биринчидан, уларнинг турлари
ҳамда жойлашиву.
иккинчидан, ташкил топиш манбаи ва
қандай мақсадларга йўналтирилганлиги.
Хўжалик маблағлари
Korxona mablag‘larining manbalari- davlat jamg‘armasidan, aksiyalarni chiqarish va
sotishdan, muassislarning badallaridan, banklarning kreditlari hamda boshqa korxonalar va
tashkilotlardan olingan qarzlar hisobidan, foydadan va boshqalardan tashkil etiladi. Xo‘jalik
faoliyatini to‘g‘ri boshqarishda korxonaning qanday mablag‘larga egaligi, ularning joylashuvi
hamda bu mablag‘lar manbalari va maqsadlarini bilish kerak.
SHunga qarab korxonaning barcha mablag‘lari ikki qismga guruhlanadi: birinchidan,
ularning turlari hamda joylashganligiga qarab va ikkinchidan, tashkil topish manbai va qanday
maqsadlarga yo‘naltirilganligiga qarab.
Mablag‘larni turlari va joylanishi bo‘yicha guruhlash korxonaning xo‘jalik faoliyatini
xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Sanoat korxonalariga birinchi navbatda ishlab chiqarish
faoliyatini amalga oshirish uchun mablag‘lar bo‘lishi kerak. Undan tashqari u operatsiya
jarayonining ikki - ta’minot va sotish bosqichida ishlatiladigan mablag‘larga ega bo‘lishi kerak.
Odatda korxonalar o‘z xodimlarining ehtiyojlariga xizmat qiladigan noishlab chiqarish
sohasidagi mablag‘larga ham ega bo‘ladi. SHunday qilib, korxona mablag‘lari o‘zlarining turlari
va joylashishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi: iishab chiqarish vositalari; operatsiya
sohasidagi mablag‘lar; noishlab chiqarish sohasidagi mablag‘lar.
Ishlab chiqarish vositalari mehnat vositalari va mehnat buyumlaridan iborat bo‘ladi.
Mehnat vositalari - insonning yaratayotgan buyumlariga o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi vositalar
hisoblanadi. Mehnat vositalari tarkibida ishlab chiqarish qurollari etakchi rolni o‘ynaydi. Ishlab
chiqarish qurollari yordamida ishchilar mehnat buyumlarining tashqi ko‘rinishini o‘zgartiradilar,
ularga yangi tus beradilar va mehnat mahsuliga aylantgfadilar. Mehnat vositalariga, shuningdek,
imoratlar, inshootlar, transport vositalari va xo‘jalik jihozlari ham kiradi. Ular ishlab chiqarish
jarayonini normal amalga oshirish uchun kerakli sharoitlar yaratib, uni to‘g‘ri tashkil etishga
yordam beradi.
Barcha mehnat vositalarining xususiyatlari shundan iboratki, ular mahsulotni tayyorlash
jarayonida uzoq muddat davomida qatnashadilar, ko‘plab ishlab chiqarish jarayonlariga xizmat
qiladilar va shu bilan birga o‘z tashqi ko‘rinishlari, xususiyatlarini o‘zgartirmasdan saqlab
qoladilar. Ayni bir vaqtda mehnat vositalari o‘z qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulot,
bajarilgan ish va xizmatlar tannarxiga, davr xarajatlariga o‘tkazadilar. Bu ularning eskirishiga va
qiymatining kamayishiga olib keladi.
Undan tashqari, korxonalar nomoddiy aktivlarga ega bo‘lib, kapital qo‘yilmalar hamda
uzoq muddatli moliyaviy fyilmalarni amalga oshirishlari mumkin.
Nomoddiy aktivlar o‘z egalariga uzoq muddatli huquqlar yoki afzalliklar beradi. Ularga
patentlar, mualliflik huquqlari, firmaning bahosi, savdo markalari, alohida imtiyozlar,
litsenziyalar, formulalar, texnologi-yalar, nou-xau, kompyuter dasturlari va hokazolar kiradi.
Nomoddiy aktivlar ham asosiy vositalar singari foydalanish muddatlarida o‘zlarining qiymatini
mahsulot ishlab chiqarish tannarxi va davr xarajatlariga asta-sekin o‘tkazib boradi.
Korxonalar uzoq muddatli xarakterga ega bo‘lgan boshqa aktivlarga xam kapital
qo‘yilmalar qilishi mumkin. Ularning tarkibiga asosiy vositalarni sotib olish, yangi ob’ektlarni
qurish va hokazolarni kiritish mumkin.
Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar pay va aksiyalarga, obligatsiyalarga hamda boshqa
korxonalarga qarz berish uchun bo‘sh qolgan pul mablag‘larini qo‘yishdan ham iborat.
Mehnat buyumlari mahsulot tayyorlashda boshlang‘ich materialdan iborat. Ularga xom
ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishlar kiradi. SHu
guruhga yordamchi materiallar va yoqilg‘ilar ham kiradi. Barcha mehnat vositalarining
umumiyligi shundan iboratki, ular faqat birgina ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinib,
o‘zlarining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulot tannarxiga butunlay o‘tkazadi.
Xom ashyo va asosiy materiallar deb, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosini tashkil
qiluvchi mehnat buyumlariga aytiladi. Masalan, mashinasozlik zavodida asosiy materiallar
sifatida mashinalarning ehtiyot qism-lari tayyorlanadigan metalning xar xil turlari tushuniladi.
YOrdamchi materiallar asosiylardan farqli o‘laroq, tayyorlanayotgan mahsulotning asosini
tashkil qilmay, faqat uning yuzaga kelishida qatnashadi. Bunda ular mehnat vositalarining
normal ishlashi uchun asosiy materiallarga qo‘shish yo‘li bilan ularga sifat o‘zgarishlarini
kiritish uchun yoki mehnat jarayoniga xizmat qilish uchun binolarni yoritish, mehnat
sharoitlarining kerakli sanitariya va gigienasini ta’minlab turish uchun ishlatiladi.
YOqilg‘i o‘z mohiyatiga ko‘ra yordamchi materiallarning bir turidir, yordamchi materiallar
singari, ular mehnat vositalari tomonidan iste’mol qilinadi yoki asosiy materiallarga qo‘shiladi
hamda mehnat jarayoniga xizmat qilish uchun ishlatiladi. Hisobda yoqilg‘i yordamchi
materiallar tarkibidan alohida guruhlarga ajratilgan. YOrdamchi materiallarning ko‘pchilik qismi
singari, yoqilg‘ining bu xosiyati natura shaklida yangi mahsulotning tarkibiga kirmaydi. Lekin
sarflangan yoqilg‘ining qiymati yordamchi materiallarning qiymatiga o‘xshab, ishlab chiqarish
chiqimlari sifatida butunlay shu mahsulotning tannarxiga kiritiladi.
YArim tayyor mahsulotlar, ba’zi bir ishlov bosqichlarini o‘tgan, lekin hali tayyor
mahsulotga aylanmagan mehnat buyumlaridan iborat. Ularning xususiyati shundan iboratki,
garchi ular mazkur bosqichdagi barcha ishlov operatsiyalarini o‘tgan bo‘lsalar xam, lekin ishlov
yoki yig‘ish uchun navbatdagi bosqichga yo‘naltirilishi kerak bo‘ladi.
Mazkur korxonada tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar o‘z ishlab chiqarishining yarim
tayyor mahsuloti deb nomlanadi. Ulardan tashqari, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar ham
bo‘lishi mumkin. Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar xom ashyo va asosiy materiallar
guruhiga kiradi. Bu guruhga, shuningdek, ehtiyot qismlar va idish materiallari ham kiradi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish bevosita ishlovda joylashgan mehnat buyumlaridan iborat.
SHunday qilib, ular ham yarim tayyor mahsulotlarga o‘xshab, ba’zi bir ishlov bosqichlarini
o‘tishi bilan hali tayyor mahsulotga aylanmagan mehnat buyumlaridaniborat bo‘ladi. Lekin
yarim tayyor mahsulotlar mazkur sexda barcha ishlovlardan to‘la o‘tgan bo‘lsa, tugallanmagan
ishlab chiqarishda joylashgan mehnat buyumlari bu erda hali ishlanishi kerak bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobida inventar va xo‘jalik jihozlari alohida guruhga ajratilgan holda
hisobga olinadi. Ularga, xizmat qilish muddatidan qat’i nazar qiymati 50 ta minimal ish haqi
miqdorigacha bo‘lgan va qiymatidan qati nazar, bir yildan kam xizmat qiladigan buyumlar
kiradi.
Operatsiya doirasidagi mablag‘lar, ya’ni operatsiya buyumlari, pul mablag‘lari, debitorlik
qarzlari va boshqa operatsiyada xizmat qiluvchi mablag‘lardan iborat.
Operatsiya buyumlari korxonada ishlab chiqarilgan va sotish uchun mo‘ljallangan tayyor
mahsulotdan iborat. Joylashgan joyiga qarab muomala buyumlari ombordagi tayyor mahsulot va
ortib jo‘natilgan tovarga bo‘linadi. Ortib jo‘natilgan tovarlarni operatsiya buyumlariga
qo‘shilishining boisi shundaki, xaridor uning uchun pul to‘lagunga qadar ular mazkur
korxonaning mulki hisoblanadi. Hisoblash usulidan foydalanganda xaridorlarga ortib jo‘natilgan
mahsulot uni ishlab chiqaruvchi korxonaning mulki bo‘lmay, balki sotib oluvchi korxonaning
mulki hisoblanadi va to‘lovning yo‘qligi debitorlik qarzning yuzaga kelganligini anglatadi.
Ushbu holda mazkur ob’ekt operatsiya doirasidan hisob-kitobdagi mablag‘larga o‘tadi.
Pul mablag‘lari har xil to‘lovlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Pul mablag‘lari
yordamida korxona mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qiladi, o‘z xodimlariga ish haqi
to‘laydi, davlat daromadlariga har xil to‘lovlar va ajratmalar qiladi. Pul mablag‘lari korxonaga
xaridorlardan ularga sotilgan buyumlar uchun, banklardan-kreditlar ko‘rinishida, yuqori
tashkilotlar hamda yuqori kompaniyalardan - vaqtinchalik moliyaviy yordam tartibida kelib
tushadi.
Pul mablag‘lari o‘zlarining joylashgan joyiga qarab taqsimlanadi. Korxonalar o‘zlarining
pul mablag‘larining asosiy qismini bankdagi hisob-kitob yoki valyuta schyotlarida saqlaydilar.
Bunda hisob - kitob schyoti korxonalarning faqat bo‘sh pul mablag‘larini saqlash uchun
mo‘ljallangan bo‘lmay, u egasining barcha asosiy hisoblashuvlarini mol etkazib beruvchilar
hamda xaridorlar, kredit muassasalari, tashkilotlar va xokazolar bilan amalga oshirish uchun ham
mo‘ljallangandir.
Korxonaning kechiktirib bo‘lmaydigan, masalan, mehnat haqi, nafaqa to‘lovlarini amalga
oshirish uchun kerak bo‘lgan naqd pul zaxiralari uning kassasida joylashgan bo‘ladi. Naqd pullar
kassaga asosan hisob-kitob schyotidan kelib tushadi. Foydalanilmay qolgan naqd pullar hisob-
kitob schyotiga belgilangan muddatlarida qaytarib topshiriladi.
Korxonaning hisob-kitob schyotidagi ma’lum mablag‘lar boshqa xo‘jalik yuritish
sub’ektlari yoki shaxslarining qarzlaridan ham iborat bo‘ladi. Bunday mablag‘larga, birinchi
navbatda, mazkur korxonadan xaridor tomonidan sotib olingan mahsulotlar uchun qarzlari
hamda korxona xizmatchilariga har xil xarajatlarini qoplash maqsadida hisobdorlik sharti bilan
berilgan pul summalari bo‘yicha hisob-kitoblar kiradi. Topshiriqni bajarib bo‘lgandan keyin,
xodim tomonidan olingan summalarning sarflanganligi to‘g‘risida bo‘nak hisoboti topshiriladi va
ishlatilmay qolgan pullar korxona kassasiga qaytariladi. Bunday hisob-kitoblar hisobdor shaxslar
bilan hisob-kitoblar deb ataladi. Korxonaga qarzlar boshqa operatsiyalar bo‘yicha xam bo‘lishi
mumkin. Ularga, mol etkazib beruvchilarga taqdim etilgan da’volar bo‘yicha qarzlari, ishchi va
xizmatchilarning o‘z extiyojlari uchun olgan bo‘nak summalari bo‘yicha qarzlari kiradi. Bunday
qarzdorlar boshqa debitorlar deb nomlanadi.
Operatsiya sohasiga xizmat qiluvchi mablag‘lar shu sohada xizmat qiladigan har xil
binolar, asbob-uskunalar va jihozlardan iborat. Bunday mablag‘larga tayyor mahsulot
omborlarining binolari, ushbu ishlab chiqarish korxonasiga qarashli savdo imoratlari, shu bino va
imoratlardagi asbob-uskunalar kiradi.
Noishlab chiqarish sohasidagi mablag‘larga mazkur korxona ixtiyoridagi uy-joy xo‘jaligi,
madaniy - maishiy maqsadlarga mo‘ljallangan va sog‘liqni saqlash vositalari kiradi. Bular turar
joylar, kinoteatrlar, bolalar bog‘chalari, oromgozutar va dam olish joylari, hammomlar, kir
yuvish va sartaroshxonalar, ambulatoriyalar, tibbiyot punktlarining binolari, shu binolarda
joylashgan asbob-uskunalari va inventar hamda ulardan foydalaniladigan materiallar, dori-
darmonlardan iborat. Bu mablag‘larning barchasi korxona xodimlariga xizmat qilish hamda
ularga zarur bo‘lgan maishiy sharoitlarni yaratish uchun mo‘ljallangan. Buxgalteriya hisobida
mablag‘lar va ularning kelish chiqish manbalari alohida-alohida guruhlarga bo‘lib hisobga
olinadi.
Har bir korxona tashkil qilinish daqiqasida o‘z faoliyatining hajmi va xarakteriga qarab
mablag‘larini shakllantiradi. Agar ularda qo‘shimcha mablag‘ga vaqtinchalik extiyoj tug‘ilib
qolsa, unda mablag‘larni muayyan manbalardan olishlari mumkin. Ishlab chiqarish natijasida
olingan foydaning bir qismi yoki maxsus maqsadlarda jamg‘arilgan zaxiralardan, davlat grantlari
va subsidiyalaridan foydalanadi. SHunday qilib, korxona mablag‘larini hosil qilish rejali
xarakterga egadir. Korxona tomonidan har qanday manbadan olinadigan mablag‘lari ma’lum
maqsadlar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Korxona mablag‘larini tashkil topish manbalari va qanday maqsadlarga mo‘ljallanganligi
ularni ushbu korxonaga kelib tushish darajasiga qarab amalga oshiriladi. Mablag‘lar
manbalarining tusi mulkchilikning shaklini aks ettiradi. Korxonalar eng avvalo o‘zining butun
yashash davri uchun umumdavlat jamg‘armasidan yoki o‘zlarining muassislaridan, banklardan,
boshqa korxona, tashkilotlardan vaqtinchalik foydalanish uchun mablag‘lar oladi.
SHunday qilib, korxona mablag‘larining tashkil topish manbalari qanday maqsadlarga
yo‘naltirilganligiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |