Tergovgа qаdаr tekshiruv orgаnlаri tushinchаsi vа fаoliyati


TERGOVGА QАDАR TEKSHIRUV ORGАNLАRI TUSHINCHАSI VА FАOLIYATI



Download 56,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana21.07.2021
Hajmi56,32 Kb.
#124795
1   2   3
TERGOVGА QАDАR TEKSHIRUV ORGАNLАRI TUSHINCHАSI VА FАOLIYATI

© O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong`in xavfsizligi instituti - 2021

va  qarorlar  qabul  qiladi.  Tergovga  qadar  tekshiruvni  amalga  oshiruvchi  organ

mansabdor shaxsining qarorlari mazkur organ boshligʼi tomonidan tasdiqlanishi

lozim. Boshliqning yozma koʼrsatmalari ularni bajarishni toʼxtatmay turib, ushbu

koʼrsatmalar ustidan prokurorga shikoyat qilishga haqli boʼlgan unga boʼysunuvchi

mansabdor shaxs uchun majburiydir. Prokurorning yozma koʼrsatmalari tergovga

qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshligʼi va uning mansabdor shaxsi

uchun  majburiydir.  Ular  prokurorning  koʼrsatmalaridan  norozi  boʼlgan  taqdirda,

koʼrsatmalarni  bajarishni  toʼxtatmay  turib,  yuqori  turuvchi  prokurorga  ularning

ustidan shikoyat qilishga haqlidir.

       Аmaldagi  JPKga  binoan  tergovga  qadar  tekshiruv  organlari  quyidagi

maqsadlarda  kechiktirib  boʼlmas  tergov  harakatlarini  amalga  oshiradilar:  Oʼz

navbatida,  tergovga  qadar  tekshiruv  organlarining  jinoyat-protsessual  faoliyati

quyidagilarni oʼz ichiga oladi: jinoyatlar haqidagi ariza (xabar)larni koʼrib chiqish va

hal qilish; jinoyat ishini qoʼzgʼatish uchun boshqa sabablarning mavjudligi sababli

tekshiruv  harakatlari,  tergovga  qadar  tekshiruv  oʼtkazish;  surishtiruvchilar  va

tergovchilarning  topshirigʼi  boʼyicha  qidiruv  va  tergov  harakatlarini  amalga

oshirish;  surishtiruvchilar  va  tergovchilarning  oʼzlari  oʼtkazadigan  ayrim  tergov

harakatlarida ishtirok etish. Ilgari amalda boʼlgan JPK boʼyicha tergovga qadar

tekshiruv  organlari,  yaʼni  oldingi  surishtiruv  organlarining  ikki  turdagi  faoliyati

mavjud boʼlgan: surishtiruv organlarining dastlabki tergov oʼtkazish shart boʼlgan

ishlar boʼyicha faoliyati, hamda surishtiruv organlarining dastlabki tergov oʼtkazish

shart boʼlmagan ishlar boʼyicha faoliyati.

    Quyidagi hollarda surishtiruv yuritish muddati oʼtishini kutmasdan surishtiruvchi

ishni darhol tergovchiga oʼtkazishi lozim, basharti: 1) ogʼir yoki oʼta ogʼir jinoyat

aniqlangan  boʼlsa;  2)  muayyan  shaxsni  ayblanuvchi  tariqasida  ishda  ishtirok

etishga jalb qilish uchun asoslar aniqlangan boʼlsa; 3) ishni tugatish uchun asoslar

aniqlangan boʼlsa; 4) tergovchi ishning oʼz yurituviga berilishini talab qilgan boʼlsa.

Tergovga  qadar  tekshiruv  ishini  tergovchiga  oʼtkazish  haqida  qaror  chiqaradi.

Surishtiruvchi bundan keyingi barcha ishlarini tergovchining amaliy rahbarligida

bajaradi.  U  tergovchining  tergov  va  qidiruv  harakatlarini  bajarish  toʼgʼrisidagi

topshiriqlarini ijro etish shartlari, tartibi va muddatlari xususidagi koʼrsatmalariga

muvofiq  bajarishi  shart.  Topshiriqni  belgilangan  muddatda  bajarish  imkoniyati

boʼlmasa,  surishtiruvchi  bu  haqda  tergovchini  xabardor  qiladi  va  bajarish

muddatini uzaytirishni yoki ijro etish shartlari va usullarini oʼzgartirishni iltimos

qiladi.


    Tergovchining talabiga asosan surishtiruvchi tergov harakatlarini yuritishda

unga yordam berishi, shuningdek, jinoyat ishi uchun daliliy ahamiyatga ega boʼlishi

ehtimol  tutilgan  hujjatlar  va  boshqa  materiallarni  tanishib  chiqish  yoki  ishga

qoʼshib qoʼyish uchun taqdim qilishi shart. Tergovchi oʼzining barcha topshiriqlari,

koʼrsatma  va  talablarini  surishtiruvchiga  surishtiruv  organining  boshligʼi  orqali

yuboradi.



     

АZIZ JАNIKULOV, 

“Boshqaruvni tashkil etish

 nazorat va huquqiy taʼminot” 

 kafedrasi oʼqituvchisi, 

 podpolkovnik

Download 56,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish