belgilangan.
Ikkinchi bosqich reaktsiyaning tugallanishi arafasida ham monomagniyfosfatning eruvchanligi katta bo’lganligi uchun suyuq faza uning bilan to’yinmagan holatida qoladi, ammo u to’la eritmada bo’ladi va fosfat kislotaning neytrallanish darajasi kutilganidan ko’ra nihoyatda katta bo’ladi. Monomagniyfosfat fosfat kislota bilan bufer aralashma hosil qiladi, Mg2+ va H2PO4- ionlariga dissotsilanadi, bu esa fosfat kislotaning N+ va H2PO4- ionlariga dissotsilanishini susaytiradi. Shu sababga ko’ra xomashyoning parchalanishini ikkinchi bosqich jarayonidayoq keskin pasaytiradi, uning uchinchi bosqichdagi tezligi esa butunlay kamayadi.
Yuqorida ta’kidlanganlarni, shuningdek monomagniyfosfatning gigrosko’ikligini e’tiborga olinsa, u Qoratog’ fosforitidan olingan superfosfatning fizik xossalarini yomonlashtiradi. Shuning uchun fosforitlarni oldindan magniy birikmalarining bir qismini yo’qotish orqali boyitish maqsadga muvofiqdir. Ishlatiladigan xom ashyoda magniyning miqdori P2O5 miqdorining 6-8% idan ortib
ketmasligi lozim. Qoratog’ fosforitidan olinadigan superfosfat uchun ombordagi
o’timal harorat (65-80OC) apatit yoki magniy tutmagan fosforitlardan olinadigan superfosfatlarga nisbatan ancha yuqori bo’ladi. Bu holatda superfosfat massasining sovishi parchalanish jarayonini tezlashtirmaydi, balki sekinlashtiradi. Buning sababini yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, suyuq fazaning yuqori darajada neytrallanganligi va haroratning pasayishi bilan monomagniyfosfat eruvchanligining kamaymasligi bilan izohlanadi.
Tarkibida 27,5% P2O5, 6,6% CO2 va 2,5% P2O3 bo’lgan Qoratog’ fosforitini 68% li sulfat kislota bilan 64 og’irlik qism stexiometrik me’yorda parchalash yo’li bilan olingan kukunsimon oddiy superfosfatda xom ashyoning parchalanish darajasi 90% ga yetadi va mahsulot quyidagi tarkibga ega bo’ladi: P2O5umum. = 15,6%; P2O5o’zl. = 14,0%; P2O5erkin = 5,0%; H2O = 10,5% [11,12].
Ishlab chiqarish ko’rsatkichlari. Superfosfat ishlab chiqarishda fosfatli xom ashyo parchalanishining to’laligi parchalanish koeffitsienti, ya’ni superfosfatdagi o’zlashadigan P2O5 ning umumiy P2O5 miqdoriga nisbati orqali talqin etiladi. Sulfat kislota me’yori qanchalik katta bo’lsa, parchalanish koeffitsenti ham shunchalik yuqori bo’ladi. 68-72 og’irlik qism me’yorida apatit kontsentratidan olingan kamerali superfosfatdagi parchalanish koeffitsenti 83-88% ga teng va superfosfatda ma’lum miqdordagi (11-12%) erkin fosfat kislota bo’ladi. Superfosfat ning ombordagi yetiltirish jarayonida esa parchalanish koeffitsenti 93- 95% ga yetadi, erkin fosfat kislotasi esa 5% gacha kamayadi.
Olingan superfosfat miqdorining uni ishlab chiqarish uchun sarflangan fosfat miqdoriga nisbati superfosfat unumi deyiladi. Vaholanki, fosfatdagi P2O5 to’laligicha superfosfatga o’tadi, shuning uchun unum fosfatdagi P2O5 ning foiz miqdorini mahsulotdagi umumiy P2O5 ning foiz miqdoriga nisbati bilan ifodalanadi. Apatit kontsentratidan yangi hosil qilingan superfosfatning unumi 1,94-2,01 ni, fosforitdan olingan superfosfat unumi esa 1,5-1,9 ni tashkil etadi. Superfosfatni omborda saqlanishi natijasida undan suvning bug’lanishi hisobiga unum ma’lum darajaga pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |