Tenglamalar tizimi ko‘rinishidagi ekonometrik model.
Reja:
1. Tenglamalar tizimi ko‘rinishidagi ekonometrik modellarni tuzishga bo‘lgan sabablar.
2. Tenglamalar tizimi ko‘rinishidagi ekonometrik modellarga doir misollar.
3. Tenglamalar tizimi ko‘rinishidagi ekonometrik modellar turlari.
1. Tenglamalar tizimi ko‘rinishidagi ekonometrik modellarni tuzishga bo‘lgan sabablar
Avvalgi mazvularda biz quyidagi ko‘rinishdagi ekonometrik modellarni qayd etgan edik va keltirilgan 1- va 2-turlari hamda ularning xususiyatlari bilan tanishib chiqdik.
1. Y = f(t) – vaqtli qatorlar ko‘rinishidagi ekonometrik model.
2. Y = f(x1, x2, …, xn) – ko‘p omilli ekonometrik model.
3. – tenglamalar tizimi ko‘rinishidagi ekonometrik model.
Bugungi mavzuimizning asosiy maqsadi - tenglamalar tizimi ko‘rinishidagi ekonometrik modellarni tadqiq qilishdan iborat.
Ekonometrikaning tadqiqot ob’ektlaridan biri bo‘lib, murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar hisoblanadi. O’zgaruvchilar o‘rtasida bog‘liqliklar zichligini o‘lchash, bir-biridan ajratilgan regressiya tenglamalarini tuzish orqali bunday murakkab tizimlarni ifodalash va ular faoliyat ko‘rsatish mexanizmini tushuntirib berish uchun yetarli emas. Masalan, iqtisodiy hisob-kitoblar uchun ayrim regressiya tenglamalaridan foydalanishda, ko‘p hollarda argumentlarni (omillar) bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zgartirish mumkin deb faraz qilinadi. Ammo, bu faraz doimo ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi: qoidaga ko‘ra bitta o‘zgaruvchining o‘zgarishi, boshqa o‘zgaruvchilarning o‘zgarishlarisiz amalga oshmaydi. Uning o‘zgarishi butun tizimdagi barcha o‘zaro bog‘liq belgilarning o‘zgarishiga olib keladi. Bundan shu kelib chiqadiki, alohida olingan ko‘p omilli regressiya tenglamasi natijaviy o‘zgaruvchi variatsiyasiga alohida olingan belgilarning haqiqiy ta’sirini xarakterlab bera olmaydi. Aynan shuning uchun ham iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlarda o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi bog‘lanishlar tarkibini bir vaqtli tenglamalar yoki tarkibiy tenglamalar sifatida ifodalash masalalari muhim o‘rinni egallamoqda. Masalan, agar talabning modeli tovar narxi va iste’mol qilinadigan tovarlar miqdori nisbati sifatida o‘rganilayotgan bo‘lsa, u holda talab hajmini prognozlash uchun bir vaqtning o‘zida tovarlar taklifi modeli ham zarur bo‘ladi. Tovarlar taklifi modelida taklif qilinayotgan tovarlar miqdori va ularning narxi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ham ko‘rib chiqiladi. Bu esa tovarlar bo‘yicha talab hajmi va taklif hajmi o‘rtasida muvozanatga erishishga imkon beradi.
Boshqa misol keltiramiz. Ishlab chiqarish samaradorligini baholashda faqatgina rentabellik modeli bilan xulosa chiqarish mumkin emas. Ushbu jarayonda mehnat unumdorligi modeli, shuningdek, mahsulotning bir-birligi tannarxi modeli bilan to‘ldirilishi lozim.
Mikrodarajadagi tadqiqotlardan makrodarajadagi hisob-kitoblarga o‘tishda o‘zaro bog‘liq tenglamalar tizimidan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj darajasi yanada ortib boradi. Milliy iqtisodiyot modeli o‘z ichiga quyidagi tenglamalar tizimini oladi: iste’mol, investitsiyalar, ish haqi funksiyalari hamda daromadlar tengsizligi va h.k. Bu shu bilan bog‘liqki, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar iqtisodiyot holatining umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlari bo‘lib, ko‘p hollarda bir-biri bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, iqtisodiyotda pirovard iste’molga xarajatlar yalpi milliy daromadga bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga yalpi milliy daromad miqdori investitsiyalar funksiyasi sifatida qarab chiqiladi.
Shuning uchun ham iqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilishda ularni ifodalash uchun faqat ayrim olingan bitta tenglama yetarli bo‘lmaydi. Bundan tashqari, ayrim o‘zgaruvchilar bir-biri bilan shunchalik o‘zaro bog‘langanki, ulardan qaysi biri bog‘liq o‘zgaruvchi, qaysi biri bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchi ekanligini aniqlash murakkab bo‘ladi. Shuning uchun ham bunday holatlarga aniqlik kiritish uchun tenglamalar tizimi ko‘rinishidagi ekonometrik modellarga murojaat qilinadi.
Bundan tashqari ko‘plab iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasida teskari bog‘lanishlar mavjud. ko‘rinishidagi bog‘liqlik bilan bir qatorda ko‘rinishidagi bog‘liqlik ham mavjud.
Ushbu holat o‘zgaruvchi va qoldiqlar miqdori o‘rtasida bog‘liq bo‘lmaslik to‘g‘risidagi farazni buzilishiga olib keladi, ya’ni
.
Ekonometrik model o‘zagruvchilar o‘rtasida munosabatlar to‘plamini ko‘rsatadi, ushbu munosabatlar esa iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ifodalaydi. Mazkur o‘zaro bog‘liqliklar stoxastik hamda deterministik xarakterga ega bo‘lishi mumkin.
Bir vaqtli tarkibiy tenglamalar tizimi qoidaga ko‘ra chiziqli munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Nochiziqli munosabatlar odatda chiziqli tenglamalar bilan approksimatsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |