D a v o s i. Terida paydo bo‘lgan pufakchalar, eroziyalangan mayda yara-chaqalarga anilin bo‘yoqlari — metilen ko‘ki, brilliant yashili, Hastellani bo‘yog‘i surtiladi. Qoraqo‘tir bo‘lgan joylar, yoriqlar, eroziyalarga sintomitsin emulsiyasi, 1—3 % li oksolin, interferon, bonafton, gos- sipol, florenal malhamlari surtiladi. Namlangan sohalarni quritish va dezinfeksiyalash uchun 1—4 % li kumush nitrat, 1—2 % li pioktanin eritmalari qo‘llaniladi. Og‘iz bo‘shlig‘i yallig‘langanda borat kislota, vodorod peroksid, kaliy per- manganat, etokridin laktat, bikarbonat natriy eritmalari bilan tez-tez chayqab turish buyuriladi. Ikkilamchi infek- siya qo‘shilganda antibiotiklar buyuriladi; maxsus davodan tashqari simptomatik, immunostimular va umumiy davo choralari ko‘riladi. Ayniqsa, genital oddiy uchuqda, kasallik tez-tez qo‘zib turishini va yana qaytadan yuqishi mum- kinligini nazarda tutib uni mukammal davolash talab etiladi. Asiklovirni tabletka (0,2 g dan kuniga 5 mahal) yoki malham holida qo‘llash davolash samarasini oshiradi. Valtreks 500 mg dan kuniga 2 mahal, 5 kun davomida buyuriladi.
Timalin 10—30 mg dan, taktivin 80—100 mg dan bir davo kursiga 8—10 inyeksiya, splenin 1,0 ml dan, pro- digiozon 0,5 ml dan muskullar orasiga yuborish, eleute- rokokk, levomizol ichishga buyuriladi.
O‘rab oluvchi yoki belbog‘simon uchuq
(HERPES ZOSTER)
Kasallikni filtrlanuvchi neyrotrop virus (varicella Zoster) qo‘zg‘atadi. Virus o‘zining juda ko‘p xususiyatlari bilan suvchechak virusiga o‘xshab ketadi. Kasallikning inkubatsion davri 7—8 kun, mustaqil yoki biron-bir boshqa kasallik (o‘sma kasalliklari, zotiljam, plevrit, leykoz, limfogranulematoz va boshqalar) asorati sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.
K l i n i k a s i. Badanning muayyan bir nervi yoki nerv tarmoqlari bo‘ylab giperemiyalangan sohaga pu- fakchalar toshadi. Toshmalar aksariyat tananing bir to- moniga toshadi. Toshmalar toshishdan oldin bemorning ko‘ngli behuzur bo‘lib, boshi og‘riydi, biror nerv o‘zagi bo‘ylab tutib-tutib turadigan og‘riq hamda xuddi shu joy- larning achishib turishi kuzatiladi. Pufakchalar po‘sti qattiq bo‘lib, ichi tiniq suyuqlikka to‘lib turadi, bora-bora su- yuqlik loyqalana boshlaydi.
Pufakchalar bir-biriga qo‘shilib, qator joylashadi, ular atrofi giperemiyalanib, qizarib turadi. Klinik belgilariga qarab o‘rab oluvchi yoki belbog‘simon uchuqning bir necha xili farq qilinadi:
yengil (abortiv);
gemorragik — bunda avvaliga pufakchalar ichi loyqalanib qon-yiring boylaydi, pufakchalar qon bilan to‘lib qoladi;
gangrenoz — yara-chaqa, nekroz, gangrenoz holatlar
kuzatiladi;
bullyoz — bunda pufaklar va pufakchalar uchraydi;
tarqalgan — generalizatsiyalangan uchuq. Pufakchalar ko‘z, quloq, qovurg‘alararo nervlar,shuningdek, bo‘yin, bel nervlari va nerv tarmoqlari bo‘ylab toshadi. Toshmalar og‘iz (II—III shoxli nerv), lab va tanglay shilliq qavatiga toshganda aksariyat yuz va bo‘yin terisi ham zararlanadi; ko‘z sohasiga uchuq chiqishi juda xavfli.
Uchuq toshgan soha qattiq tortishib og‘riydi, pufak- chalar yorilib yara-chaqa, eroziyalar, qo‘ng‘ir-sariq qora- qo‘tir po‘stlar hosil bo‘ladi. 2—3 haftada kasallik alomat- lari yo‘qolib, bemor tuzaladi, ba'zan pufakchalar davriy ravishda yangidan toshib turishi mumkin. Jarohat tuzalib ketgach, xuddi shu joylarda muskullar parezi va nevralgiya seziladi. Pufakchalar o‘rnida ikkilamchi giperpigmentli dog‘lar, og‘ir formalarida esa chandiqli yoki atrofiyali o‘z- garishlar qoladi. 0ovqotish, gripp, sil, saramas, zaharla- nish, aksariyat limfogranulematoz, xavfli o‘smalar, leykoz o‘rab oluvchi uchuqning avj olishiga sabab bo‘ladi. Bun- day holat yilning bahor va kuz oylarida ko‘p uchraydi. Kasallik, asosan, katta yoshli kishilarda kuzatiladi; 10 yosh- gacha bo‘lgan bolalarda kamdan kam uchraydi. Pufakchalar o‘rnida ikkilamchi giperpigmentli dog‘- lar, og‘ir formalarida esa chandiqli yoki atrofiyali o‘z- garishlar qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |