Termiz – 2020 mund а r I j а


MAVZU: DAVLAT VA JAMIYAT QURILISHI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH



Download 480,36 Kb.
bet35/128
Sana31.12.2021
Hajmi480,36 Kb.
#209116
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   128
Bog'liq
Fuqoralik Jamiyati maruza

3 MAVZU: DAVLAT VA JAMIYAT QURILISHI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

Reja:


1. Davlat – jamiyatning boshqaruv tizimini shakllantirish mexanzimlari

2. Demokratik jamiyatini shakllantirishda siyosiy partiyalarning o‘rni

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Oliy Majlis Murojaatnomasi
Tayan so‘zlar: davlat, jamyati milliylik, mustaqillik, boshqaruv, partiya, xalqora, madaniyati, xalq, muloqot va inson

1. Davlat – jamiyatning boshqaruv tizimini shakllantirish mexanzimlari.

Davlat – jamiyatning boshqaruv tizimi. Har qanday milliy davlat jamiyat taraqqiyoti bilan birga ravnaq topadi. Shuning uchun ham davlat va jamiyat qurilishi – yaxlit kechadigan jarayon. Mustaqillikning o‘tgan 29 yili, avvalo, davlat va jamiyat qurilishini tubdan isloh qilish orqali kechdi. Bu borada ham milliy an’analarimizga tayanib, ham xalqaro tajribalarga suyangan holda ish tutdik. Boshqacha aytganda, istiqlol tarixiga birinchi galda davlat va jamiyat qurilishi nuqtai nazaridan qarab baho berishimiz zarur.

Xabaringiz bor, shu yilning 27 iyunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Bu yilgi bayram “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari das¬turi asosida amalga oshirilmoqda. Qarorda ushbu Dasturni 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining ma’no-mazmunidan kelib chiqqan holda tayyorlash belgilangan.

Belgilangan ana shu beshta ustuvor yo‘nalish aynan nimalardan iborat ekanligi to‘g‘risidagi savolga gazetamizning 5 iyul sonida “Milliy taraqqiyotning mustahkam poydevori” sarlavhali birinchi maqolamizda javob berib o‘tishga harakat qilgan edik. Ikkinchi maqolamizda esa aynan birinchi ustuvor yo‘nalishning mazmun-mohiyatini kengroq keltirishni ma’qul topdik.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida bu beshta ustuvor yo‘nalishning birinchisi quyidagicha bayon etilgan: “Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish”.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya hamda Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar tuzilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 14 fevraldagi Farmoyishi bilan Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan tadbirlarning ekspertlik va jamoatchilik muhokamasini samarali tashkil etish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish, ularni mukammal amalga oshirish, fuqarolik jamiyati institutlarini, ekspertlar va olimlarni mamlakatimizni demokratlashtirish hamda modernizatsiya qilish jarayonlariga faol jalb etish maqsadida poytaxtimizda Taraqqiyot strategiyasi markazi tashkil etildi.

Davlat va jamiyat endi ana shunday yanada takomillashish davriga keldi. Biroq bungacha katta va murakkab yo‘l bosib o‘tildi. Umrining muayyan qismini sho‘ro davrida kechirgan katta yoshdagilar yaxshi biladiki, biz istiqlolga qadar yakka mafkura hukmron jamiyatnigina bilar edik. Partiya bitta edi. Uning mafkurasi sobiq ittifoq konstitutsiyasining 6-moddasida davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilgani qayd etilgan edi. Faqat 1990 yilning martidagina ana shu 6-modda o‘zgartirildi, ya’ni sobiq ittifoq tarqalib ketishidan bor-yo‘g‘i bir yarim yildan oshiqroq davrdagina jamiyat ko‘ppartiyaviy tizimga o‘ta boshladi.

O‘zbekiston o‘z mustaqilligini ko‘ppartiyaviy jamiyat tarzida boshladi. O‘zbekis¬ton Respublikasi Prezidentligiga 1991 yil 29 dekabrda o‘tkazilgan dastlabki saylovdan boshlab davlatimiz rahbari har gal muqobillik asosidagi saylov orqali saylandi. Muqobillik deganini tushunish esa unchalar qiyin emas – har bir partiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga o‘z nomzodini ko‘rsatib, saylovchilarni unga ovoz berishga da’vat qiladi. Saylovda esa eng ko‘p ovoz to‘plagan nomzod yutadi.

1991 yil 29 dekabrdagi saylovda alohida-alohida partiyalardan ko‘rsatilgan ikki, 2000 yil 9 yanvardagi saylovda alohida-alohida partiyalardan ko‘rsatilgan ikki, 2007 yil 23 dekabrdagi saylovda alohida-alohida partiyalardan ko‘rsatilgan uch va saylovchilar tashabbuskor guruhi ko‘rsatgan bir (jami – to‘rt), 2015 yil 29 martdagi saylovda alohida-alohida partiyalardan ko‘rsatilgan to‘rt, 2016 yil 26 dekabrdagi saylovda ham alohida-alohida partiyalardan ko‘rsatilgan to‘rt Prezidentlikka nomzod ishtirok etdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari mahalliy kengashlariga saylovda ham aynan partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlar ishtirok etadi. Faqat keyingi ikki saylovda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari soni 150 taga yetkazildi va buning 15 nafari (har bir mintaqadan bir nafardan va respublika tashkilotidan bir nafar) O‘zbekiston ekologiya harakatidan saylanadigan bo‘ldi.




Download 480,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish