Murakkabterminlar– bir yoki birdan ortiq so‘zlarning grammatik tobelik munosabatiga asoslangan turg‘un birikma holatida bo‘ladi. Terminologiyaga bag‘ishlangan adabiyotlarda murakkab terminlar birikmali terminlar tarkibida o‘rganiladi. Ayrim adabiyotlarda esa, «tarkibli termin9», «murakkab termin» sifatida talqin etiladi. Murakkab tuzilgan terminlar yasashda quyidagi talablarga e’tibor berilishi lozim: a) termin mumkin qadar ixcham, kam sonli so‘zlardan iborat bo‘lishi kerak. Terminlarning ixcham bo‘lishi ularni qo‘llashda qulaylik tug‘dirishdan tashqari, ulardan yangi terminlar yasash imkoniyatini beradi. Chunki, mavjud terminlardan so‘z yasovchi affiks yordamida yangi termin yasash (son-teskari son, yoy-yoyning gradusi) hodisalar, tushunchalar orasida mavjud bo‘lgan aloqani ham ko‘rsatib turadi; b) murakkab termin tarkibidagi ba’zi so‘zni izohlaydigan yana boshqa so‘z bo‘lmasligi (qavs ichida berilmasligi) kerak. Aks holda termindan foydalanishda qiyinchilik bo‘ladi. Masalan, tuproqshunoslik sohasida yaratilgan degradasiyalangan(aynigan) qora tuproq, matematika sohasidagi erkin (bog‘liq) miqdor, o‘xshashlik (analogiya) metodikabi terminlar muvaffaqiyatli chiqmagan bo‘lib, ularni ishlatish ancha noqulaylik tug‘diradi. Murakkab terminlar tarkibidagi har bir so‘z boshqasi bilan affikslar yordamida yoki sintaktik tartib orqali birikkan bo‘lishi kerak. Ularning ko‘makchilar va bog‘lovchilar vositasi bilan grammatik munosabatga kirishishlari ma’qul emas. Chunki yordamchi so‘zlar vositasi bilan birikkan so‘zlardan iborat bo‘lgan murakkab terminlarning terminlik xususiyati bilinmay qoladi, oddiy, erkin birikmaga o‘xshab ketadi. Masalan, burchak bilan o‘lchash, o‘rta va chet nisbatga bo‘lish(“zolotoye secheniye”)kabi. Ko‘rinib turibdiki, bu terminlar tarkibidagi bilanko‘makchisi hamda vabog‘lovchisining kelishi ularni jonli nutq elementlariga o‘xshatib yuborgan. Foydalanilgan adabiyotlar:1Мадвалиев А. Ўзбек терминологияси ва лексикографияси масалалари. – Тошкент, 2017. –Б. 60. 2Мадвалиев А. Ўзбек терминологияси ва лексикографияси масалалари. – Тошкент, 2017. – Б.60. 3Маматов Н. Ўзбек тилида қўшма сўзлар. –Тошкент, 1982. – Б.33. 4Дониёров Р. Гибрид сўзлар ҳақида / Ўзбек тили грамматик қурилиши ва диалектологияси масалалари. – Тошкент, 1966. – Б.144-152. 5Усмонов С. Метафора / Ўзбек тили ва адабиёти, 1964. – №4. – Б. 39. 6Мукаррамов М. Кўчимларнинг ўзаро муносабати / Ўзбек тили ва адабиёти, 1976. - №5. - Б. 53. 7Исмоилов Ғ.М. Ўзбек тили терминологик тизимларида семантик усулда термин ҳосил бўлиши. НДА. –Тошкент, 2011. –Б.9-10. 8Аҳатова М.С. Ўзбек тилининг ёғочсозлик терминологияси. Филол. фан.номз…автореф. – Тошкент, 2004. – Б.9. 9Усатый И.Б. Структурно-грамматические особенности составных терминов-названий частей речи / Электронный научный журнал «Вестник Омского государственного педагогического университета», Выпуск 2007, - С.56.
Do'stlaringiz bilan baham: |