Real sektorda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan tayyor
mahsulotlarni ishlab chiqarish, barqaror tarmoqlarni rivojlantirish maqsadida xom ashyoni chuqur qayta ishlovchi tarmoqlar ulushini oshirishga qaratilgan iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar O‘zbekiston korxonalarining tashqi bozordagi barqaror holatini ta’minlaydi. O‘zbekiston iqtisodiyotini uzoq muddatli rivojlanishining maqsadi va ustuvor yo‘nalishlari jaxonning o‘rtacha rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirish masalasi bilan bog‘liq bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan belgilangan iqtisodiy siyosat strategiyasiga mos keladi.
O‘zbekiston iqtisodiyotini uzoq muddatli istiqbolda barqarorligini oshirish uchun quyidagi yo‘nalishlarga kuchlarni va resurslarni qaratish lozim: