Bu tizimlar arzonligi tufayli foydalanuvchan hisoblanadilar. Hususan ularni ko‘pgina shaxsiy kompyuterlar standart komplektidagi uskuna (masalan mikrofonlar) bilan birga o‘rnatish mumkin. Ovoz bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimlari har bir odamga noyob bo‘lgan balandligi, modulyatsiyasi va tovush chastotasi kabi ovoz xususiyatlariga asoslanadi. Ovozni aniqlash nutqni aniqlashdan farqlanadi. Chunki nutqni aniqlovchi texnologiya abonent so‘zini izoxlasa, ovozni aniqlash texnologiyasi so‘zlovchining shaxsini tasdiqlaydi. So‘zlovchi shaxsini tasdiqlash ba’zi chegaralanishlarga ega. Turli odamlar o‘xshash ovozlar bilan gapirishi mumkin, har qanday odamning ovozi vaqt mobaynida kayfiyati, hissiyotlik holati va yoshiga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin. Uning ustiga telefon apparatlarning turli-tumanligi va telefon orqali bog‘lanishlarining sifati so‘zlovchi shaxsini aniqlashni qiyinlashtiradi. Shu sababli ovoz bo‘yicha aniqlashni yuz tuzilishini yoki barmoq izlarini aniqlash kabi boshqa biometriklar bilan birgalikda amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ko‘z yoyi to‘r pardasining shakli bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimi
Bu tizimlarni ikkita sinfga ajratish mumkin:
ko‘z yoyi rasmidan foydalanish;
ko‘z to‘r pardasi qon tomirlari rasmidan foydalanish.
Odam ko‘z pardasi autentifikatsiya uchun noyob ob’ekt hisoblanadi. Ko‘z tubi qon tomirlarining rasmi hatto egizaklarda ham farqlanadi. Identifikatsiyalashning bu vositalaridan xavfsizlikning yuqori darajasi talab etilganida (masalan harbiy va mudofaa ob’ektlarining rejimli zonalarida) foydalaniladi.
Biometrik yondashish “kim bu kim” ekanligini aniqlash jarayonini soddalashtirishga imkon beradi. Daktiloskopik skanerlar va ovozni aniqlovchi qurilmalardan foydalanish xodimlarni tarmoqqa kirishlarida murakkab parollarni eslab qolishdan xalos etadi. Qator kompaniyalar korxona masshtabidagi bir martali autentifikatsiya SSO (Single Sign-On) ga biometrik imkoniyatlarni integratsiyalaydilar. Bunday biriktirish tarmoq ma’murlariga parollarni bir martali autentifikatsiyalash xizmatini biometrik texnologiyalar bilan almashtirishga imkon beradi. Shaxsni biometrik autentifikatsiyalashning birinchilar qatorida keng tarqalgan sohalaridan biri mobil tizimlari bo‘ldi. Muammo faqat kompyuter o‘g‘irlanishidagi yo‘qotishlarda emas, balki axborot tizimining buzilishi katta zararga olib kelishi mumkin. Undan tashqari, noutbuklar dasturiy bog‘lanish (mobil kompyuterlarda saqlanuvchi parollar yordamida) orqali korporativ tarmoqdan foydalanishni tez-tez amalga oshiradi. Bu muammolarni kichik, arzon va katta energiya talab etmaydigan barmoq izlari datchiklari yechishga imkon beradi. Bu qurilmalar mos dasturiy ta’minot yordamida axborotdan foydalanishning mobil kompyuterda saqlanayotgan to‘rtta satxi - ro‘yxatga olish, ekranni saqlash rejimidan chiqish, yuklash va fayllarni deshifratsiyalash uchun autentifikatsiyani bajarishga imkon beradi.
Foydalanuvchini biometrik autentifikatsiyalash maxfiy kalitdan foydalanishni modul ko‘rinishida shifrlashda jiddiy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Bu modul axborotdan faqat xaqiqiy
xususiy kalit egasining foydalanishiga imkon beradi. So‘ngra kalit egasi o‘zining maxfiy kalitini ishlatib xususiy tarmoqlar yoki Internet orqali uzatilayotgan axborotni shifrlashi mumkin.