Xorijiy valyutadagi operatsiyalar ikki turga, ya‘ni joriy va kapital harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalariga bo‘linadi. Joriy valyuta operatsiyalari: • tovarlarni (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar) eksport va import qilish bo‘yicha hisob-kitoblar, valyuta qimmatliklarining oldi-sotdisi, intellektual mulkka egalik huquqini sotish, qarz mablag‘larini jalb qilish yoki taqdim etishni ko‘zda tutmagan, kechiktirilmaydigan to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar; • bank omonatlari, kredit, investitsiya va boshqa moliyaviy operatsiyalardan olingan xorijiy valyutadagi daromadlarni chet elga va chet eldan foiz, dividend va boshqa kurinishdagi o‘tkazmalar; • nosavdo tusdagi (ish haqi, nafaka, meros va shu kabilarni) o‘tkazmalar, shuningdek, shunga o‘xshash boshqa operatsiyalar kiradi Kapital harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalari: • investitsiya, shu jumladan, chet eldan xarid qilingan va chet elga sotilgan qimmatbaho qog‘ozlar; • berilgan va olingan xalqaro kreditlar; • jalb qilingan va hisobvaraqlarga va jamgarmalarga joylashtirilgan mablag‘lar; • valyuta qimmatliklarida to‘lovni amalga oshirish uchun moliyaviy operatsiyalar yoki ma‘lum vaqtdan so‘ng, ularning mulkiy egalik huquqi kiradi. Xorijiy valyutadagi bitimlar dunyoning ko‘plab banklarida, taxminan, ertalab soat 9:00 da boshlanadi, birok, dilerlarning ish faoliyati bu bitimlarni tuzishdan kamida bir soat oldin boshlanadi. Har kuni ertalab, chet el valyutasi bo‘yicha mas‘ul xodim (bo’lim boshligi) o‘zining xodimlarini bitimlar tuzish bo‘yicha me‘yoriy hujjatlar bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, kurs asosan, yirik banklar va yirik milliy hamda transmilliy kompaniya va korporatsiyalarning marketmeykerlari tomonidan, kutilayotgan talab va taklif o‘rtasidagi farqka bog‘liq holda o‘rnatiladir, hamda zaruriy ma‘lumotlar va yangiliklar bilan ta‘minlaydi. Market-meykerlar - bu turli valyutalarni bitimlar bo‘yicha sotib olish va sotish kurslari kotirovkasini doimiy ravishda amalga oshiruvchi moliya muasassalari hisoblanadi. Bozorning passiv ishtirokchilari sezilarli darajadagi kapital bilan qatnashayotgan bo‘lsalarda, bozor holatiga kuchsiz ta‘sir ko‘rsatadilar va ularning faoliyati ochiq bozordagi kurslarni professionallar tomonidan tartibga solishga majbur qilishi mumkin. Albatta, market-meykerlar faqatgina chet el valyutalarini milliy valyuta bilan solishtirmaydilar, balki ular milliy valyutaga tegmagan holatda chet el valyutalarini o‘zlarini kotirovkalarini ham amalga oshirishlari mumkin. - Xorijiy valyutadagi bitimlar dunyoning ko‘plab banklarida, taxminan, ertalab soat 9:00 da boshlanadi, birok, dilerlarning ish faoliyati bu bitimlarni tuzishdan kamida bir soat oldin boshlanadi. Har kuni ertalab, chet el valyutasi bo‘yicha mas‘ul xodim (bo’lim boshligi) o‘zining xodimlarini bitimlar tuzish bo‘yicha me‘yoriy hujjatlar bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, kurs asosan, yirik banklar va yirik milliy hamda transmilliy kompaniya va korporatsiyalarning marketmeykerlari tomonidan, kutilayotgan talab va taklif o‘rtasidagi farqka bog‘liq holda o‘rnatiladir, hamda zaruriy ma‘lumotlar va yangiliklar bilan ta‘minlaydi. Market-meykerlar - bu turli valyutalarni bitimlar bo‘yicha sotib olish va sotish kurslari kotirovkasini doimiy ravishda amalga oshiruvchi moliya muasassalari hisoblanadi. Bozorning passiv ishtirokchilari sezilarli darajadagi kapital bilan qatnashayotgan bo‘lsalarda, bozor holatiga kuchsiz ta‘sir ko‘rsatadilar va ularning faoliyati ochiq bozordagi kurslarni professionallar tomonidan tartibga solishga majbur qilishi mumkin. Albatta, market-meykerlar faqatgina chet el valyutalarini milliy valyuta bilan solishtirmaydilar, balki ular milliy valyutaga tegmagan holatda chet el valyutalarini o‘zlarini kotirovkalarini ham amalga oshirishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |