Termiz – 2020 mund а r I j а


partiyaviy tizimning afzalligi nimada?



Download 480,36 Kb.
bet36/128
Sana31.12.2021
Hajmi480,36 Kb.
#209116
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   128
Bog'liq
Fuqoralik Jamiyati maruza

Ko‘ppartiyaviy tizimning afzalligi nimada?

Davlat – xalqniki. Xalq esa turli ijtimoiy toifadagi aholidan tashkil topgan. Har bir toifaning esa o‘z qiziqishlari, intilishlari, boshqacha aytganda, manfaatlari bor. Har bir toifa davlat uning manfaatlarini himoya qilishini istaydi.

Xo‘sh, barcha toifalar manfaatlarini birday ifodalash mumkinmi?

Mumkin. Buning uchun ko‘p partiya bo‘lishi kerak. Bu partiyalarning har biri o‘z yo‘nalishi, jamiyatdagi muayyan ijtimoiy toifa intilishlari, qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, ya’ni ularning manfaatlarini ifodalagan va himoya qilgan holda o‘z dasturini ishlab chiqishi zarur. Bu – masalaning birinchi tomoni.



Ikkinchi tomoni shundan iboratki, ana endi ana shu har bir partiya o‘z oldiga qo‘ygan g‘oyalarni hayotga tatbiq etishi, ya’ni amalga oshirish uchun kurash boshlaydi. Bu kurash aynan saylovlar orqali kechadi. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari orasida qaysi partiyadan eng ko‘p vakil saylangan bo‘lsa, parlamentda o‘sha partiya g‘olib hisoblanadi. Hatto, shunday tartib-qoida qonunga kiritilganki, har bir partiyaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi deputatlari sonini qat’iy hisobga olgan holda davlat budjetidan mablag‘ ajratiladi.

2014 yilgi saylovda deputatlikka saylangan nomzodlari soniga ko‘ra, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal- demokratik partiyasi – birinchi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi – ikkinchi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi – uchinchi va O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Mohiyat e’tibori bilan partiyalar Oliy Majlisda qonunlar, xalq deputatlari mahalliy kengashlarida esa qarorlar qabul qilinayotganda o‘z elektorati manfaatlaridan kelib chiqib ta’sir o‘tkazishga intiladi. Har bir qonun va qaror ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Shunday ekan, ko‘p deputati bor partiya – amalda ko‘p ovoz berish huquqiga ega.

Ko‘ppartiyaviylikning yana bir ahamiyatli tomoni shundan iboratki, davlat siyosatida muqobillik yuzaga keladi. Har bir partiya qabul qilinayotgan qonunlar va qonunosti hujjatlari muhokamasida o‘z nuqtai nazarini bildirib, o‘z qarashlarining qonun va qarorlarda bevosita aks etishi uchun kurashadi. Bundan tashqari, qonun va qonunosti hujjatlarining ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatadi. O‘z ommaviy axborot vositalari orqali g‘oyalarini targ‘ib va tashviq qiladi, bu haqda jamoatchilik fikrini uyg‘otadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasida: “O‘zbekiston – suveren demokratik respublika. Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi”, – deb yozilgan.

Mamlakatimizning qanday tipdagi davlat ekanini “suveren demokratik respublika” degan ana shu uch so‘z aniq-tiniq ifodalab bergan. Keling, avval shu uch istilohning mag‘zini chaqib ko‘raylik.

“Suveren” so‘zi – fransuzcha “souverain” so‘zidan olingan va u lug‘aviy jihatdan “oliy” degan ma’noni bildiradi. Xalqaro huquq atamasi sifatida esa “mustaqil oliy hokimiyati egasi” degan ma’noni anglatadi. Shundan kelib chiqib, bu so‘z mustaqillikka ega, erkin, hur davlatga nisbatan ham ishlatiladigan bo‘lgan. Shu o‘zakdan yasalgan “suverenitet” istilohi xalqaro huquqda “davlatning ichki ishlarni olib borishda va tashqi munosabatlarda to‘la mustaqilligi” ma’nosida qo‘llanadi. Yoki “suverenlik” degan so‘zni aynan “mustaqillik” deb tushunish kerak.

“Demokratiya” so‘zi, asli, yunoncha “demos”, ya’ni “xalq” hamda “kratos”, ya’ni “hokimiyat” so‘zlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Huquqiy atama sifatida “fuqarolar erkinligi va tengligi konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatining shakllari amalda o‘rnatilgan va yuzaga chiqarilgan siyosiy tuzum; xalq hokimiyati” ma’nolarida talqin etiladi.

Soddaroq qilib tushuntirilsa, demokratik tuzumda to xalq saylamaguncha hech kim davlat boshlig‘i bo‘la olmaydi va to xalq saylamaguncha hech kim qonun chiqarish vakolatini qo‘lga kirita olmaydi.

Albatta, “demokratiya” so‘zi “jamoa barcha a’zolarining faol ishtirokida rahbarlik qilish usuli” tarzida oddiyroq ma’noda ham qo‘llanaveradi.

“Respublika” so‘zi ham – xalqaro huquq atamasi. U lug‘aviy jihatdan lotincha “ish” ma’nosidagi “res” hamda “ijtimoiy”, ya’ni “ko‘pchilik” yoki “umumxalq” ma’nosidagi “publika” so‘zlarining qo‘shilishidan hosil qilingan. Istilohiy ma’nosi ham shundan kelib chiqadi: u “oliy davlat hokimiyati ma’lum muddatga saylanadigan hokimiyat organi (prezident yoki parlament)ga tegishli bo‘lgan boshqaruv shakli; shunday boshqaruv shakliga ega bo‘lgan davlat” ni anglatadi.

Bosh Qomusimizning 1-moddasidagi bu uch so‘zni tushuntirish orqali aytmoqchimizki, mustaqillik yillarida O‘zbekistonimiz chinakam suveren demokratik respublikaga aylandi.

Aynan partiyalarning ko‘pligi demokratiyani ta’minlash uchun bosh omil bo‘lib xizmat qiladi.

2005 yildan boshlab Oliy Majlisimiz ikki palatali parlamentga aylandi. Bunda jahondagi ilg‘or tajribaga suyanildi. Shu tariqa qabul qilinayotgan qonunlarning sifatini yanada oshirish imkoniyati yuzaga keltirildi.

Quyi palatada qonunlar partiyalar va Ekologik harakatdan saylangan vakillar tarafidan muhokama qilinadi va bunda, tabiiyki, mamlakatdagi turli ijtimoiy qatlamlar manfaatlaridan kelib chiqiladi. Yuqori palatada qonunlar mintaqalar va respublika manfaatlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish, ya’ni muvofiqlashtirish tarafidan ko‘rib chiqiladi. Chunki Oliy Majlis Senatida har bir mintaqamizdan teng sonli, ya’ni 6 nafardan senator mavjud va mantiqan respublika umummanfaatlaridan kelib chiqib fikr-mulohaza qilishga yo‘g‘rilgan 16 senator O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan tayin¬langan. Senatorlarning 84 nafari amalda xalq deputatlari mahalliy kengashlarining ham deputati sifatida faoliyat yuritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan belgilangan bu beshta ustuvor yo‘nalish mamlakatimiz taraqqiyotining 2017 – 2021 yillarga mo‘ljallangan dasturulamali hisoblanadi.

Bizda bu besh ustuvor yo‘nalish ijrosiga qattiq kirishildi. Buning birgina isboti shuki, shu yilning 12 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida parlament palatalari, siyosiy partiyalar, xalq deputatlari mahalliy kengashlari faoliyatining tahlili hamda istiqboldagi vazifalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada hokimiyat vakillik organlari, siyosiy partiyalar va Ekologik harakatning o‘tgan davrdagi faoliyati o‘zaro muloqot shaklida, tanqidiy ruhda tahlil qilindi, islohotlarni yanada chuqurlashtirish yo‘lida oldimizda turgan muhim vazifalar belgilab berildi.

“Har qanday siyosiy partiya zamon talabi bilan hamnafas bo‘lib, uning o‘tkir talablariga javob bergan taqdirdagina siyosiy kuch sifatida yashay oladi… Siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari faoliyatini kuchaytirmasak, qonun ijodkorligi va qabul qilingan qonunlar ijrosi kutilgan natijani bermaydi”, – dedi Prezidentimiz.

Davlatimiz rahbari demokratiyani ta’minlashda parlamentning o‘rni va ahamiyati katta ekanligini ta’kidlar ekan: “Demokratiya qayerdan boshlanadi – parlamentdan boshlanadi. “Parlament – demokratiya maktabi”, – deymiz. Shunday ekan, milliy parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi kerak”, – dedi.

Modomiki, 2017 – 2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining birinchi yo‘nalishida “demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish” ham ko‘zda tutilgan, 2017 yil mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilingan, partiyalar aynan xalqning muayyan toifalari manfaatlarini himoya qilishga chog‘langan siyosiy kuch hisoblanar ekan, bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etib, islohotlarni yanada chuqurlashtirish lozim.

Harakatlar strategiyasi real ijro talab qiladi. Uni amalga oshirish esa davlat va xalq birligida juda katta ishlarni bajarishni taqozo etadi. Shuning uchun ham shu yilning 15 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoyishi qabul qilindi. Unda muayyan ma’noda amalga oshirilgan ishlar bir sidra sarhisob ham etildi.

Hozirgi kunda Harakatlar strategiyasining ijrosi yuzasidan davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga qaratilgan 15 ta qonun hamda 700 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Mustaqil davlatchiligimiz tarixida ilgari hech qachon huquqiy bazani mustahkamlashda bunday jadallik yuz bermagan edi. Bu mamlakatimizda islohotlarni misli ko‘rilmagan darajada chuqurlashtirish jarayoni boshlanganidan dalolat beradi.

Farmoyishda besh ustuvor yo‘nalish bo‘yicha qilingan ishlar qisqacha sanab o‘tildi. Jumladan, birinchi ustuvor yo‘nalish bo‘yicha o‘zgarishlar ham qayd etildi: “Xususan, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida zamonaviy talablar hamda ustuvor yo‘nalishlarni inobatga olgan holda 16 ta vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning tuzilmasi, vazifa va funksiyalari qayta ko‘rib chiqildi, 20 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar qayta tashkil etildi”.

Bir narsani oydinlashtirib olish zarur: partiya deputatga xizmat qilishi kerakmi yoki aksincha, deputat partiyagami?

Bu masalada noaniqlikka mutlaqo o‘rin yo‘q: partiya deputatning nomzodini ko‘rsatadi, uning saylanishi uchun kurashadi. Shunday ekan, saylangan deputat endi o‘zi vakil bo‘lgan partiyasining g‘oyalarini hayotga tatbiq etishi, ya’ni uning manfaatlariga xizmat qilishi kerak. Chunki partiya – o‘z elektorati manfaatlarini himoya qilishga chog‘langan siyosiy kuch.

Mustaqillikkina bizga shunday demokratiyani berdi.

Bir so‘z bilan aytganda, demokratiya fikrlar xilma-xilligini ta’minlaydi. Bu esa qabul qilinayotgan qonunlar va qonunosti hujjatlarida biryoqlamalik bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shu tariqa davlat siyosatida amalda aholining barcha qatlamlari manfaatlari aks etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasida: “O‘zbekiston – suveren demokratik respublika. Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi”, – deb yozilgan.

Mamlakatimizning qanday tipdagi davlat ekanini “suveren demokratik

Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflyatsiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.

Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.

Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida:

1. Aholi va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadigan 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Harakatlar strategiyasi) muvofiq tasdiqlansin.




Download 480,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish