Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi



Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/116
Sana15.01.2022
Hajmi1,26 Mb.
#370055
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   116
Bog'liq
buxgalteriya hisobi nazariyasi 2

 

Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shakli. 

Buxgalteriya hisobi shakllari vujudga kelishi, qo‘llanishi, hisob ishlarini xajmidan, hisob 

xodimlarini  malakasidan  kelib  chiqadi.  Buxgalteriya  hisobining  Bosh  daftar  shaklini  vujudga 

kelishi  XIX  asr  boshlariga  to‘g‘ri  keldi  va  hozirgi  davrda  ham  kichik  firma  va  korxonalarda 




qo‘llanilmoqda.  Buxgalteriya  hisobining  ushbu  shakli  sintetik  schetlar  ham  qo‘llaniladigan 

buxgalteriyalarga  xosdir.  Tabiiyki,  kichik  firma  va  korxonalar  faoliyati  doirasi  katta 

bo‘lmaganligi sababli, qo‘llaniladigan sintetik schetlar miqdori ham kam bo‘ladi. 

Kichik  firmalar,  ular  mulkchilik  shaklidan  qat’iy  nazar,  o‘rtacha  yillik  ishchilar  soni 

ishlab chiqarish tarmog‘ida 10 kishigacha savdo, xizmat va boshqa noishlab chiqarish sohalarida 

esa 5 kishigacha bo‘lgan korxonalar hisoblanadi. 

Kichik  korxonalar  esa  mulkchilik  shaklidan  qat’iy  nazar,  o‘rtacha  yillik  xodimlar  soni 

sanoat tarixida 40 kishigacha, qurilish, qishloq xo‘jalik va boshqa ishlab chiqarish sohalarida 20 

kishigacha, fan, ilmiy xizmat qilish,  chakana savdo va boshqa noishlab chiqarish  sohalarida 10 

kishigacha korxonalar hisoblanadi. 

Kichik korxonalar mustaqil ravishda ishlab chiqarish va boshqaruv, hamda xodimlar soni 

va faoliyatidan kelib chiqib, tegishli organlar tasdiqlagan buxgalteriya hisobi shakllaridan birini 

tanlaydilar. 

 Buxgalteriya  hisobining  Bosh  daftar  shaklini  bir  oyda  xo‘jalik  jarayonlari  100  tadan 

oshmagan xollarda qo‘llash maqsadga muvofikdir. 

Buxgalteriya  hisobining  ushbu  shaklida  dastlabki  xujjat  ma’lumotlari  Bosh  daftar  deb 

ataladigan  sintetik  registrda  yuritiladi.  Bosh  daftarda  xronologik  va  tizimli  yozuvlar  birgalikda 

olib boriladi, shuning uchun ham kombinatsiyalashgan registr hisoblanadi. 

Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklida hisob ishlarida qulaylik yaratish maqsadida 

oy  davomidagi  xo‘jalik  jarayonlari  reestrini  ham  yuritish  mumkin.  Xo‘jalik  jarayonlari  reestri 

asosida esa Bosh daftar to‘ldiriladi 

 

Xo‘jalik jarayonlari reestri 



«____»_____________200__y. 

 

P\r 



Muddat 

Boshl.xo‘jal

ik  nomi  va 

№ 

Xo‘jalik 



jarayoni 

mazmuni 


Summa 

(sum) 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Demak, Bosh daftar shaklda ikki turdagi hisob registrlaridan foydalanish mumkin: 

1.

 

Bosh daftar. 



2.

 

Hisob ob’ektlari hisob vedomosti. 



Qaydnomalarlar analitik hisob registlari hisoblanadi. 

Agar korxona hisob ob’ektlari hisob qaydnomalarini ham yuritsa, u holda Bosh daftarga 

ma’lumotlar ham dastlabki xujjatlar, hamda qaydnomalar ma’lumotlari asosida yozib boriladi. 

Bosh daftarning varaqlarida xo‘jalik jarayoninning bo‘lgan vaqtida, dastlabki xujjat tartib 

raqami, jarayon mazmuni, summasi, korrespondensiyalanuvchi schetlar ko‘rsatiladi. 

 Bu daftar registri asosida yuritiladigan ushbu shaklning qo‘layliklari qo‘yidagilardan iborat. 

-

 

yozuvlar aniqligi hisob ishlarini tekshirishni osonlashtiradi; 



-

 

hisob ishlari kamayadi; 



-

 

qo‘llaniladigan registrlar miqdori kamayadi; 



-

 

Sintetik schetlar bo‘yicha aylanma qaydnoma tuzilishiga zaruriyat yuqoladi; 



-

 

hisob xodimlari ortiqcha mehnati qisqaradi. 



YUqorida  keltirib  o‘tilgan  afzalliklar  bilan  birga  buxgalteriya  hisobining  Bosh  daftar 

shaklini qo‘llashda ba’zi bir kamchiliklar vujudga kelib, ular qo‘yidagilardan iborat. 

-

 

Korxona katta bo‘lsa, hisob ishlarini oqilona tashkil etish mumkin bo‘lmay qoladi; 



-

 

Kullaniladigan  schetlar  miqdori  kupayishi,  xato  yozuvlar  aks  ettirilishi  extimolini 



oshiradi; 


-

 

hisob xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini oqilona tashkil etilishini ta’minlamaydi. 



Ammo,  yuqorida  ta’kidlaganidek,  buxgalteriya  hisobining  Bosh  daftar  shaklidan  kichik 

korxonalar foydalanishi u erdagi hisob ishlarini yaxshi olib borilishiga xizmat qiladi 

Bosh daftarda yil boshiga xar bir mablag‘ va ular bo‘yicha qoldiqlar aks ettirib chiqiladi. 

Keyin,  jarayon  mazmuni  qatorida  oy  davomida  xronologik  tartibda  xar  bir  dastlabki  xujjat 

asosida xo‘jalik jarayonlari yozib boriladi. Bunda, sodir bo‘lgan jarayonga taaluqli summa, ikki 

yoqlama yozuv usuliga ko‘ra, korrespondensiyalangan schetlar debeti va kreditida yoziladi. 

 Oy ohirida xar bir schet bo‘yicha debet va kredit oborotlari aniqlanadi  va jami debet va kredit 

oborotlari  jamlanib,  ular  tengliligi  taqqoslash  orqali  tekshiriladi.  Debet  va  kredit  oborotlar 

yig‘indisi tengligi xisob ishlari to‘g‘ri  aks ettirilganligini bildiradi.  Debet va kredit oborotlarda 

aniqlangan  summa  o‘zaro  teng  bo‘lishi  bilan  birga  «Tekshiruv  summasi»  qatoridagi  jami 

summaga ham teng bo‘lishi kerak. 

SHundan so‘ng, xar bir  schet  bo‘yicha oy ohiriga qoldiq hisoblab chiqiladi. Oy ohiriga 

aniqlangan qoldiq summalar aktiv schetlarda debet tomonida, passiv  schetlarda kredit tomonida 

aks ettirilib, ularning o‘zaro teng bo‘lishi shartdir. 

So‘nggra, ushbu aniqlangan qoldiq summalar asosida korxona hisoboti tuziladi. 

YUqorida keltirib o‘tilgan, Bosh daftar schetini jadval ko‘rinishini, kompyuter sabog‘ini 

yaxshi egallagan hisobchi jadvalli protsessor «EXCEL»da samarali qo‘llashi mumkin. 

 

 




Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish