Mavzuning maqsadi. Qo‘shma gaplar va ularning turlari hamda qo‘shma
gap hosil qiluvchi komponentlarni tahlil qilish va u orqali o‘quvchilar nutqini
o‘stirish asosiy maqsad hisoblanadi.
Mavzuning vazifasi. Qo‘shma gaplarni va ularning turlarini o‘tish
jarayonida qo‘llanadigan metod va usullarni tavsiya qilish hamda zaruriy
grammatik o‘yin topshiriqlarni ishlab chiqish asosiy vazifasi sanaladi. Shuningdek,
qo‘shma gap mavzusini o‘quvchilar ongiga yetkazdirish maqsadida o‘quvchilarga
qo‘shma gap turlari bo‘yicha gap tuzish hamda badiiy qo‘shma gapning turlariga
misol toptirish ham ishning asosiy vazifalaridan sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |