Termiz davlat universiteti «iqtisodiyot» fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi


 Kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/96
Sana25.09.2021
Hajmi1,11 Mb.
#184956
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96
Bog'liq
kichik biznes va xusussiy tadbirkorlik

 

5. Kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil  

qilish asoslari 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  korxona  va  tashkilotlar  faoliyat  yuritishlarini 

mablag’ bilan ta’minlash iqtisodiy muammolardan biri bo’lib, katta tavakkalchilikni 

talab  etadi.  Sarflangan  mablag’larni  qaytarish,  qoplash  muddati  qanchalik  uzoq 

bo’lsa,  bu  xavf  darajasi  ham  shunchalik  oshib  boradi.  CHunki,  bu  muddat  ichida 

bozor  kon’yunkturasi ham,  narx-navolar ham,  ish haqi to’lovlari  ham  zimdan oshib 

boradi. SHuning uchun, iqtisodiyot barqaror bo’lmagan sharoitlarda (ayniqsa, bu holat 

nafaqat ayrim tovar bozori, balki butun mamlakat uchun xos bo’lsa) xarajatlari tezroq 

qoplanadigan  samarali  loyihalarga  mablag’  sarflash  maqsadga  muvofiqdir.  Bunday 

yondashish  ilmiy-texnika  taraqqiyotining  sur’ati  eng  yuqori  bo’lgan  va  yangi 

texnologiya  yoki  mahsulotlarning  kirib  kelishi  oldingi  investitsiyalarni  tezda 

qadrsizlantirib  yuborishi  mumkin  bo’lgan  tarmoqlar  uchun  juda  muhimdir.  Bundan 

tashqari, pulni oluvchi yetarli obro’ga ega bo’lmasa va mablag’ egasi uzoq muddatga 

unga  pulni  ishonishni  xohlamasa  ham  mablag’ning  o’zini  qoplash  muddatiga  qarab 

ish ko’riladi. 

Misol tariqasida, «Jahongir» kichik korxonasining mablag’ bilan ta’minlanish va 

uni o’zlashtirish tartibini ko’rib chiqamiz. Korxona ixtiyorida o’zlashtirish uchun 120 

ming  so’mlik  xom  ashyo  resurslari  va  tayyor  mahsulotlar  mavjud.  Mazkur 

resurslardan  foydalanish  natijasida  korxona  35  ming  so’m  daromad  olishni  ko’zda 

tutmoqda.  SHu  asnoda  korxona  rivojlanish  fondidan  ajratilgan  pullar  va  bankdan 

olingan kreditlarni 4 yildan kechiktirmasdan qaytarishi rejalash-tirilgan. Xo’sh, ushbu 

loyiha talabni qondira oladimi? 

Buning uchun quyidagi hisob-kitoblarni amalga oshiramiz. 

Korxona xarajatlarini qoplash muddati quyidagi formula orqali hisoblanadi: 

 

Xarajatlarni 



qoplash muddati 

Boshlang’ich 



investitsiyalar 

120000 



=  3,4yil 

(1) 

Har yilgi pul daromadlari 

35000 

 



 

Mazkur hisob-kitobdan ko’rinadiki, hisoblab chiqilgan xarajatlarning qoplanish 



muddati  belgilangan  muddatdan  ancha  kam  (8  oyga).  Demak,  investitsiya 

ajratishning ushbu varianti qulaydir. 

Ammo amalda pul daromadlari har yili har xil bo’ladi. Odatda, ular ish boshida 

kamroq  bo’lib,  keyinchalik  o’sib  borishi  mumkin  (agar  loyiha  biror  bir  aniq 

maqsadni  ko’zlagan  bo’lsa  va  ishlab  chiqaradigan  mahsulot  haridorgir  bo’lsa). 

Bunday holatda xarajat-larni qoplash muddati ancha boshqacha bo’ladi. 

Faraz  kilaylik,  investitsiya  miqdori  misolimizdagi  kabi  bo’lib,  yillar  bo’yicha 

ko’zda tutiladigan tushumlar quyidagicha bo’lsin: 

birinchi yilda – 25 ming so’m; 

ikkinchi yilda – 35 ming so’m; 

uchinchi yilda – 48 ming so’m; 

to’rtinchi yilda – 54 ming so’m. 

Bulardan ko’rinadiki, 3 yilda daromadlar hajmi 108 ming so’mni  tashkil  etadi. 

Demak,  investitsiyaning  to’liq  qoplanishi  uchun  to’rtinchi  yili  davomida  atigi  12 

ming  so’m  talab  etiladi.  Bu  summani  to’rtinchi  yilda  ko’zda  tutilgan  daromadlar 

summasi  (54  ming  so’m)  ga  teng  bo’lib,  shu  yil  uchun  xarajatlarni  qoplanish 

muddatiga  –  0,22  yilga  ega  bo’lamiz.  SHunday  qilib,  xarajatlarni  qoplash  muddati 

3,22 yilni (3,0 + 0,22) tashkil etadi. 

Investitsiyalarni tahlil qilishning bunday usuli soddaligi va aniqligi bilan ajralib 

turadi.  Uning  qulayligi  yana  shundaki,  agar  investitsiya  yo’l  qo’yiladigan 

muddatda  qoplanishi  nuqtai  nazaridan  baholanganda,  u  investitsiyaning  qaltisligi 

haqida ham aniq tasavvurga ega bo’lishga yordam beradi. SHu boisdan, bunday hisob-

kitob investitsiyani baholashning eng mukammal usullariga foydali qo’shimcha bo’la 

oladi.  CHunki,  ular,  ko’pincha,  kutilishi  mumkin  bo’lgan  iqtisodiy  inqiroz  xavfini 

unchalik yaqqol ifodalay olmaydi. 

Bu  usulning  ham  o’ziga  yarasha  kamchilik  va  nuqsonlari  bor,  albatta. 

Birinchidan,  u  pulning  vaqt  davomida  qiymat  o’zgarishini  hisobga  olmaydi. 

Ikkinchidan, yuqorida keltirilgan formulada investitsiya to’liq qoplangandan keyin 

tushadigan  daromadlar  ham  ko’rsatilmagan.  Zero,  yangi  fondlar  undan  keyin  ham 

ishlatiladi. SHu sababli, ushbu kamchiliklarni hech bo’lmaganda qisman bartaraf etish 

uchun,  xarajatlarni  qoplash  muddatini  so’mning  bugungi  va  kechagi  qiymati 

o’rtasidagi farqni hisobga olgan holda qo’llash maqsadga muvofiqdir. 




Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish