3.2. Bolalarni chiniqtirish va jismoniy tarbiyalash
Chiniqqan bolalar namlik, issiq va sovuqning o‘zgarishlarini oson ko‘taradilar, shamollash kasalliklari va boshqa kasalliklarga kamroq chalinadilar. Chiniqish va jismoniy tarbiya nerv sistemasini mustahkamlaydi, muskullar va suyaklarning rivojlanishiga imkon beradi, yurak, o‘pka, ovqat hazm qilish va ajratish organlari ishini, qon tarkibini va moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Organizmni kasallik qo‘zg‘atuvchi omillarga chidamli qiladi. Chiniqtiruvchi muolajalarni qulashda prinsiplarga amal qilish kerak: barvaqt boshlash, asta sekinlik va izchillik. Bolaning o‘ziga xos xususiyatlarini albatta hisobga olish kerak.
Chiniqtirish vositalari oddiy va hammaning qo‘lidan keladi, faqat miyaga joylashib qolgan noto‘g‘ri fikrlarni tashlab, bolalarni o‘rab-chirmamaslik, musaffo havodan qo‘rqmaslik kerak. Har kuni 4-5 marta xonani shamollatib turish, yozda esa derazani doimo ochib qo‘yish lozim, chunki deraza oynalari o‘sayotgan organizm uchun zarur bo‘lgan ultrabinafsha nurlarni o‘tkazmaydi. Bola yotgan xonada chekish aslo mumkin emas.
Yo‘rgaklarni, kiyimlarni almashtirish, chaqaloqni cho‘miltirishdan oldin еchintirish – dastlabki havo vannalari, dastlabki chiniqtiruvchi muolajalardir. Emizikli bola uchun havo harorati uyda ham, ko‘chada ham havo vannasi qabul qilishda kamida 20 va 180S bo‘lishi mumkin.
Havo vannalari ehtiyotlik bilan o‘tkazish kerak: dastlabki muddat 2-3 minutdan oshmasligi lozim. Asta-sekin muddat uzaytira boriladi va 6 oylik bolalar uchun 15 daqiqa, 6-12 oylik bolalar uchun esa 20-25 daqiqaga еtkaziladi. Muolajani har kuni 2 mahal o‘tkazish mumkin. Nimjon va sovuq havoga o‘rganmagan bolalarni asta-sekin еchintirib borish kerak: dastlab qo‘llari va oyoqlari, keyin beligacha yalang‘och qilinadi va nihoyat kichkintoy qip- yalang‘och qilib qo‘yiladi. Yoz paytida havo vannalari yaxshisi ochiq havoda, soyabon tagida yoki daraxtlar soyasida o‘tkazish kerak, chunki yoyilgan quyosh nurida ultrabinafsha nurlari ko‘p bo‘ladi.
Suv bilan chiniqtirish juda foydali. Bola gigienik vannalar, yuvintirish oyoqlarni yuvish, shuningdek badanni ho‘l sochiq bilan ishqab artish va ustidan suv quyish yo‘li bilan chiniqtiriladi. Suv bilan chiniqtirishga asta-sekin va ehtiyotkorlik bilan kirishiladi. Bola 3-4 oylik bo‘lgandan boshlab, badanini ho‘l sochiq bilan artish mumkin. Bu muolajani boshlashdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashib, shundan keyin bola terisini ho‘l sochiq bilan ishqab artishga tayyorlash lozim. Buning uchun bir parcha quruq paxmoq yoki jun mato bilan har kuni ertalab bolaning tanasi, qo‘l va oyoqlari to qizargunicha ishqalanadi. Oradan 1-2 hafta o‘tgach suv bilan artishga o‘tish mumkin. Paxmoq xaltachani suvga botirib, siqib tashlanadi, avval bolaning qullari, keyin ko‘kragi va qorni, orqasi, dumbasi oyoqlari artiladi. Shu zahotiyoq badanning ho‘l bo‘lgan joyini paxmoq sochiq bilan to teri sal qizarguncha artiladi. Bolaning badani artilgan joydan boshqa hamma еriga adyol yopib quyish kerak. Bir stakan suvga 1 choy qoshiq tuz yoki 1 osh qoshiq aroq yoki odekalon qo‘shib artsa ham bo‘ladi. Odatda bola ertalab uyg‘onganidan keyin badani artiladi. Muddati 5-6 minut. Suv harorati muolaja boshida 32-330S bo‘lishi kerak. Keyin asta-sekin 5-7 kun oralatib, suv harorati 10S dan pasaytirib boridadi-da, 300 S ga tushiriladi.
Gigienik vannada suv juda issiq bo‘lmasin. Suv harorati 6 oylikkacha bo‘lgan bolalar uchun 36,5 – 37,5 S, ancha kattaroq yoshdagi bolalar uchun esa 360 S bo‘lishi kerak. Vannadan keyin bolaning ustidan suv kuyish kerak, bu suvning haroratidan 1-20S kam bo‘lishi lozim. Vaqt o‘tishi bilan bolaning ustidan quyiladigan suv harorati yana 2-3 0S pasaytiriladi.
Bola 10-11 oylik bo‘lganidan boshlab ertalab va kechqurunlari yuzi, bo‘yni va qo‘llarini (tirsagigacha) sovuqroq suv bilan yuvish kerak (suv harorati 18-200S dan kam bo‘lmasligi shart).
Bolalar uchun sayr qilish juda foydali. Bolani sovuq havoga xonada asta-sekin derazani ochib qo‘yib, “sayr qildirishdan” boshlab, o‘rgata boriladi, bola ochiq havoda uxlasa juda yaxshi bo‘ladi. Bolani chiniqtirayotgan paytda u juda xursand bo‘lib o‘ynab-kulsin. Agar chiniqtirish paytda bola bezovta bo‘lsa, yig‘lasa, demak chiniqtirish noto‘g‘ri olib borilayotgan bo‘ladi.
Chiniqtirish barcha bolalarga, xususan nimjon bolalarga foydali, bunday bolalarga chiniqish turini shifokor bilan maslahatlashib tanlanadi, buyurilgan muolaja dozasi asta-sekin oshira boriladi.
Mobodo bola kasal bo‘lib qolsa, juda bezovta (asabiylashsa, yaxshi uxlay olmasa, yig‘layversa, og‘ziga ko‘krakni olmay qo‘ysa va hokazo) chiniqtirish to‘xtatiladi.
Bola hayotining 1-oyidan boshlab massaj qilish foydali, 2-oydan boshlab esa gimnastika qildiriladi, biroq, oldin albatta shifokorga ko‘rsatish va bu muolajani qanday bajarishni u bilan kelishib olish lozim. Massaj va gimnastikani har kuni, hamisha ma’lum bir vaqtda bola ovqatlanib bo‘lganidan keyin 30 minut o‘tgach qilinadi. Mashg‘ulotlar davomiyligi 5-12 minut. Har bir mashq 4 martadan 6 martagacha takrorlanadi.
1 oylikdan 3 oylikkacha bo‘lgan bolalarga mashqlarning quyidagi kompleksini buyurish mumkin: u massaj usullari (silash) va shartsiz reflekslarga asoslangan aktiv harakatlardan iborat bo‘ladi. Qo‘llarni massaj qilish oyoqlarni massaj qilish qorni bilan yotqizib orqani massaj qilish qorinni massaj qilish oyoq kaftlari uchun mashqlar yonboshlab yotgan holda umurtqa pog‘onasini yozish.
Massaj qilayotgan paytda qo‘llarni chetdan o‘rtaga qaratib ohista, еngil silash kerak. Masalan, qo‘llarni bolaning panjasidan еlkasi tomon bilak va еlkaning ichki va tashqi yuzasi silanadi, oyoqlarni oyoq kaftlaridan kov bug‘imi tomon son va boldirning ichki va tashqi yuzasidan tizza qopqog‘i ustidan va sondan aylanib o‘tib, tizza bo‘g‘imi sohasiga tegmay silanadi.
Bola 3-4 oylik bo‘lganda bukuvchi muskullarning fiziologik tarangligi kamayadi. Muskullar (bukuvchi va yozuvchi muskullar) o‘rtasida muvozanat yuzaga keladi, shu sababli mashqlar kompleksiga asta-sekin passiv harakatlar kiritiladi. 3 oydan 4 oylikkacha bulgan bolalar uchun komplekslarga qo‘llarni massaj qilish kiritiladi: qo‘llarni ikki tomonga yozilib, ko‘krakka chalkashtiriladi oyoqni massaj qilish (oldingi kompleksning o‘zi) bolani qo‘lidan ushlab turgan xolda chalkanchadan qorniga yotqizish: orqani massaj qilish: qorin bilan ko‘tarib turgan holda boshini orqaga egish qorinni massaj qilish (xuddi oldingi kompleksning o‘zi) qo‘llarni bukish va yozish kerak.
4 oylikdan 5 oylikkacha bolalar uchun mashqlar kompleksiga ko‘p sonli passiv va aktiv harakatlar kiritish lozim.
Bu mashqlar emaklashga undashga va qo‘llarni rivojlantirishga qaratiladi. Bola tez-tez qattiq joyga qorni bilan yotqizib turiladi. Kompleksda quyidagi mashqlar bo‘ladi: qo‘llarni ikki tomonga yoyish va kukrakka chalkashtirish: qorinni massaj qilish: “sirg‘antirib yuritish” oyoqlardan ushlab turib orqasidan qorniga ag‘darish orqasini massaj qilish: chalqancha yotgan holda “uchish” oyoqlarni birlashtirib navbatma-navbat bukish va yozish chalqancha yotgan xolda tananing yuqori qismiga ko‘tarish.
6 oylikdan 10 oylikkacha bo‘lgan bolalar uchun mashg‘ulotlar kompleksiga ancha murakkab mashqlar kiritiladi. Emaklashni rivojlantirishga yordam beradigan mashqlarga katta ahamiyat beriladi (tana va oyoq muskullari, suyak-bog‘lov apparati uchun mashqlar). Bu o‘z navbatida kichkintoyni to‘g‘ri o‘tirishga, turishga, yurishga tayyorlaydi, yassioyoqlik va umurtqa pog‘onasining qiyshayishining oldini oladi. Mashqlarga qo‘llarning ko‘chish harakatlari : “sirg‘alib” qadam tashlash: qorinni massaj qilish: bolaning oyoqlaridan ushlab turib, chalkanchadan o‘ng tomonga ag‘darib qorin bilan yotqizish: orqani massaj qilish: ikkala cho‘zilgan qo‘lidan ushlab turgan xolda yurgizish kullarni aylantirib harakatlantirish: chalkanchadan qorin bilan chapga chap tomonga yotqizish: qorni bilan yotgan xolda bolaning qo‘llaridan ushlab turib tanasini ko‘tarish emaklatishkiradi.
10 oylikdan 1 yoshar bo‘lgan bolalar uchun mashqlar kompleksi quyidagilardan iborat buladi: kullarni aylantirish qorni bilan yotgan bolani ham o‘ng ham chan tomonga chalkancha yotqizish: orqani massaj qilish: tanani bukish va rostlash qorinni massaj qilish: uzatilgan oyoqlarni komanda bo‘yicha tayoqqacha ko‘tarish oyoqlarni bosib mustaqil o‘tirish katta yoshli odamning tizzasidan o‘tirib zo‘riqib egish halqa ushlagan qo‘llardan ushlab turib o‘tirgizish.
Bola mashq qildiradigan xonani yaxshilab shamollatish, u еrda havo harorati esa 19-20 0S dan kam bo‘lmasligi kerak. Yozda mashqlarni yaxshisi hovlida daraxtlar soyasida 20-220S da o‘tkazish kerak. Gimnastika qilinadigan stulga to‘rt buklangan paxmoq adyol yoziladi, ustidan klyonka va yurgak yoziladi. Ona yoki ota oldin qo‘lini yaxshilab yuvib, isitish, uzuklarini soatini еchib qo‘yish, xullas bola terisini tirnashi mumkin bo‘lgan narsalarni еchib qo‘yishi lozim. Mashq qildirayotganda kichkintoyga shirin so‘zlar yoki ashula aytib turish kerak. Massaj va gimnastika hamisha havo vannalaridan keyin qilinishi lozim.
Mana, farzandingiz bir yoshga to‘ldi. Uning bo‘yi chamasi shu 12 oy ichida 25 santimetrga cho‘ziladi, balki bundan ham ko‘proq o‘sgandir, tana vazni deyarli uch hissa ortdi. 8 ta tishi chiqdi. Kichkintoy baquvvat va sog‘lom, o‘zi yuradi, o‘tirishni va tayanmay turib olishni biladi, g‘udurlaydi va 10-15 ta so‘z aytadi. Unga aytilgan hamma gapingizni tushunadi. Gapingizga quloq solishni va qarab turishni, uzoq vaqtgacha tinmay o‘ynashni biladi.
Bunday bolani ko‘rish naqadar katta baxt. Lekin siz boshlagan tarbiyani davom ettirish uchun keyinchalik ko‘p mehnat qilish kerak bo‘ladi. Bu qiyin va murakkab vazifa, hamma ish ham doim silliq va oson o‘tmaydi.
Bolaga va butun oilaga xotirjam sharoit yaratib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |