Termiz davlat pedagogika instituti



Download 1,96 Mb.
bet30/35
Sana24.06.2023
Hajmi1,96 Mb.
#953233
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchi bolalarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirish usullari.

Muvozanatni saqlash mashqlari.Yurish, yugurish vaqtida muvozanatni saqlash. Gimnastika o‘rindig‘ida tik turish, oyoq uchida turish, gimnastika o‘rindig‘i ustidan yurib o‘tish, qo‘llar belda, ko‘zni yumib yurish ko‘nikmalarini tarkib toptirish. Qo‘lniqo‘lga berib juft bo‘lib aylanish.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar.
Qo‘l va еlka uchun mashqlar. Dastlabki holat: gavda tik tutilgan, oyoqlar еlka kengligida ochilgan, qo‘llar ko‘krak oldida; qo‘llar еlkada; tirsaklar tushirilgan birinchi holatdan yon tomonga cho‘zish, qo‘llarni tirsakdan bukish va to‘g‘rilash ikkinchi holatdan qo‘llarni yuqoriga ko‘tarish, qo‘llarni bosh orqasiga qo‘ygan holatdan yon tomonga yozish, yuqoriga ko‘tarish, barmoqlarni qulf qilgan holda qo‘llarni oldinga va yuqoriga ko‘tarish, ikkala qo‘lni galmagal, bir vaqtda yuqoriga ko‘tarish va orqaga uzatish, barmoqlarni bukish va yozish.
Oyoq uchun mashqlar. Turgan joyda qadam tashlash; ketmaket bir necha marta o‘tirib turish, oyoq barmoqlari bilan mayda narsalarni qisib olib ko‘tarish va pastga tushirish; ularni bir joydan ikkinchi joyga qo‘yish, tovonda yon tomonga yurish.
Gavdani rivojlantiruvchi mashqlar. Devorga yopishib tik turish qo‘llarni yuqoriga ko‘tarish va tushirish; gimnastika devoriga еlka bilan yopishib turish, oyoqni bukilgan va yozilgan holda navbati bilan ko‘tarish, tanani oldinga bukish, engashish va tayanib o‘tirish. Chalqancha yotib oyoqlarni birbiriga chalishtirib harakat qilish; o‘tirgan holda boshni oyoqqacha engashtirish; qoringa yotgan holda qo‘llarga tiranish, gimnastika devoriga osilib gavdani ko‘tarish.
Saflanish va qayta saflanish.Mustaqil ravishda saflanish, qatorga turish; ikki guruhga bo‘linib turish, aylana bo‘ylab turish; bir safdan bir necha guruhga bo‘linish va qayta saflanish; chap va o‘ng tomonga saflanish; chap va o‘ngga qadam tashlab burilish qilish. Oyoq uchiga qarab tekislanish, burchak hosil qilib ketmaket yurish.
Sport mashqlari.Velosiped haydash.Ikki g‘ildirakli velosipedda to‘g‘ri, muyulishlar bilan, aylana bo‘ylab, ilonsimon usulda haydashga o‘rgatish.
Suzish.Suvda nafas chiqarish, qo‘l harakatlarini o‘rganish hamda erkin usulda suzish, ko‘kragi va orqa tomoni bilan hamda galmagal nafas olib, nafas chiqarib suzishga o‘rgatish.
Mayda motorikani rivojlantirish. Bolada o‘yinchoqlar va buyumlarni o‘z vazifasiga ko‘ra ishlatish; qog‘ozdan oddiy konstruksiyalarni yasash, qaychini bir qo‘lida ushlab, belgilangan chiziqlar bo‘yicha qog‘ozni kesish, kamida 16 ta bo‘laklardan shakl yig‘ish, mayda munchoqlarni ipga o‘tkazish ko‘nikmalarini mustahkamlash; maxsus idishlardan еlim, tish pastasi yoki bo‘yoqni siqib chiqarishiga, suvni bir idishdan boshqa idishga to‘kmasdan quyishga e’tibor berish.
Sensomotorikani rivojlantirish. Bolani turli hajmdagi koptoklar, qum solingan qopchalar bilan ta’minlash; kattakichik minoralar, turli shakllardan binolar qurishga; xamir, plastilin (loy)dan shakllar yasashga, sayr vaqtida asfaltga rasm chizishga va bo‘yashiga imkon berish, qalam va rangli bo‘rlarni berayotganda buyumlarni qanday chizish kerakligini o‘rgatish.
Chiniqtirish va sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish.
Ertalabki badantarbiya.Har kuni kattalar nazoratida ertalabki badantarbiya mashqlarini ochiq havoda, gilamcha ustida, еngil kiyimda, buyumlar bilan (buyumlarsiz) bajarish, mashqlarni suv muolajalari bilan tugallash. Muayyan izchillikda qomatni to‘g‘ri tutgan holda mashqlarni bajarish.
Chiniqtirish.Xonada еngil kiyimda bo‘lish, deraza darchasini ochib qo‘yish. Kiyim va poyabzalni mavsumga va mashq turiga muvofiq tanlash. Yuz, bo‘yin, qo‘lni tirsakkacha sovuq suv bilan yuvish. Badantarbiyadan so‘ng darhol uy haroratidagi suvda ho‘llangan kichikroq paxmoq sochiq bilan tana a’zolarini artish: avval qo‘llarni, keyin badanni quruq sochiq bilan tana qizarguncha, tezda quruq qilib artish. Kattalarning nazorati ostida cho‘milish va uning asosiy qoidalariga rioya qilish. Yalangoyoq yurganda oyoqni shikastlantirishdan ehtiyot qilish.
Qomatni to‘g‘ri tutish. Badantarbiya va mashg‘ulotlarga qaddi qomatni to‘g‘ri shakllantiradigan, yassitovonlikning oldini oladigan mashqlarni kiritish (kattalar bilan birgalikda). Qomatni mustaqil nazorat qilib yurish qoidalariga rioya qilish: orqa bilan devorga suyanib, tik turish, devorga еlkani tekkizib turish, yurishda ana shunday holatni saqlash.
Madaniy gigienik ko‘nikmalarni rivojlantirish. Bolaga shaxsiy va jamoa gigienasi qoidalarini tushuntirishda davom etish, sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha qiziqarli suhbatlar o‘tkazish; gavdasini to‘g‘ri tutishini kuzatish; gigiena va etika mavzularida sahna ko‘rinishlarini tashkil etishga ko‘maklashish; infeksiyalar nima va ular qanday yo‘llar bilan yuqishini; nima uchun bolalikdanoq sog‘liqni saqlash muhimligini tushuntirish, noma’qul xattiharakatlarning (sigaret chekish, spirtli ichimlik iste’mol qilish) zarari haqida so‘zlab berish; bolaga o‘yinchoqlarni yig‘ishi va tozalashi, uyquga tayyorlanishiga yordam berish, bolaning mustaqil ravishda ovqatlanishi, ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng stol ustidagi idishtovoqlarni yig‘ishtirishini rag‘batlantirish. Batartiblik, hamisha chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lish ishtiyoqini tarbiyalashda davom etish; kiyimlarni tartibli ravishda еchib, ularni joyiga osib qo‘yish; o‘ng va chap oyoq poyabzallarini farqlay bilish, ularni to‘g‘ri kiyish; o‘zining tashqi ko‘rinishidagi tartibsizlikni sezishi va mustaqil bartaraf qilishi; o‘rtog‘ining kiyimidagi kamchilik va tartibsizliklarni payqasa bu haqida odob bilan aytishga o‘rgatish; dastro‘moldan to‘g‘ri foydalana olishi; shaxsiy buyumlarini yuvishni va tugma qadashni bilishi, o‘ynab bo‘lgandan so‘ng o‘yinchoqlarni hamda sport inventarlarini (koptokni, velosipedni v.b.) joyiga olib qo‘yish, ularni ehtiyotlash va toza saqlashga odatlantirish.
Bola hayoti xavfsizligini ta’minlash. Bolaning xavfsiz yashashi va harakatlanishi uchun quyidagilarga rioya qilish lozim: serharakat faoliyatni birmuncha xotirjam faoliyat va dam olish bilan uyg‘unlashtirish, mashqlarni bajarish vaqtida bolaning xavfsizligini ta’minlash, shikastlanishlarning oldini olish; ichiga narsa solinadigan koptoklarning vazni 0,5 kg. dan og‘ir bo‘lmasligiga e’tibor qaratish; ochiq joylar, temir panjarali vositalar bola hayotiga xavf solmasligini kuzatish; fazoda mo‘ljalga olish (boshqalarga xalaqit bermaslik, bir biriga urilib ketmaslik) va harakatlardagi chaqqonlikni (to‘pni yumalatish, keglilarni urib tushirish vaqtida) rivojlantirish; xavfsizlikning oddiy qoidalariga amal qilishni hamda suv havza (basseyn) larida cho‘milish qoidalariga rioya etishni tarbiyalash.
O‘quv yili oxirida bola:

  • oddiy gimnastik qadam tashlab yuradi (old, yon va orqa tomon, doira bo‘ylab, oyoq uchida, bir kishilik qatorda va juftlikda);

  • 1.5 daqiqa davomida to‘xtovsiz yuguradi;

  • 30-40 m. masofaga o‘rtacha tezlikda yugurish;

  • buyumlar orasidan, ularga tegib ketmaslikka harakat qilgan holda yuguradi;

  • 10 m. x 3 masofaga boribkelgan holda yuguradi;

  • turli usullarda (bir oyog‘ida oldinga harakatlanib, bir oyog‘ini ikkinchi oyog‘iga almashtirib) sakraydi;

  • chiziqlar ustidan, past buyumlar ustidan sakrab o‘tadi;

  • to‘pni ikki qo‘l bilan iladi, uni bir qo‘lidan boshqa qo‘liga irg‘itadi;

  • koptokni o‘z sherigiga turli holatlarda irg‘itadi;

  • gimnastika kursisi ustidan o‘rmalaydi;

  • gimnastika narvonchasi ustiga chiqib, tushadi;

  • zinadan mustaqil chiqib, tushadi;

  • to‘siqlar ustidan o‘tadi;

  • ikki g‘ildirakli velosipedda to‘g‘ri, muyulishlar bilan, aylana bo‘ylab, ilonsimon usulda haydaydi;

  • umumrivojlantiruvchi mashqlarni mustaqil bajaradi;

  • mustaqil ravishda hojatxonadan foydalanadi va gigiena qoidalariga amal qiladi;

  • qo‘llarni ovqatlanishdan oldin, hojatxonaga borgandan keyin va ifloslanganda yuvadi;

  • ichaklarni va qovuqni o‘z vaqtida bo‘shatib, hojatxonadan tartibli foydalanadi;

  • kun davomida tanasi tozaligi, kiyimlari, sochlari, ustboshi ozodaligini kuzatib turadi;

  • qo‘l, oyoq va badan uchun foydalaniladigan sochiqlarni farqlaydi;

  • faqat individual (o‘zining) tarog‘idan, sochig‘idan, dastro‘molchasidan foydalanadi;

  • mustaqil ravishda xonasini yig‘ishtiradi va o‘yinchoqlarini o‘z joyiga terib qo‘yadi;

  • to‘g‘ri, tartibli ovqatlanishga rioya etadi;

qoshiq, sanchqilardan foydalana biladi;
stol atrofida o‘tirganda gavdasini to‘g‘ri tutib o‘tiradi;
ovqatdan keyin og‘iz va tomoqni chayqaydi.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish