Rahn atamasi bilan garov yoki zakladni tushunish mumkin. Rahn – bu kafolatni ta’minlashga asoslangan bank mahsuloti. Shartnoma bo‘yicha mijoz o‘z mulkini garovga qo‘yib, kredit oladi. Bunday zaklad shartnomasining o‘ziga xos xususiyati shundaki, garovga qo‘yilgan mulkka egalik huquqi o‘zgarmaydi, ya’ni qarzdor garovga qo‘ygan mulkidan butun shartnoma muddatida ham foydalana oladi. Faqat qarzdor qarzni uzolmagan taqdirda, garov mulkini sotish orqali mulk egasi huquqi boshqa shaxsga o‘tishi mumkin. Qarzdor garovga qo‘yilgan mulk qiymati va mulkining qarz miqdoriga mos qismi bo‘yicha butun majburiyatni o‘z zimmasiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |