Termiz davlat universiteti fizika matematika fakulteti



Download 0,65 Mb.
bet1/15
Sana29.01.2022
Hajmi0,65 Mb.
#418840
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Mamayusupov Elmurod



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA MATEMATIKA FAKULTETI
FIZIKA yo’nalishi 202-guruh talabasi
Mamayusupov Elmurodning
Mavzu:A
KURS ISHI
kademik litseylar fizika kursida mexanika bo`limini bayon qilish uslubi

mavzusida tayyorlagan
Tayyorladi___________________

Tekshirdi___________________


Termiz-2021

MUNDARIJA


Mavzu:Akademik litseylar fizika kursida mexanika bo`limini bayon qilish uslubi 1
mavzusida tayyorlagan 1
KIRISH 3
I-BOB MEXANIKANI ASOSIY MASALALARINI YECHISH 7
1.1 MEXANIKANING ASOSIY MASALALARINI YECHISHNING FIZIKAVIY VA USLUBIY G‘OYALARI. 7
1.2 KINEMATIKADAGI ASOSIY TUSHUNCHALAR VA JISMLAR HARAKATINI O‘RGANISH 8
Ta’rifi 12
Fizik kattaliklar 13
Misollar 13
Chastota 13
№ 14
Koordinata usuli 14
№ 14
Trayektoriya usuli 14
1.3 DINAMIKA BO‘LIMI ASOSIY MAZMUNINING TAHLILI VA UNI O‘RGANISH USULLARI 14
II-BOB MEXANIK SAQLANISH QONUNLARI 19
2.1 MEXANIKADA SAQLANISH QONUNLARI” MAVZUSINING MAZMUNINI TAHLILI 19
2.2 KINETIK ENERGIYA TUSHUNCHASI. 21
2.3 IMPULSNING SAQLANISH QONUNI. 24
XULOSA 27
ADABIYOTLAR: 28


KIRISH


Mexanika fizikaning shunday bo‘limiki, u o‘zining qat’iy va mantiqiy tuzilishi bilan o‘quvchilar tafakkurining rivojlanishiga katta yordam beradi. Fizika kursining boshqa bo‘limlarini muvaffaqiyatli o‘rganish mexanikani qanday o‘zlashtirilganligiga bog‘liq. Chunki ularda mexanika tushunchalari (tezlik, tezlanish, massa, kuch, ish, energiya va boshqalar) dan keng foydalaniladi. Ta’lim tizimida fizika kursining mazmuni va uni o‘rganishni mexanikadan boshlanishini sababi: materiyaning barcha harakat formalari qatorida mexanik harakat ko‘rgazmaliroq bo‘lishidan va klassik fizikada fizik hodisalarni modellashtirish ko‘pincha fizik sistemalar strukturasi va ularda sodir bo‘ladigan jarayonlarning mexanik obrazini yaratish bilan bog‘liqdir.
Mexanika ham klassik fizikaning ham zamonaviy fizikaning tarkibiy qismidir. Zamonaviy fizikaning barcha muhim sohalari deyarli klassik mexanika qonuniyatlariga asoslangan. O‘rta umumiy ta’limda mexanika kursning o‘rganilishi ko‘pgina umumta’lim masalalarini hal etishga imkon beradi. Fizika kursida mexanika bo‘limining ahamiyati shundan iboratki, uni o‘qitish orqali nazariyani oldindan aytib bera olish funksiyasini, ya’ni boshlangich shart berilganda mexanika qonuni orqali jismning ixtiyoriy momentdagi vaziyatini aniq aytib berish mumkinligini o‘quvchi-larga ko‘rsatilishidadir.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida zamonaviy texnologiyalar tadqiqoti masalalari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchi xizmati va Vazirlar Mahkamasi ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar kompleksining 2010 yil 17 martdagi qo‘shma yig‘ilishi bayonida belgilangan vazifalar asosida ishlab chiqilgan Vazirlikning “Xalq ta’limi tizimi faoliyatini mazmunan takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar” ining ijrosini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’limda uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standartlari sharh lari va o‘quv dasturlarini amaliyotga joriy etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni tizimga keltirish, rivojlantirish, optimallashtirish va eng maqbullarini tanlab olish hamda ta’limda yuqori samaradorlikni ta’minlashga xizmat qilish maqsadida Xalq ta’limi vazirligining buyrug‘i qabul qilindi.
Vazirlikning 2010 yil 20 dekabrdagi “Ilg‘or pedagogik texnologiyalar bo‘yicha tajriba-tadqiqot maydonlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi 289- sonli buyrug‘iga asosan ilg‘or pedagogik texnologiyalar bo‘yicha Respublikamizda bir necha umumta’lim maktabi va akademik litseylari tajriba- tadqiqot maydoni etib belgilandi. Mazkur ta’lim muassasalarida quyidagi bosqichlarda, ya’ni:

  • Moslashtiruv bosqichi -2010-2011 o‘quv yilining III-IV choraklari;

  • Faol bosqich- 2011-2012 o‘quv yili;

  • Yakunlovchi bosqich - 2012-2013 o‘quv yilida tajriba-tadqiqot ishlari olib borilishi yo‘lga qo‘yildi.

Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan buyruqning qabul qilinishidan ko‘zlangan asosiy maqsad - ta’limning uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini amaliyotga joriy etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni tizimga keltirish va ularni sinovdan o‘tkazishdan iboratdir. Shundan kelib chiqqan holda, 2010-2011 o‘quv yilining 3-choragidan boshlangan va ayni paytda mazkur jarayonning moslashtiruv bosqichi olib borilayotgan tajriba - tadqiqot maydonlarida pedagogik texnologiyalar samaradorligi aniqlanmoqda.
Tajriba nima? Tadqiqotchi? Bu ikki tushuncha ilmning mohiyatini, ahamiyatini, istiqbolini belgilab beruvchi jarayondir. Shu bois doimo ilm-fan va jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yangiliklar ustidagina tadqiqotlar olib borilsa, u bilimli va mahoratli mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan tajriba natijalariga ko‘ra hayotga tatbiq etiladi. Bir so‘z bilan aytganda, tajriba-tadqiqot jarayoni, u qaysi sohaga taalluqli bo‘lmasin, kelajak avlod taqdiri bilan chambarchas bog‘liqdir. Qayd etilgan Vazirlikning buyrug‘i asosida Respublikamiz tajriba-tadqiqot maydonlarida ana shu mas’uliyatni his qilgan holda jarayon olib borilmoqda.

Aytilganlarga yana shuni qo‘shimcha qilish lozimki, maktab mexanika kursning bir qator joylari atayin murakkablashtirilgan. Masalan, inertsiya qonuni oliy o‘quv yurtlari uchun D. V. Sivuxin yozgan “Umumiy fizika kursi” darsligi va maktab darsligida quyidagicha ifodalangan:


Ko‘pchilik maktab fizika darsliklarida birinchi qonun sodda, I. Nyuton tarifiga yaqin qilib ifodalanar edi. Xususan. “Har qanday jism o‘zining dastlabki holatini unga boshqa jismlar tasir qilmaguncha va bu holatdan chiqarmaguncha tinch yoki to‘g‘ri chiziqli va tekis harakatini nisbatan saqlaydi”.


Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish