OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS
TAʼLIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZ FAKULTETI
MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR TA`LIM YO’NALISHI
“MOLIYAVIY TAHLIL ”fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Korxonalarda moliyaviy tahlilning o'rni va ahamiyati
Bajardi:4- bosqich KKM – 219 guruh talabasi
_______________________ _______
Tekshirdi: PhD. Gadoyev. S
Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
“_” _______2023 y.
|
|
Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana
“____” _______2023 y.
|
Kurs ishi himoya qilingan sana
“____” _______2023 y.
Baho “_____” _________
|
___________
(imzo)
___________
(imzo)
___________
(imzo)
|
Komissiya a’zolari:
__________________
__________________
__________________
|
Termiz – 2023
REJA:
KIRISH
1. Korxonalarda moliyaviy tahlilni tashkil etish va yuritishning me`yoriy asoslari.
2. Korxonalarda moliyaviy tahlilni tashkil etish shakllari, bo`limlari va bosqichlari.
3. Respublikamizda moliyaviy tahlilni tashkil etishning muammoli jihatlari va ularning yechimlari.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Bugun biz shiddat bilan o‘zgarib borayotgan zamonda yashamoqdamiz. Bundan 2 yil muqaddam ya`ni 2020 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovich tomonidan “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish”1 yili deb e’lon qilingan davrdan boshlab mazkur davlat dasturi tadbiqi ijrolari samarasida ijtimoiy hayotimizdagi biznes muhiti yaratilyapti. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va inflyatsiyani jilovlash-iqtisodiy islohotlar jarayonidagi bosh vazifamizdir deganlar. PQ-2847-son 18.03.2017 2 da Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida keltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida shunday degan edilar: «Barchangizga ma’lumki, kirib kelayotgan 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga 30 yil to‘ladi. Albatta, bu tarixiy sanani siz, azizlar va butun xalqimiz bilan birgalikda “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan ezgu g‘oya asosida keng bayram qilamiz.
Bugun kelgusi yil uchun reja va dasturlarimizni aniq belgilab olar ekanmiz, mustaqillik yillarida erishgan yutuqlarimizni yanada mustahkamlab, eng muhim va ustuvor sohalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratamiz, albatta» 3 Bu, o`z navbatida, bugungi kunda dolzarbligi bo`yicha muhim hisoblangan moliya va audit ham kelgusi yilda alohida e`tibor qaratililishini anglatdi.
Respublika moliya organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining soliq-budjet siyosatiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini hamda ijtimoiy sohani barqaror, mutanosib va jadal rivojlantirish, mahalliy budjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, budjet mablag‘laridan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan vazifalari, funksiyalari, ish shakllari va uslublarini qayta ko‘rib chiqish maqsadida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda uning bo‘linmalari faoliyatining ustuvor vazifalari hamda yo‘nalishlari etib belgilangan. Respublika moliya organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining soliq-budjet siyosatiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini hamda ijtimoiy sohani barqaror, mutanosib va jadal rivojlantirish, mahalliy budjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, budjet mablag‘laridan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan vazifalari, funksiyalari, ish shakllari va uslublarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan o‘tgan yillar davomida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida jamiyat taraqqiyotining barcha jabhalarida, eng avvalo iqtisodiy sohada islohatlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirish borasida aniq dastur ishlab chiqilgan. Bu dasturning joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonning demokratik va bozor islohatlarini amalga oshirish, jahon xamjamiyatiga keng integratsiyalashuvi va barqaror olg‘a borishi uchun mustahkam zamin yaratishdir.
statistika doirasida amalga oshiriladi. Mikro ko‘lamda esa tahlil oldiga bir qator murakkab vazifalar qo‘yiladi va ularni xal etish orqali esa tahlil oldiga bir qator murakkab vazifalar qo‘yiladi. Ularni hal etish orqali quyi bo‘g‘in xisoblangan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya xo‘jalik faoliyatining tashxisi qo‘yiladi.
Korxona ishlab chiqarish, tijorat va moliya faoliyatidan moliyaviy resurslarning kirimiga va ulardan moliyaviy holatni o‘stirishda foydalanish darajalariga, raqobatdoshlik, moliyaviy natijalarni kutilishini prognozlash va iqtisodiy rentabellikni xo‘jalik faoliyatining real imkoniyatlardan kelib chiqqan holda oshirishning yo‘llarini belgilashga, moliyaviy resurslardan yanada samarali foydalanishning chora tadbirlarini belgilashga ahamiyat qaratiladi. Iqtisodiyot sub’ektlari faoliyatidagi erkinlik, natijaga egalik, rivojlanish va taraqqiyotning yangicha mazmuni boshqaruvning butun bir tizimini ham takomillashtirishni talab etmoqda. Bugungi kunda korxonalar oldida juda keng imkoniyatlar ochilmoqda. Nafaqat xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar jamoasi, mulk egalari, investorlar balki butun bir davlatlar va jamoatchilik tizimi ham boshqaruvdagi o‘zgarish va rivojlanishdan manfaatdordirlar. Xo‘jalik sub`ektlari oldida turgan muhim vazifalarni hal etilishiga albatta axborotlar oqimi va ularni tahliliy hulosalariga tayangan zamonaviy boshqaruvni yo‘lga qo‘yish, takomillashtirish orqaligina erishiladi.
Shu maqsadda biz ushbu kurs ishida reja asosida barcha jihatlarni yoritib beramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |