Termiz davlat universiteti fuqarolik jamiyati


Mehnatni muhofaza qilishning maxsus normalari



Download 1,34 Mb.
bet70/132
Sana19.05.2023
Hajmi1,34 Mb.
#941384
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   132
Bog'liq
Мехнат ҳуқуқ мажмуа(3)

Mehnatni muhofaza qilishning maxsus normalari
Mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bо‘lgan xodimlar belgilangan normalar bо‘yicha:
sut (shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari);
davolash-profilaktika oziq-ovqati;
gazli shо‘r suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun);
maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, boshqa shaxsiy himoya va
gigiyena vositalari bilan bepul ta’minlanadilar.
Bunday ishlarning rо‘yxati, beriladigan narsalarning normalari, ta’minot tartibi va shartlari jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomalarida, agar ular tuzilmagan bо‘lsa, - ish beruvchi tomonidan xodimlarning vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.
Sog‘lig‘i holatiga kо‘ra yengilroq yeki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan holi bо‘lgan ishga о‘tkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi, ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay, ana shunday ishlarga о‘tkazishi shart.
Sog‘lig‘i holatiga kо‘ra yengilroq yeki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan holi bо‘lgan kamroq haq tо‘lanadigan ishga о‘tkazilganda shunday ishga о‘tkazilgan kunidan boshlab ikki hafta mobaynida
xodimlarning avvalgi о‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi.
Sil kasalligi yeki kasb kasalligiga chalinganligi sababli kamroq haq tо‘lanadigan boshqa ishga vaqtincha о‘tkazilgan xodimlarga shu ishga о‘tgan vaqt uchun, lekin ikki oydan ortiq bо‘lmagan muddat davomida kasallik varaqasi bо‘yicha yangi ishda beriladigan ish haqiga qо‘shilganda xodimning avvalgi ishidagi tо‘liq ish haqidan oshib ketmaydigan miqdorda nafaqa tо‘lanadi. Basharti kasallik varaqasida kо‘rsatilgan muddatda ish beruvchi boshqa ish topib berolmagan bо‘lsa, u holda shuning oqibatida bekor о‘tgan kunlar uchun nafaqa umumiy asoslarda tо‘lanadi.
Ish bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bо‘lganligi yeki sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi munosabati bilan vaqtincha kamroq haq tо‘lanadigan ishga о‘tkazilgan xodimlarga ularning sog‘lig‘i shikastlanganligi uchun javobgar bо‘lgan ish beruvchi avvalgi ish haqi bilan yangi ishda oladigan ish haqi о‘rtasidagi farqni tо‘laydi. Bunday farq mehnat qobiliyati tiklangunga qadar yeki nogironligi belgilangunga qadar tо‘lanadi.
Qonun hujjatlarida sog‘lig‘i holatiga kо‘ra yengilroq yeki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’sirini holi etadigan kamroq haq tо‘lanadigan ishga о‘tkazilganda avvalgi о‘rtacha oylik ish haqini saqlab qolishning yeki davlat ijtimoiy sug‘urtasi bо‘yicha nafaqa tо‘lab turishning boshqacha hollari ham nazarda tutilishi mumkin.
Xodim ish jarayenida о‘zining hayeti yeki sog‘lig‘iga tahdid soluvchi holatlar yuzaga kelib qolganligi tо‘g‘risida ish beruvchiga darhol xabar qiladi. Mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini tekshirib borish va nazorat qilish bilan shug‘ullanuvchi organlar ana shu holatlarni tasdiqlagan taqdirda ish beruvchi bu holatlarni bartaraf etish choralarini
kо‘radi. Agar zarur choralar kо‘rilmasa, xodim о‘zining hayeti yeki sog‘lig‘iga tahdid soluvchi holatlar bartaraf etilgunga qadar tegishli ishni bajarishni
rad etishga haqlidar. Ana shu davr mobaynida xodimning о‘rtacha ish haqi saqlanadi.
Ish beruvchi belgilangan minimal ish joylari hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish tartibida mahalliy mehnat organi tomonidan
yо‘llangan nogironlarni ishga qabul qilishi shart TMEKning nogironlarga tо‘liqsiz ish vaqti rejimi о‘rnatish, ularning vazifasini kamaytirish va mehnatning boshqa shartlari haqidagi tavsiyalarini bajarish ish beruvchi uchun majburiydir.
I va II guruh nogironlariga mehnatga haq tо‘lash kamaytirilmagan holda ish vaqtining haftasiga о‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi.
I va II guruh nogironlariga о‘ttiz kalendar kundan kam bо‘lmagan muddat bilan yillik uzaytirilgan asosiy ta’til beriladi.
Nogironlarni tungi vaqtdagi ishlarga, shuningdek ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga ularning
roziligi bilangina, basharti ular uchun bunday ishlar tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan bо‘lsa, yо‘l qо‘yiladi.
Ish beruvchi ish joyida kasal bо‘lib qolgan xodimlarga dastlabki tibbiy yerdam kо‘rsatishga qaratilgan choralar kо‘rishi shart.
Ish joyida og‘rib qolgan xodimlarni davolash-profilaktika muassasalariga olib borish, zarur hollarda, ish beruvchining hisobidan amalga oshiriladi.
Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni о‘z vaqtida tekshirishi va hisobga olib borishi shart.
Jabrlanuvchining talabiga binoan tekshiruv tugagan kundan e’tiboran uzog‘i bilan uch kun ichida ish beruvchi shu baxtsiz hodisa tо‘g‘risida dalolatnoma berishi shart.
Mehnatni muhofaza qilishning holati ustidan davlat nazorati va tekshiruvini davlat organlari amalga oshiradilar.
Mehnatni muhofaza qilishning norma va qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoat tekshiruvini kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari amalga oshiradilar.



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish