3.Tartibga soluvchi schetlar. Korxona ba’zi xo‘jalik mablag‘lari hisobini yuritishda bir necha bahodan foydalanish zaruriyati tug‘iladi. SHunday mablag‘lar va ular tashkil topish manbalari hisobini yurituvchi schetlar tartibga soluvchi schetlar deb ataladi. Bunday schetlar qo‘yidagi turkumlarga ajratiladi:
Kontrar schetlar:
A) kontrar aktiv
B) kontrar passiv
To‘ldiruvchi schetlar:
Bunday schetlarni tartibga soluvchi schetlar deb atalishga sabab ular buxgalteriya hisobini boshqa schetlaridagi ko‘rsatkichlarni tartibga solish xususiyatiga egaligidadir.
Masalan: kontraktiv schetlar passiv schetlar bo‘lib, balans aktividagi mablag‘lar hisob uchun mo‘ljallangan ba’zi schetlar ko‘rsatkichlarni tartibga solib turadi.
0200 - «Asosiy vositalarning eskirishi» kontraktiv schetlar asosiy vosita boshlang‘ich (joriy) qiymatini aks ettiruvchi 0100- «Asosiy vositalar» schetlar ma’lumotlarini tartibga soladi.
0500 – «Nomoddiy aktivlarning eskirishi» scheta esa, 0400- «Nomoddiy aktivlar» schetidagi ko‘rsatkichlarni tartibga soladi.
Misol uchun: Korxonadagi nomoddiy aktivlar boshlang‘ich qiymati 150.000 so‘m 0400 – «Nomoddiy aktivlar» schetida aks ettirilgan va balans aktivida ko‘rsatilgan. Nomoddiy aktivlar qoldiq qiymatini aniqlash uchun 0500 – «Nomoddiy aktivlarning eskirishi» kontraktiv schetidagi ma’lumotdan foydalanish zarur. Unga ko‘ra, nomoddiy aktivlar eskirish summasi 45.000 sumni tashkil etadi deb faraz qilsak, nomoddiy aktivning qoldiq qiymati qo‘yidagiga teng bo‘ladi:
150.000 so‘m – 45.000 so‘m = 105.000 sum.
Savdo korxonalarida tovarlar hisobi 2910 – «Tovarlar» aktiv schetida yuritiladi. Ushbu schetda tovarlarni sotish bahosi aks ettiriladi. Ushbu tovarlarni sotib olish bahosini aniqlash uchun, tartibda soluvchi kontraktiv schet 2980 – «Savdo ustamasi» dagi ma’lumotlardan foydalanish zarur.
Masalan: korxonadagi tovarlar qoldig‘i 2910 – «Tovarlar» scheti debetida 4.500.000 so‘m deb aks ettirilgan, 2980 – «Savdo ustamasi» scheti kreditidagi qoldiq esa, shu tovarlarga belgilangan savdo ustamasi miqdorini bildiradi, bu summa 675.000 ni tashkil etadi deb faraz qilaylik.
4 500 000– 675 000 = 3 825 000 sum.
3 825 00 so‘m korxonadagi tovarlar sotib olish bahosini bildiradi.
Kontrpassiv schetlar aktiv schetlar bo‘lib, ular ba’zi xo‘jalik mablag‘lari tashkil topish manbalari ma’lumotlarini tartibga solish uchun mo‘ljallangan. Masalan: 8600- «Sotib olingan o‘z aksiyalarini hisobga oluvchi schetlar»
To‘ldiruvchi schetlar tegishli mablag‘ va ular tashkil topish manbalari hisobini yuritishga mo‘ljallangan schet ma’lumotlarini to‘ldirish uchun mo‘ljallangan.
Masalan: 1510 – «Materiallarni tayyorlash va sotib olish», 1610 – «Materiallarning qiymatidagi farq» schetlari to‘ldiruvchi schetlar hisoblanadi.