TAVSIYA QILINGAN ADABIYOTLAR
Nabiyev H.G.’,Nabiyev D.H. Iqtisodiy statistika. Darslik. T.: “Aloqachi”, 2008,379 -397 b.
Soatov N.M., Nabiev H.G’., Nabiev D.H.,Tillaxo`jayeva G.N. Statistika Darslik,T, 2011.451-460 b
Аюбжонов А.Ҳ., Маматқулов Б.Х., Сайфуллаев С.Н.. Статистика фанидан амалий машғулотларни ўтказиш учун ўқув қўлланма. – Т.: ТДИУ, 2011. 161– 178 бет.
Статистика. Учебник / Н.Умаров, А.Абдуллаев, Р.Зулинова. –Т.: “Iqtisod-moliya”, 2009.163-175 с.
Социально-экономическая статистика. Учебник и практикум 990руб В. Н. Долгова, Т. Ю. Медведева 2018 Юрайт
19-Mavzu TASHQI IQTISODIY ALOQALAR STATISTIKASI.
Uslubiy ko’rsatmalar va namunaviy masalalar yechish
Tashqi iqtisodiy aloqa turli mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar bo’lib, iqtisodiy foyda ko’rish maqsadida olib boriladigan faoliyat natijasidir. Tashqi iqtisodiy aloqalar statistikasi (TIAS)da tovar va xizmatlar eksporti va importi, xalqaro moliyaviy operatsiyalar hamda shartnoma asosida xorijdagi ishlab chiqarish faoliyatlari, kapital mig-ratsiyasi, ishchi kuchi migratsiyasi va h.k.lar qamrab olinadi.
Tashqi savdo eksport-import operatsiyalaridan tashkil topib, ularda tovar massalarining harakati, bojxona chegaralari orqali xizmatlar bilan bog’liq mamlakat resurslarini oshiradigan (import) yoki kamaytiradigan (eksport) operatsiyalari sodir bo’ladi.
Tashqi savdo statistikasining vazifalari quyidagilardan iborat: tash-qi savdoning hajmi, uning tarkibi va dinamikasini o’rganish; tashqi sav-doning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish; turli mamla-katlar tashqi savdosini taqqoslash va o’rganish.
Tashqi savdo xalqaro statistikasining ikkita xarakterli tomoni mavjud:
1. Statistika faqat bojxona chegaralarini kesib o’tgan tovar massasi va xizmatlarni hisobga oladi.
2. Statistika bojxona chegaralaridan o’tgan tijorat va notijorat maq-sadidagi tovar massalarining har qanday harakatini hisobga oladi.
Tashqi savdo statistikasida tovarlarni hisobga olishning ikkita tizimi mavjud:
ba’zi tovar turlari uchun maxsus hisobga olish tizimi;
barcha tovarlarga taalluqli umumiy tizim.
Xizmatlarning xalqaro savdosi ularning ishlab chiqarish jarayoni bilan uzviy bog’langan.
Xalqaro xizmatlarning asosiy turlariga quyidagilar kiradi: transport xizmatlari, sayohat (turistik xizmatlar), aloqa xizmatlari, qurilish xizmatlari, sug’urta xizmatlari, moliyaviy xizmatlar, kompyuter va axborot xizmatla-ri, lizing haqlari, boshqa ishbilarmonlik xizmatlari, jismoniy shaxslarga madaniyat va dam olish, maorif, tibbiyot sohasidagi xizmatlar, davlat xiz-matlari va yuqorida qayd qilinmagan boshqa xizmatlar.
Tashqi iqtisodiy aloqalar statistikasida halqaro savdo operatsiyalarini hisobga olishda quyidagi qiymat kategoriyalari qo’llaniladi:
Tashqi savdo aylanmasi – eksport va import qiymatlari yig’indisi.
Savdo balansi saldosi – eksport va import qiymatlari farqi. U aktiv yoki passiv bo’lishi mumkin.
Qoplash koeffitsiEnti – eksport va import qiymatlari nisbati.
4. Savdo balansi – mamlakat tashqi savdo statistikasi ma’lumot-lari bo’yicha ma’lum davr uchun (odatda, bir yil) eksport va import qiy-matlari nisbati. Savdo balansi maqbul aktiv va passiv bo’lishi mumkin.
5. To’lov balansi – ma’lum mamlakatning bir yil davomidagi xorijga to’lovlari va xorijdan tushumlar nisbati. U tushum va xarajatlardan tashkil topadi.
Tashqi savdoda muomalada bo’lgan tovarlar miqdorini hisobga olish, ya’ni savdo operatsiyalarida quyidagi o’lchov birliklari hisobga olinadi: 1. O’ziga xos o’lchov birliklari. 2. Og’irligi bo’yicha:
brutto (tovar iste’molchiga idishi bilan birga o’tganda); netto; netto-legal = brutto og’irligi – tara-tarif ma’lumotnomalariga ko’ra idish va o’rama uchun chegirma. 3. Ularga sarflangan moliviy mablag’lar bo’yicha.
Jahon bo’yicha tovar aylanishi – chegaralarni kesib o’tadigan barcha tovar eksport va importlari qiymatlarining yig’indisiga teng.
Jahon savdo saldosi jahon eksporti va jahon importi qiymatlarining farqi sifatida aniqlanadi. Ushbu saldo jahon eksporti FOB va jahon importi SIF narxlarida hisoblanganligi uchun doimo salbiy bo’ladi. FOB narxlarida hisoblangan tovar qiymati doim SIF narxlarida hisoblangan tovar qiymatidan kichik bo’ladi. (FIBXalqaro savdo hisobi amaliyotida tashqi savdo tovar massalarini ma’lum belgilarga ko’ra guruhlashlardan foydalaniladi.
XX asr oxirlaridan boshlab jahon savdo hisoblarida quyidagi to-var tasniflari va nomenklaturalari keng qo’llanila boshlandi:
BMTning Xalqaro savdo andoza tasnifi (XSAT).
Bojxona hamkorligi bo’yicha nomenklatura Kengashi (Sobiq Bryussel Kengashi) (BHBNK).
YAgona tovar nomenklaturasi (YATN – sobiq O’zaro iqtisodiy yordam kengashiga a’zo mamlakatlarda qo’llanilgan).
YUqorida sanab o’tilgan har bir tasnifni tuzishning o’ziga xos ta-moyillari mavjud.
Tashqi savdo statistikasidan indekslar tovar aylanishi dinamikasini, eks-port va importining fizik hajmini, bahoning o’zgarishini, tashqi savdo struk-turasini va ayrim olingan omillarni tovar aylanishiga ta’sirini o’rganish uchun foydalaniladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar ishlab chiqarish kooperatsiyasi, kapital mig-ratsiyasi, ishchi kuchi migratsiyasi shakllarida amalga oshiriladi. Ishlab chi-qarish migratsiyasi deganda ikki va undan ortiq mamlakatlarning ma’lum bir ishni bajarishi yoki qandaydir bir pirovard mahsulotni ishlab chiqarish bo’yicha hamkorlikdagi faoliyati tushuniladi va ular chet el firmalarining salmog’i, chet el firmalari bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan qo’shma korxonalar soni, qo’shma korxonalarning ishlab chiqarilgan mahsulotdagi salmog’i ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |