Termiz-2020 uslubiy tavsiya “ChemOffice” dasturi



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana13.07.2021
Hajmi1,27 Mb.
#118226
  1   2   3
Bog'liq
“ChemOffice” DASTURIY IMKONIYATIDAN FOYDALANIB MOLEKULALARNING FAZOVIY STRUKTURALARINI YARATISH



 

 



 

TERMIZ-2020 

 

uslubiy tavsiya 

“ChemOffice” 

DASTURI



IMKONIYATIDAN 

FO

YDALANIB 

MOLEKULALARNING 

FAZ

OVIY 

STRUKTURALARINI 

YARATISH

 

 

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 

 

SURXONDARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI 

QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI 

OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI 

 



 

 




 

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI 



XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 

 

 

 

SURXONDARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI 

QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI 

OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI 

 

 

“ChemOffice” DASTURIY IMKONIYATIDAN 



FOYDALANIB MOLEKULALARNING FAZOVIY 

STRUKTURALARINI YARATISH

 

 (uslubiy tavsiya) 

 

 

 

TERMIZ-2020 


 

Ushbu  uslubiy  tavsiyada  kimyo  o`qituvchilari  malakasini  oshirish  kurslari 



tinglovchilariga ChemOffice dasturiy paketi va uning ChemDraw Ultra 9.0 hamda 

Chem3D  Ultra  9.0  dasturlarida  molakulalarning  3D  fazoviy  (tuzilish) 

strukturalarini  yaratish  va  namoyish  qilish  imkoniyatlari  haqida  ma’lumot 

berilgan.  Dasturdan  foydalanishni  o`rganish  orqali  maktab  kimyo  ta’limi  sifat-

samaradorligini, o`quvchilarning fanga nisbatan qiziqishlarini oshirish mumkin.   

 

 

 

Tuzuvchi:   Ziyodulloyev N.M. – Surxondaryo viloyati XTXQT va UMOHM “Aniq va 

tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o`qituvchisi. 



 

 

 



Taqrizchi:      Berdiyeva  O.B.  -  Surxondaryo  viloyati  XTXQT  va  UMOHM  “Aniq  va 

tabiiy  fanlar  metodikasi”  kafedrasi  mudiri,  pedagogika 

fanlari nomzodi, dotsent. 

 

 



 

 

 



 

 

Ushbu  uslubiy  tavsiya  Surxondaryo  viloyati  xalq  ta’limi  xodimlarini  qayta 



tayyorlash  va  ularning  malakasini  oshirish  hududiy  markazi  Ilmiy-metodik 

kengashining  2020  yil  “__”________dagi  №  ___-sonli  qarori  bilan  nashrga 

tavsiya etildi. 


 

KIRISH 

Hozirgi davrda maktab bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasi qanday bo‟lishi 

lozimligi  haqidagi  qarashlar  o‟zgarib  bormoqda.  Maktab  o'quvchilarining  fanlar 

bo‟yicha bilim va ko'nikmalarini shakllantirish bilan bir qatorda o'z bilimlarini turli 

hayotiy  vaziyatlarda  qo'llay  olish  malakasini  rivoljantirishni  ta'minlash  zarur. 

Kelajakda  bu  malakalar  maktab  bitiruvchisining  jamiyat  hayotida  faol 

qatnashishiga, butun hayoti davomida bilimini oshirib borishga yordam beradi. 

O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2018  yil  8  dekabrdagi 

“Xalq  ta'limi  tizimida  ta'lim  sifatini  baholash  sohasidagi  xalqaro  tadqiqotlarni 

tashkil  etish  chora-  tadbirlari  to'g'risidagi”gi  997-sonli  qarorida  PIRLS 

(boshlang'ich  4-sinf  o'quvchilarining  matnni  o'qish  va  tushunish  darajasini 

baholash), TIMSS (4 va 8-sinf o'quvchilarining matematika va tabiiy yo'nalishdagi 

fanlardan  o'zlashtirish  darajasini  baholash),  PISA  (15  yoshli  o'quvchilarning 

o'qish,  matematika  va  tabiiy  yo'nalishdagi  fanlardan  savodxonlik  darajasini 

baholash),  TALIS  (rahbar  va  pedagog  kadrlarning  umumiy  o'rta  ta'lim 

muassasalarida  o'qitish  va  ta'lim  olish  muhitini  hamda  o'qituvchilarning  ish 

sharoitlarini  o'rganish)  kabi  xalqaro  baholash  dasturlari  bo'yicha  xalqaro 

tadqiqotlarni tashkil etish belgilangan. 

Mazkur to'plam o'quvchilarni tanqidiy tahlil, kreativ fikrlash, mustaqil izlanish, 

yaratuvchanlik  qobiliyatlarini  shakllantirishga  hamda  tabiiy  fanlar  bo'yicha 

savodxonligini oshirishga yo'naltirilgan topshiriqlardan iborat. 

Har  qadamda  yangilanishlar,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  rivojlanishlar  bo`layotgan 

bizning  hozirgi  zamonimizda  axborot  texnologiyalarining  o`rni  beqiyosdir. 

Ayniqsa  ta‟lim  sohasida  ulkan  o`zgarishlar  yuz  bermoqda.  Muhtaram 

Prezidentimiz  Sh.M.Mirziyoyev  Oliy  Majlisga  Murojaatnomasida  aytganlaridek: 

“Yoshlarimizga  munosib  ta‟lim  berish,  ularning  ilm-fanga  bo`lgan  intilishlarini 

ro`yobga  chiqarishimiz  kerak.  Shu  maqsadda  maktabgacha  ta‟lim  tizimini 

rivojlantirishimiz, o`rta va oliy o`quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va 

o`quv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilashimiz kerak.”  




 

Darhaqiqat,  agar  ta‟lim  sifatini  ko`tarsak,  yaqin  kelajakda  bu  o`z  mevasini 



bermasdan  qolmaydi.  Buning  turli-tuman  yo`llari  mavjud.  Rivojlangan  davlatlar 

tajribasidan  foydalanib,  milliyligimizdan  cheklashmagan  holatda  o`zimizning 

ta‟lim  berish  jarayonimizni  takomillashtirishimiz  zarur.  Buning  zaruriy 

shartlaridan  biri-ta‟lim  jarayonida  raqamli  texnologiyalardan  foydalanish.  2017-

yilda axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan mamlakatimiz hududlarida 2300 

km optik tolali aloqa tarmoqlari qurilib, 5,7 mln dollar mablag` jalb etildi. Bu o`z 

navbatida  oliy  ta‟lim  muassasalari  moddiy  texnik  bazasini  mustahkamlash  va 

yuqori malakali mutaxasislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashga hizmat qiladi. 

Raqamli  texnologiyalar  asl  mazmuni  o`zi  nima?  “Texnologiya”  so`zi  yunoncha 

“techne”-san‟at  ,  mahorat  va  “logos”-  ta‟limot  so`zlaridan  olingan  bo`lib,  san‟at 

haqidagi  fan,  ta‟limot  degan  ma‟noni  bildiradi.  Kompyuter  xotirasibu,  maxsus 

elektron  yacheykalar  to`plami  bo`lib,  ularning  har  biri  nol  va  birlar 

kombinatsiyasidan  iborat  bir  axborot  saqlab  qoladi.  Aynan  shu  sababli  ham  bu 

turdagi  texnologiyalar  raqamli  texnologiyalar  deb  ataladi.  Kompyuterning  asosini 

tashkil  etishi  bilan  bir  qatorda  raqamli  texnologiyalar  zamonaviy  hayot  asosi 

bo`lgan  Internetning  o`zagi  hisoblanadi.  Internet-bu  yagona  standart  asosida 

faoliyat  ko`rsatuvchi  jahon  global  kompyuter  tarmog`idir.  Uning  nomi 

“tarmoqlararo”  degan  ma‟noni  bildiradi.[3]  Dars  jarayonida  aynan  intenetni 

kiritsak  qanday  bo`ladi?  WiFi  orqali  har  qanday  kerakli  ma‟lumotni  tezda  qidirib 

topish  bilan  birga,  guruhda  turli  munozaralar  olib  borish  imkoni  bor.  Bundan 

tashqari  Internetdagi  “Imo” programmasi  orqali dunyoning istalgan  yerida turgan 

xorij professori, talabasi qo`yingki istalgan insoni bilan fikr almashiladi. Masofali 

o`qitishda foydalaniladigan axborot texnologiyalari quyidagi uchta guruhga bo`lish 

mumkin:  

*Ta‟lim axborotlarini taqdim etish;  

*Ta‟lim axborotlarini uzatish; 

*Ta‟lim axborotlarini saqlash va qayta ishlash. 

 Ular  birgalikda  masofali  o`qitish  texnologiyalarini  tashkil  etadi.Vaqt  o`tib 

raqamli  texnologiyalar  rivojlanib  borib  to  hozirgi  holatga  yetib  keldi.  Bunday  bir 



 

vaziyatda  raqamli  texnologiyalar  hayotimizning  ajralmas  bir  bo`lagi  bo`lib  qoldi. 



Ta‟limda kompyuter texnologiyasini qo`llash quyidagilar amalga oshirishga imkon 

beradi:  

* talaba-yoshlarni bilim olishini faollashtiradi;  

* o`qitishning mazmunini boyitadi, bilim olishni shaxsiylashtiradi;  

* talabalarning bilimlarini modellashtirishga va mustaqillikka o`rgatadi;  

* har qanday o`quv vositalaridan kompleks foydalanishga ko`niktiradi;  

* kompyuter yordami bilan o`z bilimlarini tekshirishga, yo`l qo`ygan xatolarni 

aniqlashga va ularni yo`qotish yo`llarini qidirishga o`rgatadi va boshqalar.  

Dunyo tajribasi shuni ko`rsatadiki qaysi mamlakat ta‟limga katta e‟tibor bersa, 

unda albatta iqtisodiy yuksalish shunchalik ko`p bo`ladi. 

Jamiyat 

taraqqiyotining 

hozirgi 

bosqichida 

mamlakatimizda 

amalga 


oshirilayotgan  islohotlar  shu  jamiyatda  yashayotgan  har  bir  insonni  o`z 

imkoniyatlarini  ro`yobga  chiqara  oladigan  erkin,  ijodkor    shaxs    sifatida 

tarbiyalashga  yo`naltirilgan. 

Mustaqil O`zbekistonimizda uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilinishi,  yangi  ta'lim 

standartlari  asosida  ta'lim  va  tarbiya  jarayonini  qayta  tashkil  etishga  kirishilgan 

hozirgi  kunda  o`quvchilarning  bilim  va  ko`nikmalarini  oshirishga  aloqida  e'tibor 

qaratilmoqda.  Shuday  ekan  XXI  asr  –  axborotlashtirilgan  jamiyat  asrida  axborot 

texnologiyalarning  roli  va  o`rni  kundan  –  kunga  oshib  borayotganligini,  axborot-

kommunikatsiya 

texnologiyalari 

hayotimizning 

ajralmas 

qismiga 

aylanayotganligini inkor etib bo`lmaydi.  

Mamlakatimiz 

Prezidentining 

2017-yil 

7-fevraldagi 

“O`zbekiston 

Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo`yicha harakatlar  strategiyasi  to`g‟risida”gi 

Farmonining “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to`rtinchi yo`nalishida 

ta'lim  tizimi  sifatini  yaxshilash  va  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlarini  amalga 

oshirish kabi ustuvor vazifalar nazarda tutilgan. 

2020-yil 

24-yanvarda 

O`zbekiston 

Respublikasi 

Prezidenti 

Sh.M.Mirziyoyevning Oliy majlis  a'zolariga qilgan navbatdagi murojaatnomasida  

ta'lim  yo`nalishiga  oid  bir  qancha    vazifalar  belgilandi.  Jumladan  davlat 




 

rahbarining: “Taraqqiyotga erishish uchun, raqamli bilimlar va zamonaviy axborot 



texnologiyalarini  egallashimiz  zarur  va  shart.  Bu  bizga  yuksalishning  eng  qisqa 

yo`lidan  borish  imkoniyatini  beradi.  Zero,  bugun  dunyoda  barcha  sohalarga 

axborot  texnologiyalari  chuqur  kirib  bormoqda.  Raqamli  texnologiyalar  nafaqat 

mahsulot  va  xizmatlar  sifatini  oshiradi,  ortiqcha  xarajatlarni  ham  kamaytiradi”,  - 

deya  ta‟kidlagani  va  joriy  yilda  matematika,  kimyo-biologiya,  geologiya  kabi 

yo`nalishlarga ko`proq e‟tibor berilishi bevosita malaka oshirish tizimi faoliyatida 

ham o`z aksini ko`rsatmog`i lozim. 

Malaka oshirishga jalb etilayotgan maktab fan o`qituvchilarining kurs davomida 

AKT  savodxonligini  oshirish  va  dars  jarayoni  samaradorligini  oshirishga  xizmat 

qiluvchi amaliy dasturlarni o`rgatib borish albatta o`quvchilarga ta‟lim berishning 

sifat-samaradorligini oshirishga o`zining ijobiy ta‟sirini ko`rsatmay qolmaydi. 

Mazkur  uslubiy  tavsiyada  kimyo  fani  o`qituvchilari  uchun  anchayin  foydali 

bo`lgan  ChemOffice  2005  dasturiy  paketida  ishlashning  dastlabki,  eng  sodda 

bosqichi haqida ma‟lumot bermoqchiman.  




 


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish