Temirbeton
konstruksiyalar
Temirbeton konstruksiyalar — temirbetonlai tayyorlangan elementlar va ularning birikmalari.
Tayyorlanish usuliga koʻra, monolit (yaxlit), yigʻma va yigʻmakuyma xillari boʻladi. Temirbeton
konstruksiyalar k. yangi paydo boʻlgan davrlarda (19-asr oxiri, 20-asr boshlari) monolit varianti
kengtarkaldi. 20-asr oʻrtalaridan boshlab yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. ham paydo
boʻla boshladi. Endilikda qurilishni yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. siz tasavvur etib
boʻlmaydi.
Monolit Temirbeton konstruksiyalar k. poydevorlar, gidrotexnika va melioratsiya inshootlari,
rezervuarlar, suv bosimi minoralari, bunker va silos minoralari qurishda ishlatiladi. Ayniqsa,
zilzilabardosh imoratlarni qurishda juda qoʻl keladi, chunki poydevor, ustun, toʻsin va
yopmalarning yaxlit holda ishlanishi binoning zilzila bardoshligini taʼminlaydi.
Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. ixtisoslashgan zdlarda, mexanizatsiyalashgan ochiq
poligonlarda yoki qurilish maydonlarida tayyorlanadi va inshoot kuriladigan joyga tashib
keltirilib, koʻtarish kranlari vositasida yigʻiladi (montaj qilinadi). Yigʻma Temirbeton
konstruksiyalar k. ning monolit konstruksiyalardan afzalligi shundaki, qolip tayyorlash uchun
ketadigan mehnat va yogʻoch sarfi bir necha marta qisqaradi (Oʻzbekistonda yogʻoch kamligi
uchun buning ahamiyati katta), qurilish muddati kamayadi va narxi ham ancha arzonlashadi,
konstruksiyalarning sifati ortadi.
Metall va yogʻoch konstruksiyalarga nisbatan yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k.
chidamliligi, olovbardoshligi hamda zanglashga chidamliligi bilan farqlanadi. Sanoat, uyjoy va
fuqaro qurilishi uchun temirbeton qoziqlar, poydevor bloklari, ustunlar, toʻsinlar, ferma
elementlari, tom, orayopma va devor panellari, kranosti toʻsinlari, zinapoya marshlari va
maydonchalari, balkon va karniz plitalari, deraza va eshik oʻrni panellari, sarbasta (tepadon),
deraza osti plitalari va boshqa ishlab chiqariladi. Sanoat binolarining 85% ini yigʻma
Temirbeton konstruksiyalar k. tashkil etadi. Yoʻltransport qurilishi uchun temirbeton shpallar,
koʻpriklarning yigʻma elementlari, yoʻlovchi va yuk tashish platformalari detallari, oqova suv
quvurlari va ariqlari, avtomobil yoʻllariga toʻshaladigan yigʻma plitalar va boshqa ishlab
chiqariladi.
Gidrotexnika inshootlari uchun qobiq plitalar; q. x. qurilishi uchun ustunlar, toʻsinlar, turli xil
plitalar, molxonalar hamda issiqxonalar, yem saqlanadigan transheyalar uchun kerakli
detallar, quduqlar uchun xalkalar va boshqa ishlab chiqariladi. Bulardan tashqari bosim ostida
yoki bosimsiz ishlaydigan temirbeton quvurlar, elektr va aloqa simlari uchun temirbeton
ustunlar ham tayyorlanadi. Bunday mahsulotlarning aksariyati standart oʻlchamlarda
bajariladi. Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. uchun betonning mustahkamligi yuqori
boʻlgan turlari (V20— V40)dan foydalaniladi. Temirbeton elementlarning choʻziladigan
zonalariga qoʻyiladigan armaturalar oldindan zoʻriqtirilsa (tortib taranglashtirilsa), Temirbeton
konstruksiyalar k. ning yoriqlar hosil boʻlishiga qarshiligi ortadi. Choʻzuvchi kuchlanishlar
paydo boʻladigan konstruksiyalar (egiluvchan elementlar, quvurlar, rezervuarlar, minoralar va
boshqalar) da oldindan zoʻriqtirilgan armaturali temirbetondan foydalanish yaxshi samara
beradi. Krlipga quyilgan beton qorishmasi mexanizatsiyalashgan usulda zichlashtiriladi.
Koʻpincha (ayniqsa, oldindan zoʻriqtirilgan konstruksiyalarni tayyorlashda) armaturaning oʻta
mustahkam xillaridan, tez qotuvchan sementlardan foydalaniladi; betonning qotishini
tezlashtirish uchun maxsus kameralarda bugʻlantiriladi. Yigʻmaquyma (monolit) Temirbeton
konstruksiyalar k. yigʻma elementlarning kuyma beton bilan mustahkam birikmasi. Bunda
barcha tarkibiy qismlar birgalikda ishlaydi, konstruksiyaga qoʻyiladigan yuk barcha
elementlarga tekis taqsimlanadi; Temirbeton konstruksiyalar k. ning yaxlitligi taʼminlanadi.
Temirbeton konstruksiyalar k. ning yuk koʻtarish imkoniyati boʻyicha hisoblash nazariyasi
oʻzining rivojlanish jarayonida 3 asosiy davrni bosib oʻtdi. Birinchi — dastlabki davrda
Temirbeton konstruksiyalar k. ni hisoblashda ruxsat etilgan kuchlanishlar nazariyasidan
foydalanilgan. Bu nazariya materiallar qarshiligi fanining formulalariga asoslangan edi.
Rivojlanishning ikkinchi davri A. F. Loleyt va A. A. Gvozdevning ilmiy ishlaridan boshlandi
(1931). Bu ishlar asosida yaratilgan buzilish bosqichi nazariyasi 1938—55 yillarda qurilish
meʼyorlarida asosiy qisoblash nazariyasi boʻlib keldi. Shu davr mobaynida Temirbeton
konstruksiyalar k. larining mustahkamligi shu nazariya asosida hisoblanib kelindi.
Rivojlanishning uchinchi davrida (1955 yildan) yangi usul — chegaraviy holatlar boʻyicha
hisoblash usuli yaratildi. Bu usul hozirgi kunda ham qoʻllaniladi va davr talabiga moye
ravishda yil sayin takomillashib boradi. Zamonaviy qurilish texnologiyasining muhim
vazifalaridan biri temirbeton, shu jumladan, yengil Temirbeton konstruksiyalar k. yaratish va
amalda joriy etishdan iborat.