ezofagogastroduodenoskopiya. Endoskop yordamida a’zolarning ichki yuzasini ko‘zdan kechirish bilan tekshirish. Endoskopning biopsiya qiluvchi moslamasi bilan tekshirilayotgan a’zodan kichik bir bo‘lak kesib olinib, gistologik tekshiruvga jo‘natiladi.
Bemor tekshiruvdan bir kun oldin kechqurun soat 18.00 dan keyin ovqatlanmasligi kerak. Tekshiruv ertalab nahorda o‘tkaziladi. Bu usul qizilo‘ngach, me’da va o‘n ikki barmoq ichak shilliq qavatida yaralar, o‘smalar, kengaygan venalar, chandiqlar, qonab turgan joyni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |