Ijtimoiy innovatsiyalar – bu jamiyatning har qanday ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan yangi strategiya, konsepsiya, g‘oya va tashkilotlar majmuasini o‘z ichiga qamrab olib, jamiyatda ijtimoiy o‘zgarishlarga olib keladi.
XX asrning ijtimoiy yangiliklar asri bo‘lganligini hisobga oladigan bo‘lsak, insonlar ishlash sharoitlarining takomillashishi, jamiyat oldida turgan muammolarga yangidan-yangi yechim topish imkoniyatlarining kengayishi ijtimoiy innovatsiyalarning butun dunyo bo‘ylab taqsimlanishiga turtki bo‘ldi.
Ijtimoiy innovatsiyalar, ijtimoiy tadqiqot tashkilotlarida, kompaniyalar yoki har tomonlama mustaqil tashkilotlarda barqaror jamiyat sari birgalikda faoliyat yuritish shiori ostida rivojlanib kelmoqda.
Ijtimoiy innovatsiya g‘oyasi rivojlangan davlatlarning ijtimoiy yo‘naltirilgan davlat siyosatida muhim o‘rin egallaydi. Ularda davlat hamda xususiy sektor hamkorlikda ijtimoiy mas’uliyat, ijtimoiy tadbirkorlik kabi yo‘nalishlarni rivojlantirib kelmoqda.
Aksariyat davlatlarining maqsadi ijtimoiy innovatsiyaga ega bo‘lgan shaxslarni yoki ijtimoiy tadbirkor va ixtirochilarni aniqlash yo‘lidan bormasdan ularni yanada qo‘llab quvvtlash orqali davlatning xayriya siyosatini birmuncha qisqartirishga qaratilgan. Vaholanki bu xolat davlatlarning ijtimoiy yo‘naltirilgan siyosatini ma’lum bir qismini ijtimoiy faol aholi qatlamiga yoki fuqarolik jamiyati institutlariga o‘tkazilishi bilan belgilanmoqda.
Ijtimoiy innovatsiyalar paydo bo‘lishi yoki qo‘llanilishiga, ijtimoiy sohadagi ayrim jarayonlar sabab bo‘ladi, jumladan:
- mavjud ijtimoiy muammolarni jadallashishi, ushbu muammo yechimini yangicha usulda hal qilishni taqozo etadi; ushbu jarayonlarga misol tariqasida mamlakatimiz mustaqillikka erishganda yurtimizda o‘ta qaltis ijtimoiy vaziyat vujudga kelgan edi. Aholining o‘sish sur’atlari o‘rtacha sobiq ittifoq ko‘rsatkichdan uch barobar yuqori edi. Buning ustiga, mehnat resurslari aholining o‘rtacha o‘sish ko‘rsatkichidan ikki barobar tez o‘sayotgandi. Oxir-oqibatda ishsizlik darajasi ortib, axoli daromadlari keskin tushib bormokda edi. Bu jarayon o‘ziga xos yangicha ijtimoiy siyosatni amalga oshirishni o‘sha davr talabi darajasiga olib chiqqan edi.
- ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun resurslarning yetishmasligi, bu sohada yanada samaralirok vositalardan foydalanishga olib keladi; Bunday holatda ijtimoiy munosabatlarni yanada takomillashtirishda nafaqat tabiy resurslar balukim inson omili, yetarlicha mablag‘ bilan ta’minlanish holati, vaqtning chegaralanganligi va masofa hamda transport omillarining yetishmasligi sabab bo‘ladi.
- ijtimoiy sohada ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga bo‘lgan talabning oshib borishi, yoki xalqaro me’yorlarga moslashtirish. Ijtimoiy sohadagi xizmat ko‘rsatish talablarining oshib borishi innovatsion xarakterga ega bo‘lgan xizmat sohalariga bo‘lgan extiyojlarni oshirib boradi
Bugungi kunda ijtimoiy innovatsiyalarga bo‘lgan talab va extiyojlardan kelib chiqib, ijtimoiy innovatsiyalar quyidagicha tasniflanadi:
Birinchidan: ijtimoiy innovatsiyalar ijtimoiy omillarning qamrovi bo‘yicha: kompleks va mahalliy ijtimoiy innovatsiyalarga bo‘linadi. Bu yo‘nalishda ijtimoiy omillar hududlaridagi ko‘lamidan yelib chiqib belgilanadi. Misol uchun qaysidir viloyatda uchrayotgan ijtimoiy muammo butun Respublikaga tegishli bo‘masligi mumkin yoki butun Respublikada shu muammo mavjud bo‘lishi mumkin.
Ikkinchidan: jamiyat hayotining sohalari bo‘yicha: siyosiy, iqtisodiy, madaniy ma’naviy va ijtimoiy sohalarda innovatsiyalarniqo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |