«Issiqlik texnikasi va issiqlik uskunalari» Toshkent– 2005 B. Asqarov
«Qurilish konstruksiyalari» E. Qosimov
«Qurilish ashyolari» Internet ma’lumotlari: www.ziyonet.uz
Xulosa Korxonalarda buyumlarni issiqliq bilan qotirish jarayoni 2,5 soatdan 24 soatgacha davom ettiriladi. Ko`p hollarda uning davom etish vaqti asosan 8÷14 soatga tengdir. Temirbeton buyumlarni issiqliq bilan qotirish betonning talab qilinadigan mustahkamligiga erishguncha davom ettiriladi. Ya`ni betonning mustahkamligi uning 28 kunlik mustahkamligiga yaqin bo`lishi kerak (betonning loyihaviy mustahkamligiga).Bug`lash sikli 4 etapga bo`linadi: oldindan ushlab turish (buyum qoliplanib va zichlashtirilib bo`lingach kameraga o`rnatilib, issiqlik ko`tariladigan paytgacha bo`lgan vaqt), bu sikl 1÷2 soatdan 4÷6 soatgacha davom etadi; kamera issiqligini ko`tarish o`rtacha 2÷5 soat davom etadi (bunda issiqlikni ko`tarish tezligi vaqt bo`yicha siklli bajariladi); talab qilingan issiqlikda ushlab turish o`rtacha 4...8 soat davom etadi (bu asosan betonning kerakli mustahkamlikka erishishiga, S/S nisbatga bog`liq bo`ladi); sovutish–ya`ni kameraning issiqligini tushirish, o`rtacha 1...4 s davom etadi (bunda buyum loyihada ko`rsatilgan miqdorigacha sovutiladi). Issiqlik-namlik bilan ishlov berish usullari bug`lash jarayonining ba`zi bosqichlaring uzunligi va izotermik qizitish harorati bilan harakterlanadi. Betonga issiqlik-namlik bilan ishlov berish uning qurilish texnik hususiyatlari, sement va issiqlik quvvati sarfi bilan bevosita bog`liqdir. Umumiy bug`lash sikli 4 davga bo`linadi; dastlabki bosqich–buyumga shakl berilgandan boshlab kameradagi harorat osha boshlagan vaqtga qadar; kameradagi harorat oshgan vaqt; izotermik qizitish–belgilangan eng yuqori haroratda ushlab turiladigan vaqt; sovitish davri–kameradagi haroratning pasayish vaqti. Qotish rejimi alohida davlarning umumuy soatdagi miqdorini bildiradi. Bug`lash rejimi ma`lum cheklovlardan kelib chiqqan holda talab etiladigan kriteriyaga qarab belgilanadi. Bunday kriteriya harajatlarning kam bo`lishi, mahsulot tannarxini kamaytirish, sement sarfining kam bo`lishi va hokaza bo`lishi mumkin. Bug`lash vaqtida keltirilgan harajatlarning eng kam miqdoriga bug`lash boshlangandan so`ng taxminan 6-8 soatdan so`ng erishiladi. Biroq bunda sement sarfi oshadi.Chuqurlik kamerasida issiqlik ishlov berishdan oldin buyumni ma`lum vaqt davomida ushlab turish betonga issiqlikni qabul qilish imkonini beradigan zarur strukturani hosil qiladi. Dastlabki ushlab turish vaqtining qancha bo`lishi betonni dastlabki qotish tezligiga ta`sir qiluvchi barcha omillarga bog`liq bo`ladi. Betoning dastlabki qotish tempi qancha yuqori bo`lsa, dastlabki ushlab turish vaqti ham shunchalik kam bo`lishi mumkin. Bu vaqt 1-2 soatdan 4-8 soatgacha bo`ladi. Qotishni tezlashtiruvchilar qo`shilganda dastlabki ushlab turish vaqtini ham kamaytirish mumkin.Quyida xisoblangan chuqurlik kamerasida quritiladigan buyumning qurishi uchun ketadigan vaqt 15 saot 20minut bu vaqat oralig’da 2x2x5x2 issiqlik rejimi kameradagi buyumlarning qurishi uchun etarli rejim xisoblanadi.Bu rejida boshlang’ich0- 20C0 gacha yuqori temperature 80C0 da 4 saot issiq bug’ bilan quritilayotgan buyum o’zining loyihaviy mustahkamligiga erishdi.