3. O‘rta mulkdorlar qatlamining shakllanishi va davlat instituti
Fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asoslarini yaratish uchun davlat oldida bir qator muhim masalalarni hal etish vazifasi turibdi.
Birinchidan, mamlakatda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish barobarida qonuniy asosda faoliyat yuritishga qodir bo‘lgan o‘rta mulkdorlar qatlamini shakllantirishni kuchaytirish zarur. Sho‘ro tizimini boshidan kechirgan mamlakatlarning aksariyatida, tadbirkorlik firibgarlik bilan hamohang tushunilgan edi. Aslida bozor munosabatlari rivojlangan, ayniqsa sanoatlashgan mamlakatlarda jamiyatga eng ko‘p foyda keltiruvchi, ayni vaqtda eng durust qatlam aynan mulkdorlar qatlami bo‘lgan. Bu sharoitda davlat erkin faoliyatga sharoit yaratish bilan bir vaqtda ularni faqat va faqat qonun doirasida ish yuritish ko‘nikmasini shakllantirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |