Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar dastlabki xujjatlarda



Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/116
Sana15.01.2022
Hajmi1,26 Mb.
#370055
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   116
Bog'liq
buxgalteriya hisobi nazariyasi 2

Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar dastlabki xujjatlarda 

rasmiylashtiriladi. Ushbu boshlang‘ich xujjat ham shaklan, ham mazmunan xar 

tomonlama tekshirilgandan so‘ng, qayta ishlanadi. Dastlabki xujjat ma’lumotlari asosida, 

buxgalteriya registrlari to‘ldiriladi. 

Ba’zi  vaqtlarda  buxgalteriya  registrlari  ijroiya  varaqlari  asosida  ham  rasmiylashtiriladi. 

Bunday  holatlarga  da’vogar  yuzasidan  hisoblashish,  xodimdan  aliment  summasini  ushlab 

qolishlar, xodimni bankdan olgan kreditlari  yuzasidan ushlovlar uchun asos bo‘ladigan qonuniy 

kuchga ega bo‘lgan sud qarorlari, bank bilan xodim o‘rtasida tuzilgan shartnomlar misol bo‘ladi. 

Buxgalteriya  registrlari  qanday  dastlabki  hujjatlar  asosida  rasmiylashtirilmasin  qo‘yidagi 

talablarga rioya etish zarurdir: 

 



dastlabki hujjatlarni tegishli blankaga rasmiylashtirilganligi: 

 



dastlabki xujjat hamma rekvizitlari andozaga javob berishi: 

 



ko‘rsatkichlar arifmetik to‘g‘ri hisoblangani: 

 



dastlabki  xujjatlarda  rasmiylashtirilgan  xo‘jalik  jarayonlari  iqtisodiy  mazmunligi  va 

qonuniyligi: 

 

tekshirib,  qayta  ishlangan  dastlabki  hujjatlar  asosida  buxgalteriya  registrlarini  o‘z 



vaqidada va to‘g‘ri rasmiylashtirish: 

 



buxgalteriya  registrlari  ma’lumotlari  asosida  buxgalteriya  balansi  va  hisobotni  tegishli 

ko‘rsatmalarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqidada tuzish: 




 

hamma  talabga  javob  beradigan  balans  va  hisobot  boshqa  shakllarini  o‘rnatilgan 



muddatda tegishli joylarga topshirish. 

YUqorida keltirilgan talablardan ko‘rinib turibdiki, buxgalteriya hisobi hisob ishlarini 

hamma bosqichlari bir-biriga uzviy bog‘liqdir. 

Dastlabki  hujjatlarni  naqadar  to‘g‘ri  rasmiylashtirilishi,  buxgalteriya  registrlari 

ma’lumotlarini  ham  to‘g‘ri  rasmiylashtirilishiga  asos  bo‘ladi.  o‘z  navbatida  buxgalteriya 

registrlari moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri ma’lumotlar asosida rasmiylashtirilishiga 

xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, moliyaviy hisobot shakllari qo‘yidagilardan iborat: 

1. Buxgalteriya balansi - 1 shakl 

2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot - 2 shakl 

3. Asosiy vositalar xarakati to‘g‘risida hisobot - 3 shakl 

4

 

Pul oqimi to‘g‘risida hisobot - 4 shakl 



5

 

Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot - 5 shakl 



 YUqorida  keltirib  o‘tilgan  moliyaviy  hisobot  hamma  shakllari  ham  korxonalar 

faoliyatini xar tomonlama o‘rganish, tahlil qilish, nazorat etish, hamda boshqarish uchun xizmat 

qiladi. 

Demak,  korxona  faoliyati  hisobot  to‘g‘ri  xulosaga  kelish  uchun  moliyaviy  hisobot 

ma’lumotlari xaqqoniy aks ettirilgan bo‘lmog‘i zarur ekan. 

Buxgalteriya  registrlarini  ulardagi  ma’lumotlarni  to‘g‘ri  va  o‘z  vaqtida  aks  ettirishini 

ahamiyati ham shundadir. 

Buxgalteriya registrlariga tegishli ma’lumotlarni aks ettirishni oldiga qo‘yilgan talablarni 

sanab utdik. SHu talablarga javob berish uchun esa qo‘yidagi vazifalar bajarilmogi kerak. 

1. Dastlabki hujjatlarni xar tomonlama tekshirish. 

2. Buxgalteriya registrlari bilan to‘liq ta’minlanish. 

3.Buxgalteriya  registrlariga  hisobot  davri  boshlang‘ich  qoldiqlarini  to‘g‘ri  aks  ettirib 

chiqish. 

4. Buxgalteriya provodkalarini hisob registlariga tegishli tartibda o‘z vaqtida yozish. 

Buxgalteriya  registrlariga  hisobot  davri  boshida  boshlang‘ich  qoldiqlar  aks  ettirilganda, 

oldingi  hisobot  davri  uchun  ohirgi  qoldiq  ko‘rsatkichlari  olinadi.  Ushbu  boshlang‘ich  qoldiq 

summalari  tegishli  buxgalteriya  hisobi  registrlarida  aks  ettirilayotganda,  ularning  tagiga  chiziq 

chiziladi.  Bunday  chiziq  tortilishiga  sabab,  hisobot  davri  davomida  aks  ettirilgan  oborot 

summalari bilan boshlang‘ich qoldiq summasini xatolik bilan qo‘shib yuborilmaslik. 

Buxgalteriya  registrlarida  yozuvlar  aks  ettirilayotganda,  xuddi  dastlabki  hujjatlarga 

qo‘yilgan  talablarga  rioya  etish  zarur.  YOzuvlarni  aks  ettirish  talablari  shundaki,  siyohli, 

ruchkalardan, kimeviy qalamlardan, yozuv mashinkalardan foydalanish zarur. 

Oddiy  rangli  qalamlardan  foydalanish  esa,  ta’qiqlanadi  bu  bilan  yozuvlarni  o‘zgartirish 

oldi olinadi, yozuvlarni uzoq vaqt saqlanishi ta’minlanadi. 

YOzuvlarni  buxgalteriya  registrlarida  qanday  usulda  aks  ettirishga  ko‘ra,  mashinada 

yozish va qo‘lda yozishga bo‘lish mumkin. 

Mashinada yozish deganda, yozuv mashinalari, elektron   hisoblash 

mashinalari 

yordamida buxgalteriya registrlarini rasmiylashtirish tushuniladi. 

Buxgalteriya  registrlaridagi  yozuvlar  ulardan  necha  nusxadan  rasmiylashtirilishi  ko‘ra, 

bir va bir necha nusxali bo‘ladi. 

Bir  necha  nusxada  buxgalteriya  hisobi  registrlari  rasmiylashtirilishida,  ularni  xar  bir 

nusxasi  alohida-alohida  rasmiylashtirilishi  yoki  ko‘chirish  qog‘ozlaridan  (kopirovka) 

foydalangan holda rasmiylashtirilishi mumkin. 

Bir  necha  nusxada  yoziladigan  hujjatlar,  asosan,  dastlabki  hujjatlar  bo‘lib,  ularga 

dalolatnomalar, TTN (tovar-transport nakladnoy)larni, schet-fakturalarni, nakladnoylarni, to‘lov 

talabnomasi, to‘lov topshiriqnomalarini, shartnomalarni misol tariqasida keltirish mumkin. 

Ko‘chirish  qog‘ozlari  yordamida  yozuvlarni  aks  ettirish  orqali  xato  yozuvlar 

kamayishiga,  hisob  ishlarini  tezlashishiga  va  oqibat  natijasida  buxgalteriya  xodimlari  mehnat 

unumdorligi oshishiga erishiladi. 




  


Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish