Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni rivojlantirishning asosini korxonalar barqarorligini oshirish tashkil etadi. Shunday ekan, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish,
korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishni va eksportni rivojlantirish, mavjud zahiralardan tejamkorlik bilan foydalanish asosida sifatli va arzon va raqobatga bardosh bera oladigan xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, shuningdek, xalq turmush farovonligini oshirish bugungi kunning dozarb masalalaridan biri bo‘lib hisoblanmoqda.
Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida korxonalarni iqtisodiy salohiyatini oshirish, ya’ni texnik jihatdan qayta jihozlash va modernizatsiyalash, ishlab chiqarish tizimlarini bunyod etishga o‘ta muhim masala sifatida qarash zarurligi davr talabidir. Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‘jaligining eng muxim belgisi, rivojlantirish usuli hisoblanadi.
Raqobatning iqtisodiy mazmunini tuShunib olish, unga turli tomondan yondoshishni talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasidagi raqobat, tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash
uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadilar. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat oxir-oqibatda iste’molchilar uchun kurashdir.
Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida etakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi Shuni so‘zsiz isbotlab bermoqdaki, barqarorlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyot ni izchil
isloh etish, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, Yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, korxona barqarorligini oshirish yo‘llarini har tomonlama o‘rganish va ilmiy yondashish bugungi kunning talablaridan biridir. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida ishlab chiqarishni rivojlantirish bilan bir qatorda korxona barqarorligini oshirish to‘g‘risida quyidagi fikrlarni yuritishimiz mumkin.