asbob-uskunalar yordamida tekshirish. Asboblar bilan tekshirish
usullariga har xil apparatlardan foydalanib tekshirishlar kiradi.
Me’da va o‘n ikki barmoq ichak rentgenoskopiyasi. Rentgenokon trast modda sifatida bariy sulfat emulsiyasi qo‘llaniladi. Bemorni tekshiruvga hamshira tayyorlaydi. Bemor tekshiruvdan bir kun oldin (soat 20 dan keyin) ovqatlanmasligi va suyuqlik ichmasligi kerak. Bemor ovqatidan gaz hosil qiluvchi mahsulotlarni tekshiruvdan 3 kun oldin istisno qilish kerak. Kechqurun va ertalab, tekshiruvdan 2 soat oldin tozalovchi huqna o‘tkaziladi.
Rentgenoskopiya yordamida me’da va ichaklardagi yallig‘lanishni, anomaliyalarini, yara, rak, poliplarni, shuningdek chandiqli o‘zgarishlarni aniqlash mumkln.
Do'stlaringiz bilan baham: |