Termiz davlat universiteti arxitektura va qurilish fakulteti bino inshootlar arxitekturasi va qurilish kafedrasi



Download 207 Kb.
bet3/10
Sana17.07.2022
Hajmi207 Kb.
#810888
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
АМАЛИЁТ ДАСТУРИ БИК-4-КУР

Amaliyot muddati
Bitiruvchilar bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotini ta'limning kunduzgi shakli bo’yicha o’quv jarayonidan ajratilgan holda 4-kurs 8-sеmеstrida o’tadi.
Amaliyot muddati kunduzgi o’quv va ishlab chiqarish korxonalari va korxonaga tegishli ob’ektlardan bitiruv malakaviy ishiga oid ma’lumot yi’guvchi muhandis shaklida 2 hafta.
Amaliyotning aniq muddatlari o’quv rejasi asosida belgilanadi va Termiz davlat universitetinin rektori buyrug’i bilan tasdiqlanadi.


Amaliyotni tashkil etish va o’tash tartibi
5340200-Bino va inshootlar qurilishi ta’lim yo’nalishi talabalari Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotini qurilish firmalari, loyihalash korxonalari, ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish tashkilotlarida, oliy ta’lim muassasasining yo’llanmasi asosida o’tashlari mumkin.
Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotini tashkil etish uchun Termiz davlat universiteti bilan korxona, tashkilot va muassasa o’rtasidagi tuzilgan shartnoma asos bo’lib hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotni tashkil etish va o’tashda bitiruvchi, Oliy ta’lim muassasasidan biriktirilgan amaliyot rahbari (o’qituvchi) va qabul qiluvchi tashkilot vakili (amaliyot joyida talabaga rahbarlik qilish uchun biriktirilgan tеgishli bo’lim boshlig’i va mutaxassis) to’g’ridan-to’g’ri ishtirok etadi.
Mazkur amaliyotni (bitiruvchi bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotida bajaradigan ishlarini) umumiy boshqarish “Bino inshootlar arxitekturasi va qurilish” kafedrasi tomonidan olib boriladi, to’g’ridan-to’g’ri boshqarishni esa kafedra tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari amalga oshiradi.
Bitiruv malakaviy ishi oldi maliyoti rahbarining majburiyatlari:

  • bitiruvchi talabalar bilan birgalikda bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti va hisobot mazmuni uchun shaxsiy reja-topshiriqni ishlab chiqishda ko’rsatma berish;

  • talabaning amaliyot o’tashini nazorat qilish;

  • bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti hisobot uchun materiallarni yig’ishda talabaga uslubiy yordam ko’rsatish;

  • amaliyot bo’yicha yakuniy hisobotni yozishda uslubiy yordam ko’rsatish;

  • amaliyot natijasini va Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti hisobotlarini tekshirish va baholash;

  • bitiruvchi talabalarning Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti bo’yicha tayyorlagan hisobotini himoya qilishida qabul qiluvchi hay’at tarkibida ishtirok etish.

Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotini o’tkazish jarayonida amaliyot rahbari bitiruvchi talabalarga amaliyotni tayyorlashda ilmiy-uslubiy yordam ko’rsatadi va oliy ta’lim muassasasi tomonidan mas’ul rahbar biriktiriladi, ular amaliyotni tashkil etishda quyidagi vazifalarini bajaradi:

  • bitiruvchi talabalarga Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti bo’yicha rahbarlik vazifasini bajarish;

  • bitiruv malakaviy ishi oldi chiqarish amaliyoti va topshiriqlarni ishlab chiqish korxonalarida talabalarga maslahat bеradi va uning bajarilishini nazorat qiladi;

  • bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti bo’yicha o’quv, ilmiy va maxsus adabiyotlarni, statistik, analitik va ixtisoslikga oid ma’lumotlarni yig’ishda ko’rsatmalar beradi;

  • bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti natijalarini baholaydi, zaruriy amaliyot materiallaridan Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotda foydalanish uchun ko’rsatmalar beradi.

Qabul qiluvchi tashkilotdan bitiruvchi talabalarning Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotiga tashkilot rahbari tomonidan biriktirilgan bosh muhandis, tajribali mutaxassislar rahbarlik qiladi va quyidagilarni amalga oshiradi:

  • qabul qiluvchi tashkilotga kirish uchun vaqtinchalik ruxsatnoma hujjatlarini rasmiylashtirish;

  • talabaning bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotini o’tashi to’g’risida buyruqni rasmiylashtirish (buyruqdan ko’chirma amaliyot hisobotiga ilova qilinadi);

  • qabul qiluvchi tashkilot yoki korxona xususiyatlarini hisobga olgan holda Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotini o’tash tadbirlari rejasini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda talabaga amaliy yordam ko’rsatish;

  • bitiruvchi-talaba qabul qiluvchi tashkilot yoki korxona ichki ish tartib qoidalari, ish yuritish tartiblari bo’yicha huquqiy-me’yoriy xujjatlar bilan tanishishni tashkil etish;

  • rejalashtirilgan amaliyot tadbirlarini talaba tomonidan bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish;

  • tashkilot va korxonadagi mavjud amaldagi qonunchilikni tahlil qilishga talabani jalb qilish;

  • talaba tomonidan bajarilgan ishlar natijalarini doimiy nazorat qilish va kelgusi topshiriqlarni aniqlashtirish, kundalik yuritishni nazorat qilish va talaba tomonidan bajarilgan ishlar natijalarini baholab borish;

  • talabaning nazariy va amaliy tayyorgarligi darajasini, uning ishchanligi va psixologik sifatlarini o’rganish;

  • talabada tanlangan mutaxassisligiga bo’lgan hurmatni va berilgan topshiriqlarga bo’lgan javobgarlikni his etishga, ularda mustaqil ish yuritishga tarbiyalash;

  • talabalar tomonidan kundalikni va amaliyot bo’yicha hisobotni rasmiylashtirishni nazorat qilish;

  • bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti tugagandan so’ng talaba amaliyoti bo’yicha hisobotiga amaliyot natijalariga qarab taqriz (tavsifnoma) berish.

Talaba(bitiruvchi)da amaliyot bo’yicha ishlarini tartibga soluvchi quyidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo’lishi shart:

  • Oliy ta’lim muassasasi tomonidan Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotini o’tash uchun talabaga berilgan yo’llanma;

  • bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti bo’yicha dastur va uslubiy ko’rsatma;

  • shaxsiy reja (topshiriqnoma);

  • amaliyot kundaligi;

bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotini o’tashdan avval talabalar quyidagilarni bajarishlari shart;

  • kafedra tomonidan amaliyot masalalari bo’yicha o’tkaziladigan umumiy majlisga belgilangan vaqtda kelish;

  • amaliyot rahbaridan amaliyot o’tadigan tashkilotga tashkilotning to’liq rekvizitlari va amaliyot rahbari (F.I.Sh.) ko’rsatilgan yo’llanmani o’z vaqtida olish;

  • kafedra tomonidan biriktirilgan Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotini o’tash bo’yicha mas’ul rahbar-o’qituvchidan shaxsiy topshiriqnoma, tegishli ko’rsatmalar va maslahatlar olish;

  • bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti dasturida ko’rsatilgan materiallarni o’rganib chiqish;

Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotini o’tash jarayonida talaba qo’yidagilarni bajarishi shart:

  • kalendar ish rejasini tuzish;

  • mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va tashkilotning ichki tartib qoidalariga qat’ian rioya qilish;

  • amaliyot o’tiladigan tashkilotning ish faoliyatini tashkil etish bo’yicha huquqiy-me’yoriy hujjatlar, ish vaqti, tashkiliy tuzilmasi va ish yuritishlari bilan tanishish;

  • amaliyot rahbarlarining amaliy kasbiy ish tajribalarini oshirishga ta’luqli bo’lgan ayrim xizmat topshiriqlarni (ko’rsatmalarini) bajarish;

  • tashkilotda belgilangan kun tartibga va ish tartibiga rioya qilish;

  • bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti dasturining bajarilishini muntazam ravishda kundalikda hisobini yuritish va hisobotni tuzish uchun materiallar yig’ish.

Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti tugashi bilan talaba amaliyot to’g’risidagi hisobotini kafedra tomonidan tashkil etilgan hay’at oldida kafedra belgilagan muddatlarda himoya qiladi.
Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti dasturi bajarilmaganda, amaliyot bo’yicha hisobotga salbiy taqriz berilganda yoki hisobotni himoya qilishda qoniqarsiz baholanganda talaba amaliyotni qayta o’tishga jo’natilishi mumkin.



Download 207 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish