Termez davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv


Jismoniy mashqlarning ta’sirini belgilovchi omillar



Download 117,97 Kb.
bet16/17
Sana09.02.2023
Hajmi117,97 Kb.
#909578
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Bobonazar Jismoniy tarbiya vositalarining ilmiy amaliy ahamiyati 1111docx

Jismoniy mashqlarning ta’sirini belgilovchi omillar. Individning kun tartibidagi rejalashtirilib bajari­layot­gan jismoniy mashqlar bir xilda bo‘lsa ham uning samarasi bir xil tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatmasligi jismoniy tarbiya amaliyotida isbotlangan. Jismoniy mashqlar doimiy bir xil ta’sir xususiyatiga ega emasligining isbotidir.
Tarbiya jarayonida jismoniy mashqlarning samarali ta’sirini belgilay oladigan omillarni bilish pedagogik jarayonni boshqarishni osonlashtiradi. Bunday omillarni hozirgi kunda quydagicha guruhlash tavsiya etiladi.
1. O‘qituvchi va o‘quvchilarning shaxsiy tavsifi omili. Ta’lim jarayoni ikki tomonlama – o‘quvchilar o‘qiydi, o‘qituvchi o‘qitadi. Shuning uchun jismoniy mashqlarning ta’siri keng darajada kim o‘qitayotganligiga va kimlarni o‘qiyotganligiga, axloqiy sifatlari, iqtidori (intellek ti)ga, jismoniy rivojlanganligi, tayyorgarlik daraja- siga, shuningdek, birlamchi(ilk bor) bajara olish malakasi, qiziqishi, harakat faolligi va boshqalarga bog‘liq.
2. Ilmiy omillar – jismoniy tarbiyaning qonuniyatlarini bilish orqali shug‘ullanuvchining ongida uning ifodasi me’yorining darajasi bilan xarakter lanadi. Jismoniy mashqlarning pedagogik, psixologik, fiziologik xususiyatlari qanchalik chuqur ishlab chiqilgan bo‘lsa, pedagogik vazifalarni hal qilish uchun ulardan shunchalik samarali foydalanish mumkin.
3. Metodik omillar – jismoniy mashqlardan foydalanishda amal qilinadigan keng qamrovli talablar guruhini o‘zida mujssamlashtiradi.
Jismoniy mashqlarni o‘qitish davomida yoki boshqa pedagogik vazifani hal qilish uchun qo‘llanayotgan uslubiyot shug‘ullanuvchi iste’dodini, jismoniy qabiliyatini ochishga, o‘zlashtirishni osonlashtirishga xizmat qilishi ning ahamiyati katta.
Masalan, birinchidan: jismoniy qobiliyatlarni ri vojlantirishda jismoniy mashqni bajarib, shug‘ulla nishdan kutilayotgan samara, ya’ni bu mashqlar bilan hal qilinadigan vazifalar (bilim berishmi, tarbiyalashmi, yoki sog‘lomlashtirishmi, qaysi biri) ekanligini oldindan aniqlab olish, hal qilinishini ketmat-ketligi belgi lanishi lozim; ikkinchidan, jismoniy mashqning tuzilishi - statik yoki dinamik mashqmi, siklik, atsiklik harakatmi yoki yana boshqasi ekanligi; uchinchidan, o‘zlashtirish, mus tahkamlash va takomillashtirishda qo‘llaniladigan tak rorlash uslubi yotlari (bo‘laklarga ajratib mashq qilishmi yoki mashqni to‘la bajarish bilan o‘rgatish maqsadga muvofiqmi, takrorlashlar oralig‘ida aktiv dam olishni qo‘llash zarurmi yoki passiv dam olishnimi va h.k.)lar hisobga olinishi mashqlarni organizmga ta’siri darajasiga aniqlik kiritadi. Jismoniy mashqlarning bunday xarakteristikasi qo‘yilgan pedagogik vazifalarni hal qilish uchun jismoniy tarbiya vositalari va metodlarini muvofiq holatda tanlash imkonini beradi.
Jismoniy mashqlarning samarasi optimal yuklamani belgilay olish orqaligina bo‘lishi mumkin. Faoliyatda yuklamaning davomiyligi hamda uning intensivligi, takrorlash (interval va dam) chastotasi takrorlashlar oralig‘idagi dam olishning xarakteriga bog‘liq. Yuklamani boshqarishda yuqorida ko‘rsatilayotgan holatlarning o‘zaro munosabati hisobiga olinishi shart.
Masalan, mashqni bajarishning cho‘zilishi, uning, davomiyligining ortishi intensivlikni pasayishiga olib kelishi jismoniy tarbiya jarayonining qonuniyati ekanli gini unutmaslik shart.
Jismoniy mashqning natijasi uning ijro usuliga bog‘ liq. Masalan, arqonga uch usul bilan tirmashib chiqish erkin usul bilan tirmashib chiqishdan samaraliroqdir, chunki uch usul qo‘llanganda balandroqqa chiqish imkoni bo‘ladi.
Jismoniy mashq bajargandan so‘ng organizmda maxsus funksional o‘zgarish vujudga keladi va bu o‘zgarish ma’lum vaqtgacha organizmda iz qoldiradi, saqlanib turadi. Vujudga kelgan o‘zgarish fonida(soyasida) keyingi mashq ning ta’sir samarasi yanada o‘zgacharoq bo‘lishi mumkin. Dastlabki va so‘ngi mashqlar mashg‘ulot samaradorligini orttirishi yoki pasaytirishi mumkin.
Masalan, diqqat uchun mashqlar navbatidagi qiyin koordinatsiya talab qiluvchi harakatlarni bajarishni osonlashtirsa, dumbaloq oshish mashqlaridan so‘ng muvoza nat saqlash mashqlarini o‘zlashtirish qiyinchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
Ta’sirning oz yoki kuchlilik darajasi, uning chuqur ligi va davomiyligi, o‘quvchining holati, uning jismoniy, aqliy tayyorgarligi va h.k.lar bilan bog‘liq. Mashqlar ta’sirining kompleksini ishlab chiqish harakat faoliya tining asosiy ta’siri samarasini hisobga olish imkoni yatini yaratadi. Demak jismoniy tarbiya jarayoni jismoniy mashqlarning ta’siri tizimini yaratishni va har bir yosh guruhi uchun ishlab chiqish soha mutaxassisidan maxsus bilimlarga ega bo‘lishni taqazo etadi.
Xulosa
Jismoniy tarbiya vositalari orqali jismoniy madaniyat darslarini tashkil qilish mavzusida kurs ishini yozar ekanmiz bunda kurs ishini mazmun mohiyati eng avvolo Tadqiqot muammosi, ob’ekti va predmeti nima ekanligi va shu bilan birgalikda tadqiqot Tadqiqot maqsadi va vazifalarini oldindan belgilash kabi vazifalar yotadi. Yuqorida aytib o‘tilgan maqsad va vazifalar to‘g‘ri tashkillashtirilsa nafaqat kurs ishi balki boshqa ilmiy ishlar (bitiruv malkaviy ish, magisterlik dessertatsiya) ham to‘g‘ri va samarali ish olib boriladi, hamda ilmiy ish yakunida aniq yechim va natija o‘z isbotini topadi.
Kurs ishini yozishda birinchi bobda quydagi mavzularga to‘xtaldik Jismoniy mashqlar jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasining asosiy vositasi sifatida,Jismoniy mashq texnikasi, Harakatlarning tavsifi, Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillar jismoiy madanyat ta’limi va tarbiyasi jarayonining vosi­ta­si sifatida mavzuni muayyan tarzda yoritdik, kurs ishining ikkinchi bobida Jismoniy mashqlarning klas­sifi­­katsiya­si, Jismoniy mashqlarni anatomik belgilari, harakatning shakli va quvvatiga qarab turkumlanishi, Harakat sifatla­ri­ni rivojlantirishi va sportning alohida turlari tarzidagi jismoniy mashqlar klassifi­katsi­yasi haqida to‘loqonli yoritilib o‘tildi shu bilan birgalikda bu metodlar bolalar hayotida tutgan o‘rni haqida ham malumotlar berildi.
Kurs ishini yozishda ko‘plab adabiyotlar va huquqiy me’yoriy hujjatlarni ko‘rib chiqib umumiy ma’lumotlar bayon qilindi.
Shunday ekan har qanday ilmiy ish qilashda albatta ishning maqsad va vazifalarini birinchi o‘rinda belgilab olish kerak. Biz kurs ishimizda ma’lum maqsad va vazifa belgilagan holda shu maqsad vazifadan kelib chiqib, Mavzu doirasida usul va uslubiyotdan foydalandik.


Download 117,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish