Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi



Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/116
Sana15.01.2022
Hajmi1,26 Mb.
#370055
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   116
Bog'liq
buxgalteriya hisobi nazariyasi 2

3. Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi.  

Buxgalteriya hisob registrlariga ko‘rsatkichlar aks ettirilayotganda, e’tiborsizlik, 

ma’suliyatsizlik, tajribasizlik oqibatida xato yozuvlar yozilishi mumkin. 

Xato yozuvlar aks ettirilgani qo‘yidagi holatlarda aniqlanishi mumkin. 

1.

 

Xato yozuv faqat bir registrlarda aks ettirilgan.  



2.

 

Xato yozuv noto‘g‘ri buxgalteriya provodkasi natijasida vujudga kelgan.  



3.

 

Buxgalteriya provodkasi to‘g‘ri, ammo aks ettirilgan summa ko‘p yoki kam yozilgan. 



Xato  yozuvni  yuqorida  keltirilgan  qaysi  holatlardan  birida  aniqlanganiga  ko‘ra  tuzatish 

yozuvlari amalga oshiriladi. 

Xatoni tuzatishni quyidagi usullari mavjud: 

          1. «Korrektura» usuli. 

2. «Qizil qalam» usuli. 

3. «Qo‘shimcha yozuv» usuli. 

«Korrektura»  usulidan  xato  yozuv  faqat  bir  hisob  registrida  mavjudligi  aniqlangan 

holatda foydalaniladi. 

«Korrektura» usulini mohiyati shundaki, xato yozuv ustidan ingichka chiziq tortilib, uni 

yoniga  to‘g‘ri  yozuv  yoziladi,  hamda  bu  xaqda  xato  yozuvni  to‘g‘rilagan  javobgar  shaxs  yoki 

bosh buxgalter muddatni ko‘rsatib, imzo qo‘yadi. 

Masalan:  «Materiallar»  hisob  schetini  debeti  bilan  buxgalteriya  xisob  reestriga  40050 

so‘m o‘rniga, 40000 so‘m yozilgan 

40000 (14.03.05) «to‘g‘rilanganligiga ishonilsin» (imzo). 

«Qizil qalam» usulidan buxgalteriya provodkasi noto‘g‘ri berilganida, yoki ko‘p summa 

aks ettirilganida foydalaniladi. 

«qizil  qalam  usuli  yordamida  xato  yozuv  qizil  rangli  siyoh  orqali  to‘g‘rilanadi.  YA’ni 

qizil rangda yozilgan raqam, shu raqam yozilgan oborot jami summasidan ayirilishi kerak. 

Qizil  siyohdagi  yozuv  aks  ettirib,  xato  yozuv  to‘g‘rilanganidan  so‘ngra,  to‘g‘ri 

buxgalteriya provodkasi hisob registrlariga yozib qo‘yiladi. 

«Qizil  qalam»  usuliga  misolni  keltirish  orqali  talabalarni,  ushbu  usul  mohiyati  bilan 

yaqindan tanishtiramiz. 

Masalan: «Asosiy ishlab chiqarish» uchun ombordan material berildi  

 60000 


sum. 

Ushbu jarayon uchun buxgalteriya provodkasi qo‘yidagicha bo‘ladi: 

Debet «Asosiy ishlab chiqarish» 60 000 

Kredit «Materiallar» 60 000 sum 

Buxgalteriya  xodimi  tomonidan  esa,  hisob  registrlariga  600  000  so‘m  aks  ettirilgani 

aniqlandi. 

Xato yozuvni bir «O» raqamini o‘chirish orqali to‘g‘rilash mumkin emas. Demak, «qizil 

qalam» usulidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. 

600 000 –540 000 = 60 000 

 

Buxgalteriya hisob registrlariga 540 000 so‘m ortiqcha yozilganligi sababli, 600 000 dan 



540  000  ayirilishi  shart.  Sxema  ko‘rinishida  sintetik  schetlarga  taalluqli  buxgalteriya  hisob 

registrlaridagi yozuvlar qo‘yidagicha aks ettiriladi. 

  D+ Materiallar K    -                      D+ Asosiy ishlab chikarish K- 

                       600 000                          600 000 

                      540 000                           540 000 

 

Aksincha,  yozilishi  kerak  bo‘lgan  summadan  kam  summa  yozilgani  aniqlansa, 



«qo‘shimcha yozuv» usulidan foydalaniladi. 

Masalan, xodimlarga hisoblangan ish hisobotn daromad solig‘i ushlab qolindi 170 000 

Xo‘jalik jarayoni buxgalteriya hisob registrida qo‘yidagi buxgalteriya provodkasi asosida 

aks ettiriladi: 




Debet «Xodimlar bilan mehnat haqi « yuzasidan hisob-kitob. 

Kredit «Byudjet bilan hisob-kitob» 

Xato  yozuv  orqali  yuqoridagi  schetlar  uchun  yuritiladigan  buxgalteriya  hisob  registriga 

170 000 soni o‘rniga 120 000 soni yozilgani aniqlandi. 

170 000 – 120 000 = 50 000 

Xato yozuv to‘g‘rilanishi uchun 50 000 qo‘shimcha yozuv aks ettirilishi kerak. 

Materiallar  qiymatida  farqlar  ijobiy  yoki  salbiy  bo‘lishiga  ko‘ra  tegishli  schetlarga 

«qo‘shimcha yozuv» yoki «kizil yozuv» usuli orqali aks ettiriladi. 

 

4. Buxgalteriya hisobi shakllari.  



Korxonalar  faoliyati  hisobi  yuritilar  ekan,  bunda  bir  necha  buxgalteriya  hisob 

shakllaridan  foydalanadi.  Korxonada  qo‘llaniladigan  hisob  shakllarini  tanlash  qo‘yidagi 

omillarga bog‘liq bo‘ladi: 

-

 



korxona hisob ishlarini hajmi ko‘p yoki kamligiga; 

-

 



korxona buxgalteriya xodimlarining malaka va tajribalariga va xakozo. 

Korxonada qaysi hisob shakli qo‘llanilishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining 

«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga to‘liq amal qilinishi shart.  

Buxgalteriya hisobi shakllari qo‘yidagi turlarga bo‘linadi: 

*

 

 memorial order shakli 



*

 

 bosh davtar shakli  



*

 

 jurnal order shakli 



*

 

 elektron-avtomatlashtirilgan shakl 



Buxgalteriya hisobi shakllari bir biridan qo‘yidagi xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi: 

1. 


 

SHakldagi registrlarning soni, vazifasiga ko‘ra. 

2. 

 

Registrlar tashqi ko‘rinishiga ko‘ra. 



3. 

 

Registrlarda xronologik va tizimli yozuvlar aks ettirilishiga ko‘ra. 



4. 

 

Sintetik va analitik hisob ma’lumotlarini birgalikda yozish tartibiga ko‘ra. 



5. 

 

Ezuvlarni yozish tartibi va texnika vositalarning qo‘llash tartibiga ko‘ra. 



Quyidagi  buxgalteriya  hisobi  shakllarini  alohida,  alohida  ko‘rib  o‘tish  orqali  ular 

xususiyatlariga to‘xtab o‘tamiz.  

 


Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish