Hozirgi zamon valyuta bozorlari asosan 1944 yildan keyin, ya‘ni BrettonVuds valyuta tizimidan keyin yuzaga kelgan. Bu valyuta bozorlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ular zamonaviy elektron aloqalar orqali bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Turli mamlakatlarda joylashgan xalqaro valyuta bozorlari valyutalarni oldi-sotdi qilish jarayonida bir-biriga nisbatan doimiy ta‘sirda bo‘ladi. Jahon valyuta bozorlari asosan valyutaviy cheklashlar bo‘lmagan yoki zaif tarzda mavjud bo‘lgan mamlakatlarda joylashgan. - Hozirgi zamon valyuta bozorlari asosan 1944 yildan keyin, ya‘ni BrettonVuds valyuta tizimidan keyin yuzaga kelgan. Bu valyuta bozorlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ular zamonaviy elektron aloqalar orqali bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Turli mamlakatlarda joylashgan xalqaro valyuta bozorlari valyutalarni oldi-sotdi qilish jarayonida bir-biriga nisbatan doimiy ta‘sirda bo‘ladi. Jahon valyuta bozorlari asosan valyutaviy cheklashlar bo‘lmagan yoki zaif tarzda mavjud bo‘lgan mamlakatlarda joylashgan.
Valyuta bozorlarining, asosan, 3 turini ko‘rsatish mumkin
Valyuta bozori
Hududiy valyuta bozori
Jahon valyuta bozori
Milliy valyuta bozori
Valyuta bozorida sotib oluvchi sifatida - talab va sotuvchi sifatida - taklif, birғbiri bilan uchrashadi. Sotib oluvchi yoki sotuvchi sifatida qatnashayotgan har qanday iqtisodiy sub‘ekt, ya‘ni davlat, xo‘jalik sub‘ekti yoki fuqaro o‘zining moliyaviy qiziqishlariga ega bo‘ladi. Bu moliyaviy qiziqishlar bir-biri bilan mos kelishi ham, mos kelmasligi ham mumkin. Manfaatlar bir-biri bilan mos kelgan taqdirda, valyuta qimmatliklarini oldi-sotdisi haqida bitim tuziladi. Shuning uchun, valyuta bozori valyuta qimmatliklarini sotuvchi va xaridorning qiziqishlarini namoyon qiluvchi o‘ziga xos iqtisodiy instrument hisoblanadi Funktsional nuqtai nazardan qaraganda, valyuta bozorlari o‘z vaqtida xalqaro hisob-kitoblarni, valyuta risklarini sug‘urtalashni, valyuta zaxiralarini diversifikatsiyalashni, valyuta interventsiyasini amalga oshiradigan va valyuta bozorida qatnashuvchilarning kurslari o‘rtasidagi farq natijasida keladigan daromadni o‘zida namoyon qiladi. Institutsional nuqtai nazardan qaraganda, valyuta bozorlari vakolatli banklarning, investitsion kompaniyalarning, birjalar, brokerlik idoralari, chet el banklari tomonidan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalarini o‘zida namoyon qiladi. Tashkiliy-texnik nuqtai nazardan qaraganda, valyuta bozori jahonning turli mamlakatlari bilan xalqaro hisob-kitoblar va boshqa valyuta operatsiyalarini bir-birini o‘zaro bog‘lovchi telegraf, telefon, teleks, elektron aloqa vositalari va shu kabi kommunikatsiya tizimlari yig‘indisini o‘zida namoyon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |