Temurnoma” asarida qo’llangan shaxs nomlarining gender xususiyatlari asqarova Manzura Baxtiyor qizi Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti Annotatsiya



Download 30,76 Kb.
bet2/5
Sana11.03.2022
Hajmi30,76 Kb.
#491234
1   2   3   4   5
Bog'liq
Konferensiyaga FarDU

Main part: Bu fanning tadqiq manbai – tilning gender xususiyatlarini o‘rganish bo‘lib, bunda ikki masala: ayollar va erkaklar nutqining tafovutlari hamda o‘ziga xos xususiyatlari; til tizimida erkaklik va ayollik belgilari bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalovchi til birliklariga e’tibor qaratiladi. Diskursning gender xususiyatlari haqida gap ketganda ayollar va erkaklar nutqida qo‘llaniluvchi leksemalarni qiyoslash ham alohida ahamiyat kasb etadi. Tilshunoslarning kuzatishlaricha, tildagi yangilanish jarayonlari ayollarga nisbatan erkaklar tomonidan tez qabul qilinib, ilmiy va kasb-hunarga oid yangi leksemalar erkaklar nutqida ko‘proq va faolroq qo‘llanadi.
Ayol kishi tabiatan nozik yaratilganligi sababli, suhbat jarayonida ham jozibador va bo‘yoqdor leksemalarni, shaxsiy munosabat ifodalovchi so‘zlarni, ayniqsa, ijobiylik semasiga ega bo‘lgan leksemalarni ko‘p qo‘llaydi. Masalan, Tegina begim aydi: “bu o’lg’an kishi erim bo’lur... man qo’rqqanimdan quduqqa tushub kettim”. (Temurnoma 48-bet) Odatda suhbat predmeti bir oz bo‘rttirilgan holda ko‘rsatiladi. So‘zlashuv jarayonida ayollarda emotsionallik kuchliroq bo‘ladi: hayratlanish,o’tinish”(yalinish), sevinish, hafa bo‘lish, qo‘rqish kabi ruhiyfiziologik holatlar yorqinroq aks etadi.Tegina begim moh ko’b zori qilib aydi: “Ey bobo, mani o’ldurmoqni qanday xohlayursan, manda gunoh bo’lsa, qornimdagi bolaning nima gunohi bor?” (Temurnoma 48-bet) yuqoridagi misolda ham ruhiy fiziologik holat yaqqol namoyon bo’lmoqda.
Tilimizda shunday so‘z va iboralar borki, ular faqat erkaklar yoki ayollar tomonidangina qo‘llanilishi mumkin. Ayollar nutqi erkaklar nutqidan fonetik, leksik va grammatik jihatdan ancha farq qiladi. Ammo bundan maxsus ayollar tili yoki erkaklar tili mavjud degan xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
Tilshunoslikda gender masalalarini o‘rganishda nutqiy faoliyatning barcha ko‘rinishlari: yozma va og‘zaki matnlar tadqiqot obeykti bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Dunyo tilshunosligida bu masalalarga bag‘ishlangan ishlar anchagina. Til va gender muammosi tadqiqida diskursga alohida ahamiyat berilishiga sabab aynan so‘zlashuvda ayollik va erkaklik belgilari bilan shartlangan ko‘plab hodisalar, jumladan, nutqning ayol yoki erkaklarga xos xususiyatlari voqelanadi. Shu jihatdan diskursning gender xususiyatlarini ochib berish juda qiziqarli ma’lumotlarni beradi. Tilshunoslikda an’anviy tahlil usullarida kuzatishlar olib borilishi bilan birgalikda, uni sotsiologiya, psixologiya hamda boshqa fanlar bilan bog‘lovchi yangi tahlil usullariga qiziqish kuchaymoqda. Bu tahlil usullari bilan bog‘liq tilshunoslikda yangi zamonaviy yo‘nalishlar paydo bo‘lmoqda. Ana shunday yo‘nalishlardan biri – lingvogenderologiyadir. Bu fanning tadqiq manbai – tilning gender xususiyatlarini o‘rganish bo‘lib, bunda ikkita masala: ayollar va erkaklar nutqining tafovutlari hamda o‘ziga xos xususiyatlari; til tizimida erkaklik va ayollik belgilari bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalovchi til birliklariga e’tibor qaratiladi. Tilshunoslikda gender masalalarini o‘rganishda nutqiy faoliyatning barcha ko‘rinishlari: yozma matn va og‘zaki nutq tadqiqot obyekti bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Dunyo tilshunosligida bu masalalarga bag‘ishlangan ishlar anchagina. Til va gender muammosi tadqiqida diskursga alohida ahamiyat berilishiga sabab aynan so‘zlashuvda ayollik va erkaklik belgilari bilan shartlangan ko‘plab hodisalar, jumladan, nutqning ayol yoki erkaklarga xos xususiyatlari voqelanadi. Shu jihatdan diskursning gender xususiyatlarini ochib berish juda qiziqarli ma’lumotlarni aniqlash imkonini beradi. “Diskurs” atamasi fransuz tilidan olingan bo‘lib (discours), matnning og‘zaki so‘zlashuv shakli, dialog, bir-biriga ma’no jihatidan bog‘langan mulohazalar yig‘indisi, nutqiy asar ma’nolarini bildiradi. O‘zbek tilida amalga oshirilgan tadqiqotlarda diskurs atamasi ko‘proq og‘zaki matn ma’nosini bildiradi. Har qanday talqinda ham diskurs matn tushunchasi bilan uzviy aloqador. Ta’kidlash joizki, tilshunoslikda diskurs va matn tushunchalarining o‘zaro munosabati masalasi ilmiy munozaraga ham sabab bo‘lgan. Shu o‘rinda tilshunos Sh.Safarovning quyidagi fikrlari asoslidir: “Ma’quli, qiyoslanayotgan bu ikki hodisani “giperonim” – “giponim” munosabatida o‘rganishdir. Diskurs inson ongli faoliyatining ma’lum bir turi, turkumi bo‘lsa, matn uning bir ko‘rinishidir. Diskurs kategoriyasining bu xildagi keng ma’noda, umumlashtiruvchi mazmunda talqin qilinishi muloqot tizimi, inson ongli faoliyati bilan qiziquvchi boshqa fan sohalari – falsafa, sotsiologiya, psixologiya, kibernetika kabilar uchun allaqachonlar e’tirof etilgan qoidadir”.

Download 30,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish