Temirov Asror Akramjon o’g’li Oddiy superfosfat olishda kamerali usulini tadqiq qilish



Download 452,32 Kb.
bet9/20
Sana14.04.2022
Hajmi452,32 Kb.
#549946
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
oddiy superfosfat olishda kamerali usulini tadqiq qilish. (8)

Ammoniylashtirish. Superfosfat sifatini yaxshilashning usullaridan yana biri bu uning ammoniylashtirilishidir, ya’ni erkin fosfat kislotani ammiak gazi bilan
neytrallashdir. Ammoniylashgan superfosfat gigrosko’ik bo’lmagan, quruq, yo’ishmaydigan kukundir. Uning tarkibidagi azot esa kerakli ozuqa elementidir. Superfosfat tarkibidagi erkin fosfat kislotani gaz holatidagi ammiak bilan neytrallash jarayonida dastlab monoammoniyfosfat hosil bo’ladi:
H3PO4 + NH3 = NH4H2PO4
Neytrallanish issiqligining ajralishi hisobiga massaning harorati 80-90OC gacha ko’tariladi va buning hisobiga superfosfat birmuncha quriydi. Bunda suvda eriydigan P2O5 miqdori kamaymaydi.
Nisbatan kuchliroq ammoniylashtirish natijasida hosil bo’lgan diammoniyfosfat kalsiy sulfat bilan ta’sirlashib, dikalsiyfosfatga aylanadi:
H3PO4 + 2NH3 = (NH4)2HPO4 (NH4)2HPO4 + CaSO4 = CaHPO4 + (NH4)2SO4
Monokalsiyfosfat ham dikalsiyfosfatga aylanadi:


Ca(H2PO4)2*H2O + CaSO4 + 2NH3 = 2CaHPO4 + (NH4)2SO4 + H2O

Bunday chuqur ammoniylashtirish natijasida superfosfatdagi suvda eriydigan P2O5 miqdori anchagina kamayadi, ammo o’zlashadigan P2O5 miqdori sezilarli o’zgarmaydi. Ammoniylashtirishni yanada davom ettirish P2O5 retrogradatsiyasiga olib keladi – dikalsiyfosfat o’simliklar qiyin o’zlashtiriadigan trikalsiyfosfat shakliga aylanadi:


2CaHPO4 + CaSO4 + 2NH3 = Ca3(PO4)2 + (NH4)2SO4

Shuning uchun superfosfatning ammiak bilan neytrallash natijasida tarkibida 2% atrofida azot bo’lgan mahsulot olinadi. Tarkibida ko’p miqdorda (8% gacha) azot tutgan ammoniylashtirilgan superfosfat olishda neytrallovchi vosita sifatida suyuq ammiakatlar qo’llaniladi.


Superfosfatni ammoniylashtirish aylanuvchi barabanli ammoniylashtirgichga uzluksiz ravishda superfosfat kiritish va uning yo’nalishi bo’yicha oqimda gaz holatdagi ammiak yuborish orqali amalga oshiriladi.
Ammiakning me’yori superfosfat massasining 2% ini, uning yutilish darajasi esa 97-99% ni tashkil etadi. Ammoniylashtirishda hosil bo’ladigan guvala holatdagi superfosfat elanadi va maydalanadi.
Qoratog’ fosforitidan olinadigan superfosfat ni ammoniylashtirish ayniqsa samarali hisoblanadi. Bunda kalsiy va magniy fosfat tuzlarining eritmadan to’la ajralishi kuzatiladi va 25OC gacha sovutilganda nafaqat monokalsiyfosfat kristallanadi, balki magniy va ammoniy fosfatlari ham turli xil ikkilamchi va uchlamchi tuzlar kristallogidratlari holatida ajralib chiqadi. Shuning uchun Qoratog’ fosforitidan olinadigan superfosfat ni ammoniylashtirish natijasida yaxshi fizik xossaga ega bo’lgan mahsulot olinadi.

    1. Download 452,32 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish