Vadia tamoyili Vadia yoki ishonch vazifalarini bajarish mulk egasi va ikkinchi tomon o‘rtasidagi shartnoma bo‘lib, mulk egasining ikkinchi tomonga o‘z aktivlarini omonat saqlash va foydalanishga berishga roziligini ifodalaydi. Vadia shartnomasiga ko‘ra mulk egasi o‘z mulkini asrash va kafilligini beruvchi vakolatli shaxsni tayinlaydi. Ishonchli (vakolatli) shaxs aktiv egasi yoki uning oila a’zolari tomonidan tayinlanishi mumkin. Agar vakolatli shaxs mulkni saqlashga olganligini rad etsa yoki uni qaytarishdan bosh tortsa, unga o‘zgalar mulkini noqonuniy saqlaganlik aybi qo‘yiladi va o‘z harakatlari uchun javob beradi. Agar vakolatli shaxs saqlash uchun berilgan mulkni o‘z mulkiga qo‘shib yuborgan bo‘lsa, bu holatda ham uning harakatlariga huquqiy baho beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |