Amaliyot mazmuni
|
Ishni bajarish kunlari
|
1.
|
Korxonaning tashkil topish tarixi, tashkiliy strukturasi, tarkibi.
|
2
|
2.
|
Korxona mulk shakllari, boshqaruv usuli va korxonalar to’g’risidagi qonunchilikning rivojlanishi va hozirgi holati.
|
2
|
3.
|
Korxona biznes-rejasining mohiyati, tuzilishi, bo`limlari va amalga oshirilishi.
|
2
|
4.
|
Korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot (xizmatlar,ishlar) turlari.
|
2
|
5.
|
Korxonada buxgalteriya hisobotlarini yuritish tartibi.
|
3
|
6.
|
Korxonaning davlat soliq organlari va byudjet tashkilotlari bilan aloqalari.
|
3
|
7.
|
Korxonaning tijorat banklar bilan aloqasi.
|
2
|
8.
|
Korxonada asosiy fondlar tarkibi va strukturasi.
|
3
|
9.
|
Korxonada aylanma mablaglar holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar.
|
3
|
10.
|
Korxonada mehnatga haq to’lash tizimi.
|
3
|
11.
|
Korxona faoliyati xarajatlari, daromadi va rentabelligi.
|
2
|
12.
|
Korxonaning balansi, moliyaviy natijalari holati tahlili.
|
3
|
Jami: 4 hafta *6
|
30
|
1. Korxonaning tashkil topish tarixi, tashkiliy strukturasi, tarkibi.
Korxonaning rivojlanish evalyutsiyasi. Korxona Nizomi, ta’sischilari, manzili, bankdagi hisob raqami, hozirgi kunda xodimlar soni. Korxona tuzilmasi va uni belgilovchi omillar. Korxonaning davlat tomonidan ro’yxatga olinishi.Boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari va funktsiyalari. Rejalashtirish texnologiyasi va korxona rejalari tuzilmasi.
2.Korxona mulk shakllari, boshqaruv usuli va korxonalar to’g’risidagi qonunchilikning rivojlanishi va hozirgi holati.
Korxonaning mulk shakli, boshqaruv usuli, O’zbekiston Respublikasining “Korxonalar to’g’risida ”gi qonun, undagi o’zgarishlar. Korxona faoliyatiga ta’luqli normativ-me’yoriy xujjatlar. Korxona to’g’risidagi qonunchilikning takomillashuvi.Korxonada ish yuritish holati. Korxona tarkibi, bo’limlari vazifalari.
3. Korxona biznes-rejasining mohiyati, tuzilishi, bo`limlari va amalga oshirilishi.
Korxona biznes-rejasi mazmuni, mohiyati, tarkibiy qismlari. Korxona boshqaruvida rejalashtirish jarayonlari va rejaning bajarilishi nazorati, monitoring va unga o’zgartirishlar kiritish tartibi. Istiqbolli rejalari va ularning amalga oshirilishi.
4. Korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot (xizmatlar,ishlar) turlari.
Korxona ishlab chiqaradigan mahsulot turlari, assortimenti, korxonaning assortiment siyosati, ishlab chiqarilgan mahsulot xajmi, marketing siyosati.
5. Korxonada buxgalteriya hisobotlarini yuritish tartibi.
Korxonada buxgalteriya hisobi ma’zmuni, tuzilishi. Korxonada buxgalteriya hisobini yuritish tartibi. Hujalik jarayonlarini buxgalteriya schetlarida aks ettirish, hisobga olish tartibi va uning tahlili. Hisobotlarni tahlil qilish, ishlab chiqarish xujjatlarini rasmiylashtirish tartibi va muddatlari. Mahsulotlar, yarim tayyor maxsulotlar, ombordagi maxsulotlar hisobi. Korxonada inventarizatsiya o’tkazish tartibi va amalga oshirish jarayoni.
Korxonada audit tekshiruvini tashkil etish, tayyorlash, o’tkazish tartibi va natijalari.
6. Korxonaning davlat soliq organlari va byudjet tashkilotlari bilan aloqalari.
Soliqlar mohiyati, turlari. Korxona to’laydigan soliq turlari. Soliq organlaridan ro’yxatdan o’tish tartibi, belgilangan soliq turlari, tulash tartibi va ular bo’yicha hisobotlarni rasmiylashtirish. Korxona byudjet tashkilotlari bilan aloqasi va ular bilan hisob-kitoblar.
7. Korxonaning tijorat banklar bilan aloqasi.
Tijorat banklarida xisob raqamlari ochish tartibi, pul o’tkazmalarini amalga oshirish tartibi. Tijorat banklari bilan o’zaro xisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi.
8. Korxonada asosiy fondlar tarkibi va strukturasi, asosiy fondlarni baholash.
Asosiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlari mazmuni va mohiyati. Asosiy fondlar strukturasi. Asosiy fondlarni baholash (boshlang’ich qiymat bo’yicha, tiklanish qiymati bo’yicha, qoldiq qiymati bo’yicha). Asosiy vositalar aktiv qismining umumiy aktivlardagi ulushi. Asosiy vositalar eskirish koeffitsienti. Asosiy vositalar yangilanish koeffitsienti. Asosiy vositalar yaroqlilik koeffitsienti. Asosiy vositalar xisobdan chiqarish va uning o’ziga xos xususiyatlari o’tkazish tartibi.
9. Korxonada aylanma mablag’lar holatini ifodalavchi ko’rsatkichlar.
Korxonalarda aylanma mablag’larning mazmuni, turlari, shakllanish manbai, xarakati. Aylanma ishlab chiqarish fondlari, muomala fondlari, o’z mablag’lalari, qarzga, kreditga olingan mablag’lari va boshqa aylanma mablag’lar holati tahlili.
10. Korxonada mexnatga haq to’lash tizimi
Kadrlar tarkibi, strukturasi, qunimliyligi. Ish haqqi to’lash tartiblari. Vaqtbay ish haqi, ishbay ish haqi, moddiy rag’batlantirish tartiblari. Kompensatsiya va boshqa yengilliklar.
11.Korxona faoliyati xarajatlari, daromadi va rentabelligi.
Korxona faoliyati xarajatlari mohiyati, turlari. Korxonaning umumiy xarajati, ishlab chiqarish xarajati, doimiy xarajati, uzgaruvchan xarajatlari. Korxonaning iqtisodiy barqarorligi monitoringi va tahlilini o’tkazish mezonlari, ko’rsatkichlari tizimi. Rentabillik mohiyati, mazmuni, hisoblash turlari va tartibi.
12. Korxonaning balansi, moliyaviy natijalari holati tahlili.
Korxona balansi mohiyati, tuzilishi. Aktiv qismining tuzilishi va tasnifi. Passiv qismining tuzilishi va tasnifi. Korxona balansida moliyaviy holatni hisoblash va tahlili. Korxona balansida iqtisodiy holatni hisoblash va tahlili. Korxonaning to’lovga qobiliyatliligini hisoblash tartibi.
UNIVERSITET REKTORI BO’YRUG’I BILAN ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI O’TAYOTGAN TALABAGA KAFEDRA TOMONIDAN TAYINLANGAN PROFESSOR –O’QITUVCHI UCHUN RAHBARLIK QILISH BO’YICHA KO’RSATMALAR.
Ishlab chiqarish amaliyotining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda universitet tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari - o’qituvchi:
Amaliyot boshlanishidan avval zaruriy tashkiliy tadbirlarni o’tkazishni ta’minlaydi;
Talabani tanlash maqsadida amaliyot utadigan tashkilotni va uning bo’limlari ish faoliyati xususiyatlarini talabaga mosligini o’rganib chiqadi;
Amaliyot o’tish jarayonida talabaning ish xajmi, mavzusini va vaqtini kelishadi;
Tashkilot tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbariga talabaning amaliyotni tashkil etish masalalari bo’yicha uslubiy yordam ko’rsatadi;
Tashkilot tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan birgalikda talaba tomonidan rejalashtirilgan tadbirlarni bajarilishini nazorat kilib boradi;
Talabani kasbiy va boshqa sifatlarini, ishga bulgan munosabatini va tayyorgarligi darajasini o`rganadi;
Tashkilot tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan birgalikda talabaning amaliyoti bo’yicha umumiy xulosa beradi va talaba ishlariga baho beradi;
Tashkilot tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan birgalikda amaliyotni tashkil etish masalalarni, undagi kamchiliklarni va ularni bartaraf etish bo’yicha takliflarni muhokama qiladi;
Tashkilot tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan birgalikda talabaning amaliyoti bo’yicha natijalarini va hisobotini muhokama qilishda ishtirok etadi;
Amaliyot tugagandan so`ng talaba tomonidan amaliyot natijalari bo’yicha hisobotni kafedraga taqdim etishni nazorat qiladi va uni takomillashtirish bo’yicha takliflarini beradi;
Amaliyot bo’yicha hisobot himoyasini o`tkazish va uning natijasini baholashda qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |