Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti informatika o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi talabasi Aliqulov Ramazon Xo`shboq o`g`li o’g’lining malakaviy va pedagogik amaliyotidan.
HISOBOTI
Men 3-kurs informatika o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi 305-guruh talabasi Aliqulov Ramazon Xo`shboq o`g`li 2022-yil 18-apreldan 2022-yil 28-maygacha Termiz tumani 31-umumiy o’rta ta’lim maktabida pedagogik va malakaviy amaliyotda bo’ldim.
Axborot texnologiyalari fakulteti dekani Safarov Abdivoxid Shukurovich fakultet professor-o’qituvchilar hamda 3-kurs talabalari yig’ilish o’tkazdi. Yig’ilishda 3-bosqich talabalari maktabda pedagogik amaliyot o’tashi aytildi. Har bir talaba o’zi xohlagan yoki o’zi o’qigan maktabga pedagogik amaliyotni o’tash aytildi.
Men Aliqulov Ramazon Termiz tumanidagi 31-umumiy o’rta ta’lim maktabiga pedagogik amaliyotni oldim. Men 18-apreldan boshlab amaliyot o’tash uchun mazkur maktabga bordim. U yerda meni O’IBDO’ Ernazaov M. kutib oldi. Meni maktabdagi ichki tartib qoidalar bilan tanishtirdi va o’qituvchilar amal qilishi kerak bo’lgan jarayonlarni tushuntirib berdilar. Bundan tashqari dars o’tish uchun menga sinf, sinfrahbarlikni o’rganish uchun esa o’qituvchi biriktirildi. Fan o’qituvchisi sifatida Normurodov Asliddin ustoz tayinlandi va ustozning 11-a sinfi biriktirilishi aytildi.
Men amaliyot davrimning ikkinchi kuni maktab hovlisiga 7.50 da yetib keldim. Meni o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari kutib oldi. Men u bilan birgalikda menga biriktirilgan 11-a sinf bilan yaqindan tanishtirdi. Informatika darsiga kuztuvchi sifatida kirdim va fan o’qituvchisini diqqat bilan kuzatib tahlil qildim.
Men amalyot davrimda 28.04.2022 yilda 7-sinf o’quvchilariga informatika fanidan “Elektron pochta” mavzusi bo’yicha ochiq dars o’ttim va undan tashqari men 12-may va 19-may sanalarida ham boshqa sinf o’quvchilariga ham ochiq darslar o’tdim. Bu jarayonlar mobaynida meni o’qituvchilar kuzatdi va xatolarimni tushuntirib o’tdi.
Dars davomida o’quvchilardan uyga vazifalar so’raldi. Savollarga javob berayotgan o’quvchilar baholandi. Darsda o’tilgan mavzularga doir o’quvchilarga uyga vazifalar berildi. Bu darsdan so’ng men Algebra darsiga 9-a sinfga kirdim. Fan o’qituvchisi darsni talab darajasida ko’rgazmali qurollardan foydalangan holda o’tdi.
O’quvchilarning fanga oid qiziqishlari a’lo darajada ekanligi dars jarayonida guvohi bo’ldim. Menga biriktirilgan 10-a sinfga amaliyot davrim davomida informatika darsi va informatika fanidan to’garak mashg’ulotlarini olib bordim.
Informatika darslarida barcha o’quvchilarning darsga qiziqishi, faolligi menda katta taassurot qoldirdi.
Men amaliyot davomida maktabdagi ustozlardan dars o’tish metodlarini o’rganishga harakat qildim. Bu o’rgangan narsalarim kelajakdagi pedagogik jarayonlarga yordam berishiga ishonaman.
Termiz tumanidagi 31-umumiy o’rta ta’lim
Maktabi direktori: Sh. Xo’djayorov
Amaliyotchi: R.Aliqulov
Do'stlaringiz bilan baham: |