53
12-MAVZU: BOG’LANISHNI NAZORAT QILISH TIZIMLARI, METODOLOGIYA
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:
12.1. Eng maqbul bo’lgan (optimal) ulanish
12.2. Tarmoqlarni nazorat qilish va tahlil qilish tizimlari
12.3. Virtuallashgan muhitlarning nazorat qilinishi
Tayanch so‘z va iboralar NetFlow,
SPAN-porti, Phantom Virtualization Tap.
Bugungi kunda ko’pchilik korxona va tashkilotlarning faoliyatidagi muvaffaqiyatlar g’oyat
katta darajada ular tomonidan foydalanadigan tarmoq xizmatlari hamda qo’llanmalari ishining
ishonchliligi va sifatiga bog’liq, bularga o’z navbatida ushbu xizmatlar hamda qo’llanmalarning
trafigini uzatayotgan tarmoq infratuzilmalarining holati va parametrlari nihoyat darajada ta’sir etadi.
Tarmoqni monitoring qilish, shuningdek tarmoq xizmatlari va qo’llanmalarining samaradorligi
bo’yicha hal qiluvchi parametrlarini (KPI) nazorat qilish foydalanuvchilarga ko’rsatilayotgan
xizmatlarning sifatini talab etiladigan darajada saqlab turish uchun ularning ishidagi muammolarni
tezroq aniqlash va bartaraf qilishga yordam berishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: