Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


-MAVZU: Investitsiyalar hisobi



Download 13,39 Mb.
bet72/296
Sana30.01.2022
Hajmi13,39 Mb.
#419232
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   296
Bog'liq
2 5208518350371555533

9-MAVZU: Investitsiyalar hisobi


Reja:
1.Investitsiya tushunchasi va uning mohiyati
2.jarayonning subyektlari va obyektlari
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiya tizimi.
Tayanch iboralar: samara, loyiha, rentabellik, xarajat, narxi, investitsiya portfeli, daromad, aksioner, kapital, ssuda, moliyalash, zarar


1.Investitsiya tushunchasi va uning mohiyati
«Investitsiyalar» atamasi lotin tilidagi «invest» so‘zidan olingan bo‘lib, pul sarf qilmoq, qo‘ymoq ma’nosini anglatadi. «Investitsiya» tushunchasi bir qator ma’nolarga ega bo‘lib, foyda olish maqsadida aksiya, obligatsiya sotib olish, tovar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan real aktivlarni sotib olish va ishlab chiqarish uchun sarflanishi tushuniladi, ya’ni investitsiyalar har qanday vosita bo‘lib, pulning qiymatini saqlaydi yoki uning qiymatini ko‘paytiradi va ijobiy daromadlar olishni ta’minlaydi. Investitsiya mamlakat iqtisodiyotini o‘stirish va rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan mexanizmlardan biri hisoblanadi.
Kapitalning joylashtirish shakllari turlicha bo‘lib, qator omillar asosida farqlanadi, ya’ni kapital pul va buyum ko‘rinishdagi kapitalga bo‘linganligi uchun ushbu jihatlardan kelib chiqqan holda inves- titsiyalarni moddiy-buyumlar va pul ko‘rinishidagi investitsiya tur- lariga ajratish mumkin.
Moddiy buyumlar deganda, ko‘rinishidagi investitsiyalarga qo‘yi- layotgan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obyektlari, mashina va uskunalar, moddiy zaxirani ko‘paytirish uchun olingan tovarlar tushuniladi.
Pul ko‘rinishdagi investitsiyalarga investitsiyali tovarlarni ishlab chiqarishni ta’minlaydigan moddiy buyumlar ko‘rinishdagi investi- tsiyalarga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari kiradi.
Investitsiyalar — aniq yoki noaniq, lekin ehtimoli bor risklar sharoitida kapitalni muayyan jarayonlarga, muayyan vaqtga bog‘lash bo‘lib, uning joriy qiymatini saqlash, kapitallashtirish va jamg‘a- rilishini ta’minlash maqsadida moliyaviy va real aktivlarga maqsadli qo‘yilma qilish jarayonidir.
Demak, investitsiya tushunchasining mohiyatini yoritganda uning jamg‘arish, qo‘yish va daromad olishdan iborat dinamik jarayoninilib qarash lozim. Investitsiyaning bunday doiraviy harakati asosan investitsion faoliyat orqali amalga oshiriladi. Ko‘plab mamlakatlar xorijiy qo‘yilmalarni jalb etish maqsadida imtiyozli sharoitlarni yara- tadi, xususan kapitallarni saqlash va zararlarni qoplashni kafolat- laydi, imtiyozli soliq olishni kiritadi va foydani xorijga erkin o‘tkazishga ruxsat beradi, olingan daromadlar va boshqalarni qayta investitsiya- lashga sharoitlar yaratadi.
Investitsiyaning milliy daromaddagi hissasi investitsiya me’yori deb ataladi. Bu quyidagi formula asosida hisoblanadi:
YalS
YalM = x 100 (l)
YaMD
Bunda, YalM — yalpi investitsiya me’yori;
YalS — yalpi investitsiya summasi;
YaMD — yalpi milliy daromad.
Moliyaviy resurslarning turlariga qarab investitsiyalar quyidagicha shakllarda bo‘ladi:

  • shaxsiy mablag‘lar, depozitlar, ulushlar, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar;

  • harakatdagi (asbob-uskunalar va boshqa moddiy boyliklar) va ko‘chmas (binolar, inshootlar, kommunikatsiya va boshqa boyliklar) mol-mulklar;

  • mualliflik huquqlar, nou xau va boshqa (aqliy) boyliklar;

  • yerdan, tabiiy boyliklardan va boshqa mol-mulklardan foyda- lanish huquqlari (nomoddiy aktivlar qiymati).

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shakllaridan qat’iy nazar inves- titsiyalar kapitalni jamg‘arish jarayonining natijasi hisoblanadi. Jam- g‘arish investitsiya qo‘yishning asosi bo‘lib, u qo‘yiladigan inves- titsiyalarning hajmini belgilaydi.

  1. Investitsion jarayonning subyektlari va obyektlari

Investitsiya jarayonining subyektlarini quyidagicha turkumlash maqsadga muvofiq:

  1. buyurtmachilar;

  2. investorlar;

  3. investitsiya faoliyati obyektlaridan foydalanuvchilar;

  4. pudratchilar;

  5. ish bajaruvchilar;

  6. tijorat, qo‘shma, xususiy va xorijiy banklar;

  7. sug‘urta kompaniyalari;

  8. investitsion fondiar;

  9. ta’minotchilar.

Investorlar — investitsiya jarayonining asosiy subyektlari bo‘lib, o‘z mablag‘lari, qarz va jalb qilingan mablagiarning investitsiyalar shaklida kiritishni va ulardan foyda olish maqsadida foydalanishni amalga oshiradi.
Investitsion jarayonning subyektlari sifatida tadbirkorlar, tashkilot (korxona)lar va ularning birlashmalari, muayyan obyektga mablagiar kiritishdan foyda (yoki boshqa foydali samara) olishni rejalashtirgan davlat organlari va investitsion fondlar qatnashishi mumkin.
Quyidagilar investorlar boiishi mumkin:

  • 0‘zbekiston Respublikasi hukumati davlat mulkini boshqarish yoki mulk huquqlari bilan ta’minlangan organlar shaklida;

  • mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qonunchilik tartibida belgilangan organlar va xizmatlar shaklida;

  • mahalliy korxonalar, shuningdek, nizomida zarur huquqlar bilan ta’minlangan tadbirkorlik birlashmalari, tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar;

  • xorijiy mamlakatlar bilan tashkil qilingan qo‘shma korxonalar, tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar;

  • milliy va xorijiy kredit tashkilotlari;

  • xorijiy yuridik shaxslar;

  • xorijiy davlatlar ularning hukumatlari tomonidan vakil qilingan organlar shaklida;

  • xalqaro tashkiiotlar.

Jamg‘arilgan resurslar investitsion obyektlariga qarab real, moliya- viy va intellektual investitsiyalarga boiinadi.
Investitsion jarayonining obyektlar guruhlanishi 1-chizmada keltirilgan.



Download 13,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish