7. Ichki chizilgan va tashqi chizilgan piramidalar
Konusga ichki chizilgan piramida deb asosiy konus asosidagi aylanaga ichki chizilgan ko’p burchak bo’lib, uchi esa konusni uchida bo’lgan piramidaga aytiladi. Konusga ichki chizilgan piramidaning yon qirralari konusning yasovchilari bo’ladi.
Bundan piramida konusga ichki chizilganligi to’g’risida xulosa chiqadi: bu konusning uchi piramidaning uchi, asosi esa markazi O va radiusi R dan iborat doiradir.
Konusni yasovchisi va bu yasovchini o’z ichiga olgan o’q kesim tekisligiga perpendikulyar tekislik konusga urinma tekislik deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |