni tashkil etish tamoyillari haqida tasavvurga ega bo’lishi;
variatsiya ko’rsatkichlarini hisoblashni;
asimmetriya koeffitsienti va uni aniqlash tartibini;
taqsimot ekstsessi, uning mohiyati va darajasini miqdoriy baholashni;
tanlanma kuzatish, uning mazmuni, qo’llanish sabablari va afzalliklarini;
tanlanma reprezentativligini ta’minlovchi tanlash usullarini;
korrelyatsion-regression tahlil usullarini qo’llash shart-sharoitlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
statistika amaliyotida qo’llaniladigan iqtisodiy indekslarni hisoblash;
YAIM deflyatori va jismoniy hajm indeksidan foydalanish;
iste’mol baholari indeksini tuzish;
milliy hisoblar tizimi (MHT) - iqtisodiy statistikaning asosiy uslubidan foydalanish;
MHT mohiyati, ahamiyati va funktsiyalarini aniqlash;
MHT ning asosiy kategoriyalari va tushunchalarini tahlil etish;
MHTni asosiy hisoblamalari va ularning ko’rsatkichlarini hisoblash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda statistik ko’rsatkichlarni qo’llash;
statistik ko’rsatkichlarni tahlil qilish;
statistik ko’rsatkichlarning ijobiy va salbiy oqibatlarini statistik baholash;
statistik ma’lumotlar natijalarini prognoz qilish malakalariga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |