Теrmiz davlat universiteti 5 a 111401-Хоrijiy til va adabiyoti: ingliz tili mutaxassisligi magistranti Jabborova Dilfuzaning “Formation of the intercultural competence in teaching English at primary schools



Download 16,65 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi16,65 Kb.
#760440
Bog'liq
Dilfuza taqriz


Теrmiz davlat universiteti 5 A 111401-Хоrijiy til va adabiyoti: ingliz tili mutaxassisligi magistranti Jabborova Dilfuzaning “Formation of the intercultural competence in teaching English at primary schools (on the example of dialogical texts)” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishiga
Т А Q R I Z

Magistrant Jabborova Dilfuzaning “Formation of the intercultural competence in teaching English at primary schools (on the example of dialogical texts)” nomli mazkur magistrlik ishi Boshlang`ich sinflarda ingliz tilini o`qitishda madaniyatlararo kompetensiyani dialogik matnlar misolida shakllantirishgа qaratilgan.

Ishning maqsadi dialogik matnlar yardamida madaniyatlararo kompetensiyani shakllantirishda qiyoslash metodidan foydalanishdir. Ingliz tilini o`qitishda lingvistik kompetensiyani o`qitish bilan birga madaniyatlararo kompetensiyani (boshqa xalqlarning an`analari, urf-odatlari, bayramlari va milliy taomlarini ham o`rgatib borish) shakllantirib borish muhimdir.

Shu nuqtai nazardan mazkur magistrlik ishi dolzarb hisoblanadi.


Jabborova Dilfuzaning ushbu magistrlik ishi ingliz tilida yozilgan bo`lib, uch bobdan iborat asosiy qism, kirish, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatini o`z ichiga oladi.
Ishning kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslangan, ishning maqsad va vazifalari, uning yangiligi va ahamiyati haqida ma`lumotlar berilgan.
Ishning asosiy qismi birinchi bobida dialogik matnlar misolida boshlang`ich sinf o`quvchilarining madaniyatlararo kompetensiyasini shakllantirishning nazariy asoslari yoritilgan.
Ikkinchi bobda Xorijiy tillarni o`qitishning milliy davlat ta`lim standarti CEFR asosida boshlang`ich sinf ingiz tili fani maktab darsliklari tahlil qilingan, dialogik matnlar misolida boshlang`ich sinf o`quvchilarning madaniyatlararo kompetensiyasini shakllantirishning mashqlar tizimi yaratilgan.
Dissertatsiyaning uchinchi bobida esa Диссертатсиянинг учинчи бобида эса qiyosiy metod asosida Termiz tumani 30- sonli umumta`lim maktabida olib borilgan tajriba sinovi tahlili va uning natijalari to`laligicha aks ettirilgan.
Har uch bob oxirida keltirilgan dalillar xulosalangan. Ishning mazmuni uning rejasiga to`liq mos keladi va rejaning har bir punktiga yetarlicha ma`lumot berilgan. Ishda muallif kirish qismida ko`rsatib o`tilgan maqsad va vazifalarga erishgan.
Ishni bajarish davomida magistrant ko`plab adabiyot va internet manbalaridan havolalar keltirgan. Ishning sifati magistratura bitiruvchilari uchun qo`yilgan davlat ta`lim standartlari talablariga javob beradi.
Ishning kamchiliklari sifatida quyidagilarni qayd etishni lozim topdik:

  • Ishning ba`zi sahifalarida tinish belgilari noto`g`ri qo`yilgan;

  • Ishning ba`zi sahifalarida imloviy xatolar uchraydi.

Umuman, ushbu kamchiliklar juz`iy bo`lib, ularni to`g`rilash mumkin. Ushbu kamchiliklar ishning umumiy sifatini pasaytirmaydi.
Yuqoridagilarning barchasini inobatga olgan holda magistratura bitiruvchisi Jabborova Dilfuzaning “Formation of the intercultural competence in teaching English at primary schools (on the example of dialogical texts)” magistrlik ishini tugallangan ish sifatida himoyaga tavsiya etish va yaxshi baholash mumkin.
Termiz davlat universiteti
Xotijiy filologiya fakulteti
Rus tili va adabiyoti kafedrasi PhD. Xo`janova O.T.

Download 16,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish