Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti sosial psixologiya


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Download 2,32 Mb.
bet36/128
Sana13.01.2022
Hajmi2,32 Mb.
#359305
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   128
Bog'liq
Sotsial pSix 3-kurs

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar.
1.Til va nutqning psixologik faoliyatda tutgan o‘rni haqida nimalarni bilasiz?

2.Nutq ko‘rinishlari haqida ma’lumot bering?

3 Yozma va og‘zaki nutqlar haqida ma’lumot bering?



12-MAVZU. MUOMALA JARAYONIDA O‘ZARO TA’SIR ETISH USULLARI

REJA


1.Odamlar muomala jarayoni va amaliy faoliyatida o‘zaro ta’sir metodlari.

2. O‘zaro ta’sir psixologiyasining etik tomonlarini ishlab chiqish xususiyatlari.

3.Muomala jarayonini tashkil etishda o‘zaro ta’sir ahamiyati.

Tayanch so`z va iboralar:

Noverbal muomala, axborot, kommunikativ hissiy ton, emotsiya, kayfiyat, affekt, stress, stenik his, astenik his, yuksak hislar: intellectual, axloqiy, Iroda, irodaviy akt, irodaviy harakat, irodaviy zo`r berish, shaxs sifati: mustaqillik, dadillik, sabr, bardosh, matonat, .

Muomala jarayoni shahslararo va guruhlararo munosabatlarning asosini tashkil etadi. Chunki, muloqot jarayonida odamlar bir-birlari bilan ma’lumot almashib, o‘zaro ta’sir ko‘rsatadilar va bir-birlarini yanada aniqroq anglashga, tushunishga va idrok qilishga harakat qiladilar. Birgalikdagi faoliyat jarayonida shahslarning bir-birlarini tushunishlari va aniq idrok qilishlari muloqotning samarali kechishini ta’minlashga xizmat qiladi. Birgalikdagi muomala jarayonida ta’sir ko‘rsatish turlicha kechishi mumkin. Bu ta’sir muloqotga kirishuvchi shahslarning muloqot tehnikasini qanchalik egallaganligi, ularda refleksiya darajasi qanchalik ifodalanganligi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, muloqotga kirishuvchi shahslar bir-birlarini qanchalik darajada idrok eta olishlari ham muhim bo‘lib hisoblanadi. Undan tashqari, muloqotga kirishuvchilarning ijtimoiy mavqei, jamiyatda tutgan o‘rni, ularda ijtimoiylashuvning ifodalanishi darajasi, bilim saviyasi, dunyoqarashi, ma’naviyati va madaniyatliligi ham muhim omillar sifatida ahamiyatlidir.Taniqli amerikalik olim Erik Bern (Leonard Bernshteyn) ning muloqotga kirishish tehnikasi borasidagi koncyepciyasi diqqatga sazovordir. U muloqot sub’ektlarini uchta darajada, ya’ni: ota-ona, katta kishi va bola rolida tasvirlaydi va tasavvur qiladi. Unga ko‘ra har bir shahs o‘z amaliy faoliyatida ushbu uchta muloqot shaklini boshidan kechirishi mumkin. Biroq, ularning qaysisini qay vaqtda qo‘llash uning o‘ziga bog‘liq va barcha munosabatlardagi ziddiyatlar ushbu muloqot shakllarining mevasidir, deydi. Ijtimoiy psixologiyada o‘zaro ta’sir jarayoni ijtimoiy munosabatlarning o‘ziga hos tomonlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Muloqotning yosh bilan bog‘liq, kasb bilan bog‘liq, hududiy xususiyatlar bilan bog‘liq va ijtimoiy nufo’zi bilan bog‘liq bo‘lgan jihatlari mavjudki, ular o‘zaro ta’sir psixologiyasining etik (ahloqiy) tomonlarini tashkil etadi. Ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish va ularning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi aynan ushbu muloqot usullari va ularning maqbul qo‘llanishi shakllariga bog‘liqdir. Ushbu jihatlar muloqotning muvaffaqiyatini ta’minlaydi, shahalararo va guruhlararo munosabatlar sifatini yuqori pog‘onada saqlab turishga imkon yaratadi.Muloqot jarayonini tashkil etishda o‘zaro ta’sir yaratadi.Muloqot jarayonini tashkil etishda o‘zaro ta’sir muhim ahamiyatga ega. Bu esa yuqorida ta’kidlab o‘tilgan refleksiya, identifikaciya va stereotiplashish xususiyatlarining namoyon etilishi darajasiga qarab turlicha kechishi kuzatiladi. Shu bois, turli darajada shakllangan kichik guruhlarda guruhiy jipslikning asosiy omili bo‘lgan shahslararo munosabatlarning ijobiy tarzda namoyon etilishini ta’minlash uchun o‘zaro ta’sirning samarali yo‘laridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.



Har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, hatto nuqsonlari ham muloqot jarayonining mahsulidir. Har qanday muloqotning eng sodda vazifasi — suhbatdoshlarning o‘zaro bir-birlarini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o‘zbeklarda samimiy salom-alik, suhbatdoshni ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. Bu jihat milliy o‘ziga xoslikka ega. Yana bir muhim vazifasi ijtimoiy tajribaga asos solish bo‘lib, odam bolasi faqat odamlar orasida
ijtimoiylashadi, o‘ziga zarur insoniy xususiyatlami shakllantiradi. M uloqotning yana bir muhim vazifasi — u odamni u yoki bu faoliyatga hozirlaydi, ruhlantiradi. Kishilar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan kishining qo‘li ishga bormaydi. Har qanday yolg‘izlik va muloqotning yetishmasligi odamda muvozanasizlik,hissiyotga berilu v ch an lik , hadiksirash, xav o tirlan ish , o‘ziga
ishonchsizlik, tashvish hislarini keltirib chiqaradi. Shaxsning muloqotga
bo‘lgan ehtiyojining to‘la qondirilishi uning ish faoliyatiga ta ’sir ko‘rsatadi. IGshilar, ulaming borligi, shu muhitda o‘zaro gaplashishim koniyatining m avjudligi fakti k o ’p in ch a odam ning ishlash qobiliyatini oshiradi, ayniqsa, gaplashib o‘tirib qilinadigan ishlar.
Odamlar yonidagi hamkasbiga qarab ko‘proq, tezroq ishlashga kuch va qo‘shimcha iroda topadi. Bu hamkorlikda o‘sha yonidagi odam unga yoqsa, ular o‘rtasida o‘zaro simpatiya hissi bo‘lsa, unda odam ishga «bayramga kelganday» keladigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun amerikalik olim Dj. M oreno sosiometrik uslubni ishlab chiqqan edi. Demak, m uloqot kishilaming jam iyatda o‘zaro hamkorlikdagi
faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi. Aloqa bosqichlarining mazmunini muloqot darajalari belgilab beradi. Muloqot darajasi suhbatdoshga bo‘lgan munosabatni, qiziqishni, aloqa uchun ochiqlik darajasini ifodalaydi. M uloqotning quyi darajalarida suhbatdoshga qiziqish mavjud bo‘lmaydi, u oddiy moddiy jism sifatida ko‘riladi,’ unga nisbatan tepadan yondashiladi, undan «berkinish» hodisasi ro‘y beradi. Muloqotning o‘rta darajasida suhbatdoshga nisbatan qiziqish paydo bo‘la boshlaydi. Yuqori darajalarda esa bir tomondan
suhbatdoshga nisbatan bo‘lgan qiziqish o‘sib boradi, ikkinchi tomondan ochiqlik darajasi ortadi.Suhbatdoshlarning bir-biriga bo‘lgan qiziqishi, teng munosabatlar
uchun ochiqlik darajasiga ko‘ra muloqotning quyi, o‘rta va yuqori darajalari farqlanadi. Muloqotning quyi darajalari quyidagilardan iborat:
1. Primitiv daraja — asosiy belgisi suhbatdoshga shunchaki bir buyum sifatida munosabatda bo‘lish. Bu buyum primitiv darajada muloqotga kirishgan inson uchun kerak bo‘lgan buyum yoki xalaqit berayotgan buyum bo‘lishi mumkin. Agar kerak bo‘lsa, uni egallashga harakat qiladi, xalaqit berayotgan bo‘lsa, uni uloqtirib tashlashgaintiladi.
2. Manipulativ daraja — unda muloqot ishtirokchisi suhbatdoshini raqib deb biladi va uni yengishga harakat qiladi. Manipulator ongli yoki ongsiz ravishda moddiy yo psixologik manfaatni ko‘zlab, turli maxsus usullar bilan suhbatdoshi ustidan g‘alaba qozonishgaurinadi.
M anipulativ darajaning m uhim belgisi shuki, unda suhbatdosh shaxsining zaif tomonlariga qiziqish kuchli bo‘ladi.
3. Standartlashgan daraja — unda suhbatdoshga nisbatan qiziqish mavjud bo‘ladi. Bu qiziqish suhbatdoshning muayyan ijtimoiy rolga egaligi bilan xarakterlanadi. Standartlashtirilgan darajada muloqot ishtirokchilari o‘rtasida «niqoblar aloqasi» amalga oshadi. Niqob turlari: «nol niqob» — «men sizga tegmayapman, siz ham menga tegmang»,degan befarqlik niqobi, «ylbars niqobi» — «menga tegib kringchi» degan m a’noni anglatuvchi qo‘rqitishga qaratilgan niqob, «quyon
niqobi» — «menga tegmang, men juda kuchsizman» degan m a’noni anglatuvchi niqob, «masxaraboz niqobi» — «men hech narsani bilmayman, menga tegishning hojati yo‘q» degan m a’noni anglatuvchi, anqov, go‘l qilib ko‘rsatishga harakat qiluvchilar niqobi.M uloqotning o‘rta darajasi quyidagidan iborat: K onvensional daraja — bu daraja quyi va yuqori darajalar oralig‘idadir. Unda ilk bor suhbatdosh shaxsiga nisbatan qiziqish qisman bo‘lsa-da ochiqlik (suhbat ro‘y berayotgan vaziyatdagina) paydo bo‘ladi. Konvensional darajadagi muloqot to‘laqonli, suhbatdosh haqida qayg‘urish, uning o‘rniga o‘zini qo‘yishga tayyorlik vujudga keladigan muloqotdir.
M uloqotning yuqori darajalari quyidagilardan iborat:1. Ishchan daraja — unda suhbatdoshning asosan ishchanlik xususiyatlariga nisbatan qiziqish bo‘ladi. Ishchan darajada suhbatlashib insonlar o‘z munosabatlarining moddiy natijalariga ega bo‘ladilar, ular o‘rtasida ancha barqaror ishonch va bog‘lanish hislari shakllanadi.
Yoki juda kuchli antipatiya ham shakllanishi mumkin.
2. 0 ’yinli daraja — ushbu darajada suhbatdosh shaxsining xususiyatlariga jonli, simpatiyaga asoslangan, hech qanday g‘araz m aqsadlam i
ko‘zlamaydigan qiziqish mavjud bo‘ladi. 0 ’yinli darajada m uloqot
ishtirokchilarining bir-biriga bo‘lgan qiziqishi ancha yuqori bo‘ladi,
tom onlar o‘zini juda ochiq tutadi, suhbatdoshlar bir-birining «rolini»
o‘yngydi. Bu daraja pedagogik muloqot uchun ancha samarali.
Ma’naviy daraja — inson muloqotining eng yuqori darajasidir. Unda
suhbatdosh shunchaki bir inson emas, balki yuksak hurmatga sazovor
xislatlar egasi, betakror ruxiyot sohibi sifatida talqin etiladi. Ana shu
xislatlar suhbatdoshga nisbatan iliqlikni uyg‘otadi, u bilan bo‘lgan
muloqot unutilmas darajaga yetadi

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar

1.Odamlar muomala jarayoni va amaliy faoliyatida o‘zaro ta’sir metodlari nimalardan iborat?

2. O‘zaro ta’sir psixologiyasining etik tomonlarini ishlab chiqish xususiyatlari xaqida ma’lumot bering?

3.Muomala jarayonini tashkil etishda o‘zaro ta’sir ahamiyati nimalardan iborat?

.




Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish