AMALIYOT BO’YICHA HISOBOTDA QUYIDAGILAR AKS ETTIRILADI:
Kirish:
Amaliyot maqsadi, joyi va muddatlari;
Amaliyot ob’ektining tashkil etilishi, rivojlanishi va hozirgi holati;
Amaliyot o`tashning bosqichlari, amaliyot jarayonida bajariladigan ishlar ruyxati.
Asosiy qism:
Amaliyot jarayonida ishning tashkil etilishi tavsifi;
Dastur bo`limlari bo’yicha bajarilgan ishlarning umumiy tavsifi;
Ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida talaba tomonidan yechilgan amaliy masalalarning umumiy tavsifi;
Talaba tomonidan o’rganilgan murakkab vaziyatlarning tahlili;
Amaliyot jarayonida aniqlangan korxona rivojlanishiga to’siqlik qilayotgan muammolar;
Amaliyot joyida berilgan topshiriqlar va ko’rsatmalarning qisqacha tavsifi.
Xulosa va takliflar:
*Amaliyot jarayonida olingan kunikmalarning umumiy tavsifi;
*Bajarilgai ish bo’yicha xulosa taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTINI YORITISH TARTIBI
Amaliyot bo’yicha hisobot standart A4 o’lchamdagi oq varaqda qo’lyozma yoki kompyuterda bosmadan chiqqan xolatda rasmiylashtiriladi (shrift 14-12 punktda, 1,5 interval, varak ulchamlari tepadan va pastdan 2-2,5 sm, chap tomondan 3 sm. va ung tomondan 1-1,5 sm). Hisobot xajmi (ilovalarsiz) 45- 55 varaqni tashkil etishi kerak. Hisobotda rejada ko’rsatilgan bo’limlar bo’yicha barcha savollarga javoblar,ko’rsatkichlarni xisoblash usullari,formulalar asosida statistik malumotlar bilan izohlangan xolda jadvallar, chizmalar, diagrammalarda o’z aksini topgan bo’lishi shart.
Har bir bo’limning yakunida xulosa va takliflar berilishi zarur. Hisobot matnida so’zlarni qisqartirilgan xolda yozish qattiyan man etiladi. Yozilgan matnning oxirida (xulosadan so’ng) muallif imzosi va ishni yakunlagan sana ko’rsatilishi zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RUYXATI
Adabiyotlar o ro’yxatida o’rganilgan masalalar bo’yicha qonuniy-me’yoriy va uslubiy xujjatlar,o’quv-uslubiy qo’llanmalar, monografiyalar, jurnal va gazetalardagi maqolalar to’liq ko’rsatiladi. Adabiyotlar ro’yxatida mualliflarning alfavit bo’yicha nomi, bosmaxona, chop etilgan yili va saxifasi ko’rsatilishi shart. Jurnal va gazeta maqolalari ham alfavit bo’yicha maqola muallifi, maqola nomi, jurnal yoki gazeta nomi, yili, soni va sahifasi ko’rsatiladi.
Ilovalarda tashkilot yoki korxonaning ma’lumotlarini va xisob-kitoblarni tasdiqlovchi xujjatlari nusxasi (kseronusxasi); korxona Nizomi nusxasi; yillik hisobotlari va balansi, xujjatlar blankalari va boshqalar bo’lishi shart. Hisobotga ilova qilingan xujjatlar ketma-ketlikda raqamlanadi va yuqori o’ng tomonga «Ilovalar» deb yoziladi.
AMALIYOT BO’YICHA HISOBOTNI RASMIYLASHTIRISH VA HIMOYA QILISH.
Talaba amaliyotini baholash uchun kafedra tomonidan o’quv jarayoni jadvaliga mos holda belgilangan muddatlarda talaba tomonidan quyidagi to`lik rasmiylashtirilgan xujjatlar ish jildida taqdim etiladi:
Dastur asosida rasmiylashtirilgan amaliyot kundaligi amaliyot bo’yicha hisobot amaliyot o’tagan tashkilot rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Rasmiylashtirilgan hisobot «Iqtisodiyot» kafedrasida ro’yxatdan o’tgandan so’ng kafedra mudiri ko’rsatmasi bilan amaliyot bo’yicha amaliyot rahbariga taqriz uchun beriladi.
Amaliyot hisobotiga quyidagi xujjatlar ham ilova etiladi:
Talabaning amaliyot o’tashi bo’yicha tashkilot yoki muassasa buyrug’idan ko’chirma;
Amaliyot o’tagan korxonadagi biriktirilgan amaliyot rahbari tomonidan talabaga berilgan va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan tavsifnoma;
Kafedra tomonidan biriktirilgan rahbarning bergan ijobiy taqrizi bilan birgalikda amaliyot bo’yicha hisoboti (matni, ilovalar, xujjatlar nusxalari);
Amaliyot bo’yicha hisobot «Iqtisodiyot» kafedrasi tomonidan tashkil etilgan maxsus komissiyaga himoya uchun taqdim etiladi.
HISOBOT HIMOYASI
Hisobot himoyasi paytida talaba amaliyot davrida amalga oshirilgan ishlari to’g’risida, xulosa va takliflarini; hisobot materiallari tarkibi va tahlilini; u tomonidan qabul qilingan xulosalarni va uning samaradorligini qisqacha tushuntirib, slaydlar asosida asoslaydi va hisobot bo’yicha qo’shimcha savollarga javob beradi.
Ma’ruza uchun 10-15 daqiqa vaqt ajratilib, talabaning bajargan ishlariga, og’zaki javobiga tahliliy xulosalariga va takliflariga komissiya tomonidan baho beriladi.
Ma’ruzachiga baho berishda u tomonidan rasmiylashtirilgan hisobot tarkibi va mazmuni, amaliyot rahbarning va tashkilot tomonidan biriktirilgan rahbarning xulosalari, kundalikning va boshqa xujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilishi xisobga olinib, har bir komissiya a’zosi o’z bahosini qo’ygandan keyin komissiya raisi tomonidan baholar umumlashtirilib yakuniy baho e’lon qilinadi.
Amaliyot natijalari bo’yicha baho qaydnomaga va talaba reyting daftarchasiga qo’yiladi. Ishlab chiqarish amaliyoti bo’yicha dastur bajarilmasa va talaba tomonidan hisobot himoya qilinmasa talaba rektor bo’yrug’iga asosan talabalar safidan chetlashtiriladi.
TALABANING ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI MAZMUNI.
Ishlab chiqarish amaliyotining nazariy asosi bo’lib, 5230100 - «Iqtisodiyot» ta’lim yo’nalishi bo’yicha o’quv jarayoni davomida talaba tomonidan o’rganilgan quyidagi tayanch fanlari: “O’zbekiston milliy iqtisodiyoti” ,”Iqtisodiyot nazariyasi”,“Pul, kredit va banklar” ,”Sanoat iqtisodiyot”, “Mintaqaviy iqtsodiyot”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari”, “Moliyaviy va boshqaruv hisobi”, “Biznes – reja”,“Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi”,”Statistika”, “Mikroiqtisodiyot” “Makroiqtisodiyot”, “Turizm iqtisodiyoti”, “Soliqlar va soliqqa tortish” va boshqa fanlar hisoblanadi.
Korxona, tashkilot va muassasalarda ishlab chiqarish amaliyotini o’tash bo’yicha dastur
Do'stlaringiz bilan baham: |