Kommunikatordan chiqayotgan axborot ikki xil bo‘lishi mumkin:
1. Undovchi axborot — buyruq, maslahat, iltimos kabilarda namoyon bo‘ladi. Undan ko‘zlangan maqsad resipiyentni biror harakatga rag‘batlantirishdir.
U uch xil bo‘lishi mumkin:
a) aktivlashtirish, ya’ni faollashtirish (biror harakatni qilishga undash);
b) interdiksiyalash (biror harakatni qilishdan to‘xtatish);
d) destabillashtirish (biror harakatdagi muvozanatni buzish).
2. Konstatasiyalovchi axborot — ma’lumot tarzida ifodalanadi. Bu turdagi axborot turli ta’limiy tizimlardan o‘rin olgan bo‘lib, xulqatvomi o‘zgartirish uchun bevosita ta’sir ko‘rsatmaydi, ammo bilvosita ta’sir ko‘rsatish maqsadi ham bo‘ladi.
Amerikalik jurnalist G. Lassuyel besh unsurdan iborat bo‘lgan kommunikativ jarayonning quyidagi modelini taklif etadi:
A. Yu t (axborot kim tomonidan uzatilmoqda);
B. Nima (qanday axborot uzatilmoqda);
V. Qanday (axborot qanday yo‘l bilan uzatilmoqda);
G. Kimga (axborot kimga yo‘naltirilmoqda);
D. Qanchalik samarali (axborot qanchalik samarador uzatildi).
Kommunikativ jarayon aksial (bunda axborot ayrim konkret
odamlargagina yo‘naltiriladi) yoki retial (bunda axborot bir qancha ehtimol qilinayotgan resipiyentlarga u o‘naltiriladi) xarakterda bo‘lishi mumkin.
Kommunikator resipiyent uni qanchalik tushunayotganini «kommunikativ rollar» o‘zgargach biladi. Chunki bunda resipiyent kommunikatorga aylanib awalgi kommunikatorga qabul qilgan axborotning mazmunini qanday tushunganligini bildiradi. Noverbal kommunikasiyada belgilar tizimi sifatida quyidagi tizimlardan foydalaniladi:
1. Optik-kinetik tizimga imo-ishoralar (qo‘l motorikasi), mimika (yuz motorikasi), pantomimika (butun gavda motorikasi) kiradi. Ushbu belgilarning muloqotdagi ahamiyati shunchalik kattaki, ularni o‘rganish uchun alohida soha-kinesika shakllangan.
2. Paralingvistik tizim ovoz vokalizasiyasidan iborat bo‘lib, unga ovoz sifatlari, diapazoni kiradi.
Ekstralingvistik tizimga to‘xtalishlar, yo‘talib qo‘yishlar, yig‘i, kulgu, nutq tempi kiradi.
3. Proksemik tizimga kommunikativ jarayon ishtirokchilarining fazodagi joylashuvi va kommunikasiya vaqti kiradi.
4. Vizual kontaktga ko‘zlar orqali muloqot qilish kiradi. Dastlab muloqotning bunday turi faqat intim muloqot doirasidagina bo‘lishi mumkin, deb hisoblangan. Ammo so‘nggi tadqiqotlar vizual kontakt boshqa sohalarda, ya’ni tibbiyot, pedagogika, boshqaruv kabilarda ham kuzatilishini isbotlamoqda.
Noverbal kommunikasiya tizimlari kommunikasiya jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Ular nutqni to‘ldiradi, uning o‘mini bosadi, kommunikativ jarayon ishtirokchilarining emosional holatini aks ettiradi.
2 Muloqot ikki va undan ortiq kishilar o‘rtasida bilish yoki baholash
tarzidagi axborot almashishda namoyon bo‘luvchi o‘zaro ta’sirdir.
Muloqotning o‘zaro birgalikda harakat qilish va faoliyat ko‘rsatish
jarayonida odamlarni birlashtiradigan umumiy narsa ishlab chiqarish
tarzida tushunilishi ana shu umumiy narsa muloqot vositasi sifatidagi
tildan iborat ekanligini bildiradi. Til muloqotga kirishuvchilar o‘rtasida
aloqa bog‘lanishini ta’minlaydi. Uni bu maqsad uchun tanlangan
so‘zlar mohiyatiga ko‘ra kodlashtirgan holda axborotni ma’lum
qilayotgan kishi ham, bu mohiyatning kodini ochgan, ya’ni uning
ma’nosini oshkor etgan va ana shu axborot asosida o‘z xulq-atvorini
o‘zgartirgan holda bu axborotni qabul qilayotgan kishi ham tushunadi.
A.V. Petrovskiy fikricha, axborotni boshqa kishiga yo‘llayotgan kishi
(kommunikator) va uni qabul qilayotgan kishi (resipiyent) munosabat
va birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish uchun mohiyatlarni
kodlashtirish va kodini ochishning bitta yagona tizim idan
foydalanishlari, ya’ni bitta tilda so‘zlashishlari kerak. Mohiyat —
belgining tevarak-atrofdagi voqelikni bilishni ifoda etadigan qism
sifatidagi mazmunga ega bo‘lgan jihatidir. Qurol odamlarning mehnat
faoliyatini ifodalagani singari belgilar ham ularning bilish faoliyati va
munosabatini namoyon qiladi.
So‘zlar belgilari tizimi hayot kechirish, ijtimoiy-tarixiy tajribani
o‘zlashtirish va uzatish vositasi sifatidagi tilni tarkib toptiradi. Til
yordamida muloqotga kirishish tufayli borliqning alohida bir kishining
miyasidagi in’ikosi boshqa odamlarning miyasida aks etayotgani bilan
doimiy ravishda to‘ldirilib turadi — o‘y-fikrlarini ayirboshlash, axborot
uzatish ro‘y beradi. O‘qituvchi u yoki bu so‘zni ishlatganda uning o‘zi
ham, uning tinglovchilari ham yolg‘iz o‘sha bitta hodisani nazarda
tutishadi va ularda anglashilmovchilik yuz bermaydi. Mohiyatlar tizimi
kishining butun hayoti davomida rivojlanib va boyib boradi.
Hamkorlikdagi faoliyatda zaruriyat tufayli inson boshqa kishilar
bilan birlashishi, ular bilan munosabatga kirishishi, aloqa o‘matishi,
o‘zaro tushunishga erishishi va kerakli axborotni olishi, shunga mos
javobni berishi kerak. Bunda muloqot faoiiyatning bir tomoni, uning
axborot jihati — kommunikasiya sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq
predmet yasash bilan birga inson o‘zi yasagan predmetda o‘zini
«translyasiya» qiladi, ya’ni o‘zini boshqalarda davom ettiradi. Hosil
qilingan predmet (qurilgan bino, yozilgan qatorlar, o‘tqazilgan
daraxt) bir tomonidan faoliyat predmeti, ikkinchi tomondan inson
o‘zini ko‘rsatadigan vositadir. Chunki bu boshqa kishilar uchun hosil
qilingan. Shunday qilib, faoliyat muloqotning bir qismi, uning tomoni;
muloqot faoiiyatning bir qismi va tomonidir. Lekin muloqot va faoliyat
barcha hollarda yaxlit (buzilmas) birlikni tashkil etadi.
Til muomala vositasidir. Til muomalaga kirishuvchilar o‘rtasidagi
kommunikasiyani ta’minlaydi, chunki uni axborot beruvchi ham,
axborotni qabul qiluvchi ham birday tushunadi. Boshqa kishiga axborot
beruvchi (kommunikator) va uni qabul qiluvchi (resipiyent) muloqot
jarayonida bir xil tildan foydalanishi kerak, aks holda bir-birini to‘g‘ri
tushunolmaydi. Axborot almashishda bola onasiga savollar beradi va u
javob beradi, bu javoblardan bola o‘z faoliyatida keyinchalik
foydalanadigan umumiy bilimlarning faqat ozgina qismini oladi. Umumiy
bilimlarning bu qismini bola til shaklida, til yordamida so‘z belgilari
tizimida hosil qila oladi. Maktabda ham xuddi shunday bo‘ladi: o‘quvchi
olam haqida barcha bilimlarni o‘qituvchining tushuntirishidan yoki
darslikdan, ya’ni til yordamida o‘zlashtiradi. Bu yerda til o‘zining muhim
vazifalaridan birini bajaradigan, ya’ni yashash vositasi, ijtimoiy-tarixiy
tajribani berish va o‘zlashtirish vositasi tarzida namoyon bo‘ladi.
Ikkinchidan, har bir alohida odamning ish-harakati va faoliyatini
ko‘pincha ijtimoiy qiymatga ega bo‘lmagan o‘zga kishilaming bevosita
tajribalari belgilaydi. Masalan, men oshxona tomon yo‘l olaman. Yo‘lda
o‘rtog‘im uchrab menga: «oshxona yopilgan», deydi. Shu paytda bu
xabar mening faoliyatimni ma’lum bir tarzda boshqaradi: men
qayrilib, boshqa oshxona tomon jo‘nayman. Bu yerda til o‘zining boshqa
muhim vazifasi bilan, ya’ni vosita yoki kommunikasiya usuli yoki
odamning xatti-harakatlarini boshqaruvchi bir vosita sifatida namoyon
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |