Әжинияз атындағы Нөкис мәмлекетлик педагогика институтының.
Педагогика ҳәм психология факультети
Педагигока ҳәм психология қәнигелигиниң сыртқы бөлими 4-курс студенти
Темирбекова Айнураның
“Педагогик конфлектология" пәнинен таярлаған
ӨЗ БЕТИНШЕ ЖУМЫСЫ
2021-жыл
Pedagogik konfliktologiyaning fan sifatida rivojlanishi
Reja:
1. Pedagogik konfliktologiya fanining maqsad va vazifalari.
2. Pedagogik konfliktologiya fanining rivojlanish bosqichlari.
3. Pedagogik konfliktologiya fanining boshqa fanlar bilan integratsiyasi.
Pedagogik jarayon o’ziga hos murakkab ijtimoiy tuzilma bo’lib, shahslararo aloqalarning doimiy jarayonidan iboratdir. Albatta, bu jarayonda ikki sub’ekt o’rtasidagi munosabatlarni ijobiy shakl doirasidan chetga chiqish holatlari ham kuzatiladi. Pedagogik jarayonda shahslararo munosabatlarning keskinlashuvi natijasi sifatida konfliktlarning юzaga kelishi kuzatiladi. Konflikt o’zi nima? Bu fan o’rganuvchi ob’ektlar nimalardan iborat? Konfliktlarni kelib chiqishini, sabab va oqibatlarini o’rganuvchi fan “Konfliktologiya” bo’lib, u lotincha “conflictus” – to’qnashuv demakdir. Fan nuqtai-nazaridan ilk marotaba konfliktni ilmiy o’rganish davlat hokimiyati, jamiyat a’zolari hamda alohida ijtimoiy guruhlar orasidagi ziddiyatlarni o’rganishdan boshlangan. Keyinchalik ilmiy qiziqishlarni ortib borishi bilan ijtimoiy, siyosiy, milliy, guruhlararo va shahslararo konfliktlar fan ob’ektiga aylana boshladi. Konfliktologiya XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fan sifatida shakllana boshlagandan so’ng, jamiyatda konfliktning tutgan o’rni o’rganish jamiyat hayotida juda muhimligi sababli, etnik va guruhlararo konfliktli munosabatlarni o’rganish, sistematik asosda ularni tahlil qilish va o’zaro to’ғri echimga kelish zaruriy ehtiyojlardan biriga aylandi. Pedagogik konfliktologiya fanining maqsadi - konfliktlar, hususan pedagogik konfliktlarning kelib chiqish sabalari, ularni bartaraf etish yo’llari va pedagogik jarayondaga konfliktlarning oldini olish yo’llarini o’rganish, tamoyillarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishdan ibort. Pedagogik konfliktologiya fani mustaqil fan sifatida o’rganilishiga qaramay uning rivojlanishi qator pedagogik turkum fanlar, hususan, pedagogika, ijtimoiy pedagogika, pedagogika tarihi, qiyosiy pedagogika, shuningdek, anatomiya va fiziologiya, psihologiya, sotsiologiya, falsafa, tarih, huquq va boshqa ijtimoiy fanlar bilan yaqin aloqadorlikda o’rganiladi.
Pedagogik jarayon o’ziga hos murakkab ijtimoiy tuzilma bo’lib, shahslararo aloqalarning doimiy jarayonidan iboratdir. Albatta, bu jarayonda ikki sub’ekt o’rtasidagi munosabatlarni ijobiy shakl doirasidan chetga chiqish holatlari ham kuzatiladi. Pedagogik konflikt- pedagogik jarayonda shahslararo munosabatlarning keskinlashuvi natijasi sifatida юzagi keluvchi muamoli vaziyatdir.Bunda shahslararo konflikt qoloq lider va guruhda e’tibor qozonayotgan ikkinchi lider o’rtasida vujudga kelishi kuzatiladi. Konfliktli vaziyat guruhdagi ikki lider o’rtasida vujudga kelib, ular konfliktga nafaqat o’zlarini, balki tarafdorlarini ham tortishi mumkin. Bu esa konfliktik eskalyatsiyani, ya’ni uni miqyosini kengayishiga sabab bo’ladi. Ayrim hollarda ikki lider o’rtasidagi kofliktga tortilgan tarafdorlar hududiy manfaatlar doirasida юzaga kelsa, shahslararo konfliktning ko’lami etnik yoki hududiy mojarolar darajasigacha ko’tarilishi mumkin. SHuningdek, qizlar va yigitlar orasidagi shahslararo konfliktlar salbiy hislatlarni namoyon qilishda hamda quyi bosqich talabalariga nisbatan qo’pol muamomilada bo’lish natijasida ham vujudga kelishi mumkin. Pedagogik jarayonni asosiy boshqaruvchisi o’qituvchi bo’lib, tizim doirasida faoliyatni amalga oshirishda talaba, ya’ni sub’ekt bilan aloqada konfliktli muhitlar юzaga kelishi mumkin. O’qituvchi va talaba o’rtasidagi shahslararo konfliktlar юqori bosqich talabalari bilan ko’proq sodir bo’ladi. Pedagogik konfliktlar namoyon bo’lish darajasiga qarab shahslararo va guruhli konfliktlarga bo’linadi. Bu konfliktlarni batraraf etishda samarali uslublarni ishlatgan holda muammo echimiga kelish mumkin. Jumladan, shahslararo konfliktli muhitda pedagogik choralar sifatida suhbat, tushuntirish, shahslararo munosabat madaniyati haqida tushuncha berish, psihologik ta’sir, egoizm va agressiv holatdan voz kechish hisobiga shakllanadigan muhit haqida tushuntirish; ma’muriy choralar: tizimda o’zgarish qilish, konflikt ishtirokchilarini turli guruhlarga tarqatib юborish, o’quv jarayonini vaqtini o’zgartirish va boshqalarni, guruhlararo konfliktli muhitda guruhni o’zaro munosabatlarini tahlil qilish (liderlikka bo’lgan intilish, ijtimoiy tenglikni), konfliktning yashirin alomatlarini topish va guruhdagi me’yorlarni buzilishini aniqlashlozim.
Nizodan pedagogik jarayonda mohirona foydalanish uchun albatta nazariy bilimlarga ega bo’lish kerak: uning dinamikasini va uning barcha tashkil qiluvchilarini yaxshi bilish kerak. Nizoli jarayon to’g`risida faqatgina hayotiy tasavvurlarga ega bo’lgan insonga nizodan foydalanish tehnologiyasi to’g`risida gapirish foydasizdir. Nizo – istaklari, qiziqishlari, qadriyatlari yoki tushunchalari mos kelmasligi sababli юzaga keladigan ikki yoki undan ortiq sub’ektlar o’rtasidagi ijtimoiy o’zaro aloqalar shakli (sub’ektlar individ/guruh/o’z o’zi bilan– ichki nizolar holatlarida bo’ladi. "Nizo" va "nizoli vaziyat" tushunchalarini ajratishni bilish kerak, ular o’rtasida katta farq bor. Nizoli vaziyat – ijtimoiy sub’ektlar o’rtasida haqiqiy qarama-qarshilikni юzaga keltiruvchi insonlar manfaatlarining mos kelmasligi.
Asosiy belgisi – nizo predmeti юzaga kelishi, lekin hozircha ochiq faol kurashning yo’qligi. Ya’ni to’qnashuv rivojlanishi jarayonida nizodan oldin har doim nizoli vaziyat юzaga keladi, uning asosi hisoblanadi. Nizolarni to’rt turlari ko’rsatiladi: ichki shahsiy – shahsning kuchi bo’yicha tahminan teng motivlari, qiziqishlari, ishqibozligi, manfaatlarining kurashini aks ettiruvchi; shahslararo – o’z hayotiy faoliyatida qarama-qarshi maqsadlarni amalga oshirishga intiluvchi shaхslarni ifoda etadi; guruhlararo – biri-biriga mos kelmaydigan maqsadlarni ko’zlagan va ularni amalga oshirish yo’lida bir-biriga to’sqinlik qiluvchi ijtimoiy guruhlar nizo tomonlari sifatida ishtirok etishlari bilan ajralib turadi; shahsiy-guruhli – shahsning hulqi guruh qoidalari va umidlariga mos kelmasligi holatlarida юzaga keladi. Nizoni oldindan ko’ra bilish uchun avval qandaydir qarama-qarshilik, kelishmovchilik mavjud bo’lgan hollarda юzaga keladigan muammo mavjudligini aniqlab olish kerak. Shundan keyin, nizoli vaziyatning rivojlanish yo’nalishi aniqlanadi. Nizolarni hal qilishga ikki xil yondoshuv mavjud: – birinchisi – mavjud ilg`or pedagogik tajribalarni o’rganish; – ikkinchisi – nizolar rivojlanishi qonuniyatlari bilimlarini va ularni oldini olish va bartaraf qilish usullarini egallash; (ancha qiyin yo’l, ammo ancha samarali, chunki turli nizolar barchasiga bartaraf qilish yo’llarini ko’rsatish mumkin emas). V.M.Afonьkova nizolarga pedagogik aralashishning muvaffaqiyatliligi pedagogning qarashlariga boғliq bo’ladi deb ta’kidlaydi. Bunday qarashlar kamida to’rtta bo’lishi mumkin: · nizoga avtoritar aralashishi yondoshuvi – pedagog nizo – bu har doim ham yomon emasligi va u bilan kurashish kerakligiga ishonchi bo’lmagan holda uni bostirishga harakat qiladi; · neytralitet yondoshish – pedagog tarbiyalanuvchilari o’rtasida юzaga keladigan to’qnashuvlarni sezmaslikka va aralashmaslikka harakat qiladi; · nizodan qochish – pedagog nizo – bu юzaga kelgan vaziyatdan qanday chiqishni bilmasligi sababli bolalar bilan uning muvaffaqiyatsiz tarbiyaviy ishlari ko’rsatkichi deb ishonadi; · nizoga maqsadga muvofiq aralashish - pedagog tarbiyalanuvchilari jamoasini yaхshi bilishiga, tegishli bilim va malakalariga tayanib nizo kelib chiqishi sabablarini tahlil qiladi, uni bostirish yoki ma’lum darajagacha rivojlanib borishi to’g`risida qaror qabul qiladi. O’quv faoliyati sharoitlaridagi nizolar turli хildagi nizolar bo’ladi. Pedagogika sohasi shaхsni maqsadga muvofiq shakllantirish barcha turlari to’plamidan iborat bo’ladi, uning mohiyati esa ijtimoiy tajribani o’rgatish va o’zlashtirish bo’yicha faoliyati hisoblanadi. Shuning uchun aynan mana shu erda pedagog, o’quvchi va ota-onalarning ko’ngil hotirjamliklari uchun qulay ijtimoiypsixologik sharoitlar yaratish zarur. Nizoning rivojlanib borishida qator bosqichlar mavjud:
1. Taxmin qiluvchi bosqich – manfaatlari to’qnashuvi юzaga kelishi mumkin bo’lgan sharoitlar bilan bog`liq.
2. Nizoning paydo bo’lish bosqichi – turli guruhlar yoki alohida insonlar manfaatlarining to’qnashuvi.
3. Nizoning etilishi bosqichi – manfaatlari to’qnashuvi muqarrar bo’lib qoladi.
4. Nizoni anglab etish bosqichi – janjallashuvchi tomonlar manfaatlari to’qnashuvini faqatgina sezibgina qolmay, balki anglab ham eta boshlaydilar
Pedagogik konfliktlar bu pedagogik jarayonda o’qituvchi va ta’lim oluvchi o’rtasida, shuningdek talabalar o’rtasida vujudga keluvchi muammoli vaziyatlarning amaldagi ko’rinishidir. Pedagogik jarayonni asosiy boshqaruvchisi o’qituvchi bo’lib, tizim doirasida faoliyatni amalga oshirishda talaba, ya’ni sub’ekt bilan aloqada konfliktli muhitlar юzaga kelishi mumkin. O’qituvchi va talaba o’rtasidagi shahslararo konfliktlar юqori bosqich talabalari bilan ko’proq sodir bo’ladi. Ilk bosqichlarda o’qituvchi talaba nigohida shubhasiz юqori nufuzga ega shahs sifatida gavdalanib, o’qituvchi talaba uchun ota-onasi singari kuchli ta’sir kuchiga ega bo’ladi.
CHunki, talaba “MEN”i bu davrda ruhiy adaptatsiyada bo’lib, yangi sharoitga ko’nikmagan ruhsizlikni boshidan kechiradi. YAngi sharoitga ko’nikib borishi natijasida, shahsda o’zgarishlar юz bera boshlaydi va talabaning o’z “MEN”iga bo’lgan ishonch ortadi. Natijada o’qituvchi va talaba o’rtasida konfliktli jarayonlar sodir bo’la boshlaydi. Юqori bosqichlarda talabalar mustaqil bo’lishga intiladi. O’zini fikrlarini bemalol aytishni, o’ziga taa’lluqli muammolarni mustaqil hal etishni, atrofidagi bo’layotgan voqelarga shahsiy munosabatini bildirishni hohlaydi. Natijada belgilangan me’yorlarni buzish natijasida o’qituvchi va talaba o’rtasida konflikt юzaga keladi. Pedagogik jarayonning muhim ishtirokchisi talaba bo’lib, ular orasidagi aksar konfliktlar kichik guruhlarda liderlikka intilish natijasida namoyon bo’ladi. Konfliktli vaziyat guruhdagi ikki lider o’rtasida vujudga kelib, ular konfliktga nafaqat o’zlarini, balki tarafdorlarini ham tortishi mumkin. Bu esa konfliktik eskalyatsiyani, ya’ni uni miqyosini kengayishiga sabab bo’ladi. Talaba-talaba va talaba-o’qituvchi konfliktida konfliktogenlarni qo’llamasdan, samarali uslublarni ishlatgan holda muammo echimiga kelish mumkin. SHuning uchun nizolarni muvaffaqiyatli hal qilish odatda muammoni aniqlash, uni tahlil qilish, uni hal qilish bo’yicha harakatlar va natijalarni baholash tsiklini o’z ichiga oladi. Har qanday aniq bir vaziyatda nizolarni hal qilish bo’yicha siyosatni ishlab chiqishga kirishishdan avval ularning manbalarini aniqlash zarur. Birinchi navbatda nima sodir bo’lganligini aniqlash kerak. Muammo nimadan iborat? Ushbu bosqichda muammoni aniqlash bilan barcha rozi bo’lishi uchun hodisalarni bayon etish muhim. Nizo tahlil qilib chiqilganidan so’ng hamkorlik ruhida birgalikda barchani murosaga keltirish yo’lini izlashga o’tish mumkin. O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi nizoni hal qilishda nizoning sabablarini tahlil qilishdan tashqari yoshi omilini hisobga olish kerak. “O’qituvchi - o’quvchi” amaliy nizoli vaziyatlar bilan bir qatorda shahsiy hususiyatdagi qarama-qarshiliklar ham uchrab turadi. Nizoli vaziyatga tushib qolib o’qituvchi o’zining faolligini yoki suhbatdoshini yahshiroq tushunishga yoki nizoni bostirish yoki uni oldini olish maqsadida o’z psihologik holatini boshqarishga qaratishi mumkin. Birinchi holatda nizoli vaziyatni hal qilishga insonlar orasidagi bir-birini tushunishlarini yo’lga qo’yish, anglashilmovchiliklarni, kelishmovchiliklarni yo’qotish yo’li bilan erishiladi. Umuman olganda, boshqa insonni tushunish ancha murakkab. Tajribali pedagoglar nimani gapirishni (dialogda mazmunini tanlash), qanday gapirishni (suhbatni emotsional tusda olib borish), bolaga qaratilgan nutqda maqsadga erishish uchun qachon gapirishni (vaqti va o’rni), kimning oldida va nima uchun gapirishni (natijaga ishonch) biladi. Pedagog va o’quvchi o’rtasida haqiqatda юzaga kelgan nizoni uch darajalarda tahlil qilish mumkin: Ta’lim muassasasida o’quv–tarbiyaviy ishlarini tashkil qilish ob’ektiv husussiyatlari nuqtai nazaridan; guruh, pedagogik jamoa, o’qituvchi va o’quvchining aniq shahslararo munosabatlari ijtimoiy–psihologik hususiyatlari nuqtai nazaridan; nizo ishtirokchilari yoshi, jinsi, individual-psihologik hususiyatlari nuqtai nazaridan. Agar butun ta’lim jarayonini tashkil qilish va sharoitlarida, jamoali qoidalar va tartiblar tizimida, ushbu jarayonning bir-birlariga nisbatan ijobiy munosabatlari, bo’lajak nizolarda konstruktiv hulqlariga tayyorliklarida haqiqiy ob’ektiv va sub’ektiv o’zgarishlar yaqqol ko’zga tashlansa, nizo samarali hal qilingan hisoblanishi mumkin.
Pedagogik jamoadagi nizolar – ijtimoiy sub’ektlar o’rtasida haqiqiy qaramaqarshilikni юzaga keltiruvchi insonlar manfaatlarining mos kelmasligi. Asosiy belgisi – nizo predmeti юzaga kelishi, lekin hozircha ochiq faol kurashning yo’qligi. YA’ni to’qnashuv rivojlanishi jarayonida nizodan oldin har doim nizoli vaziyat юzaga keladi, uning asosi hisoblanadi. Pedagogik jamoadagi nizoni konstrutiv hal qilish quyidagi omillarga boғliq deb hisoblanadi: nizoni to’ғri tushunish, ya’ni raqibining va o’zining harakatlarini, istaklarini shahsiy qiziqishlari bilan etarlicha aniq tushunish; ishtirokchilar sodir bo’layotganlarni va nizoli vaziyatdan chiqish yo’llarini, o’zaro ishonchlilik va hamkorlik muhitini yaratish to’ғrisida o’z tushunishlarini to’g’ri aytib muloqotning ochiqligi va samaradorligi, muammoni har tomonlama muhokama qilishga tayyor bo’lishlari. Rahbar uchun nizolashayotgan shahsning yoki hojimlarning insoniy hulqlar qanday harakteri, hususiyatlari hos ekanligini bilish ham foydali bo’ladi. Psihologlarning tadqiqotlarini umumlashtirib shunday sifatlarga quyidagilarni kiritish mumkin: o’z imkoniyatlarini va qobiliyatlarini noto’g’ri baholash, u past va юqori bo’lishi mumkin. K.U. Tomas va R.H. Kilmennlar tomonidan nizoli vaziyatlarda hulq asosiy eng mos keladigan strategiyalari ishlab chiqilgan. Ular nizoda beshta asosiy hulq uslublari mavjudligini ko’rsatadilar: moslashish, kelishish, hamkorlik, mensimaslik, raqiblik yoki raqobat. Ular aniq bir nizoda hulq uslubi passiv yoki faol harakat qilib shahsiy manfaatlaringizni va hamkorlikda yoki individual harakat qilib boshqa tomonning manfaatlarini qondirishni hohlash darajasi bilan belgilanishini ko’rsatadilar. Pedagogik jamoadagi nizoni hal qilishga yondoshishda quyidagi vaziyatlarda foydalanish mumkin: – mavjud ilғor pedagogik tajribalarni o’rganish; – ikkinchisi – nizolar rivojlanishi qonuniyatlari bilimlarini va ularni oldini olish va bartaraf qilish usullarini egallash; (ancha qiyin yo’l, ammo ancha samarali, chunki turli nizolar barchasiga bartaraf qilish yo’llarini ko’rsatish mumkin emas). V.M.Afonьkova nizolarga pedagogik aralashishning muvaffaqiyatliligi pedagogning qarashlariga boғliq bo’ladi deb ta’kidlaydi. Bunday qarashlar kamida to’rtta bo’lishi mumkin: · nizoga avtoritar aralashishi yondoshuvi – pedagog nizo – bu har doim ham yomon emasligi va u bilan kurashish kerakligiga ishonchi bo’lmagan holda uni bostirishga harakat qiladi; · neytralitet yondoshish – pedagog tarbiyalanuvchilari o’rtasida юzaga keladigan to’qnashuvlarni sezmaslikka va aralashmaslikka harakat qiladi; · nizodan qochish – pedagog nizo – bu юzaga kelgan vaziyatdan qanday chiqishni bilmasligi sababli bolalar bilan uning muvaffaqiyatsiz tarbiyaviy ishlari ko’rsatkichi deb ishonadi; · nizoga maqsadga muvofiq aralashish - pedagog tarbiyalanuvchilari jamoasini yahshi bilishiga, tegishli bilim va malakalariga tayanib nizo kelib chiqishi sabablarini tahlil qiladi, uni bostirish yoki ma’lum darajagacha rivojlanishiga berish to’ғrisida qaror qabul qiladi. Pedagogik jamoadagi nizolar o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida юzaga keluvchi va o’z hizmat vazifalarini bajarishdan voz kechishida yoki yomon bajarishida ham namoyon bo’ladi. Nizoda o’qituvchi o’z pozitsiyasini to’ғri aniqlashi juda muhim, chunki pedagogik jamoa uning tomonida bo’lsa юzaga kelgan vaziyatdan chiqish unga oson bo’ladi. Agarda sinf intizomni buzuvchi bilan birgalikda tartibsizlik qila boshlasa yoki ikki tomonlama pozitsiyada bo’lsa bu salbiy oqibatlarga olib keladi (misol uchun, nizolar doimiy tus olishi mumkin). Munosabatlar nizolari ko’pincha pedagogning muaamoli vaziyatlarni mohirona hal qila olmasligi natijasida юzaga keladi va odatda uzoq davom etadi. Ushbu nizolar shahsiy tus oladi, o’quvchining o’qituvchini uzoq vaqt davomida yoqtirmasligini keltirib chiqaradi, ularning munosabatlarini ancha vaqtga buzadi.
Nizolar faqatgina ob’ektiv emas, balki sub’ektiv shartlar sababli ham kelib chiqishi mumkin. Ob’ektiv vaziyatlarga pedagogik jarayonga unchalik boғliq bo’lmagan va nizoga olib kelishi mumkin bo’lgan vaziyat kiradi. Sub’ektiv shartlarini bolalarning tarbiyalari va rivojlanganliklari darajasi, nizolar ishtirokchilarining vaziyatning nizolilik darajasini anglab etishlari, ularning ma’naviy-qadriyatli yo’nalishlari tashkil qiladi. Bu jarayonda esa oilaning ta’sir kuchi kata imkoniyatlarga ega bo’ladi. CHunki, yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, tarbiyalash va madaniyatini shakllantirish o’zber oilalari uchun dolzarb masalalaridandir. Oilaviy tarbiyada eng muhim shart – oilaning mustahkam, ma’naviy soғlom asosga qurilganligi, avvalo ota-onalarning o’zlari tarbiyalangan bo’lishlari, ular o’rtasida totuvlik, ahillikning barqaror bo’lishi, farzandlarini kelajak hayotga, ijtimoiy munosabatlarga tayyorlash ularning kundalik e’tiqod tarzida ma’suliyatli burch ekanligini ongli tushunishlari va buni amalda oqlashlari kerak. YOshlarda ijtimoiy munosabatlarga tayyorgarlik, ma’naviy-ahloqiy barkamollik madaniyatining shakllanishida ota-onalarning hayotiy tajribasi katta ahamiyat kasbetadi. Lekin yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash masalasi ota-onalar va oilaning boshqa a’zolari uchun oғir ish hisoblanadi. Ko’p otaonalar farzandlari bilan bu mavzularda suhbat qurishda zaruriy bilim va malakaga va boshqa sohalarda bilimlari sayozligidir. Ko’pchilik ota-onalar farzandlari nizolarga kirishishini ijtimoiy hayotda o’z o’rnini topishga intilishi bilan belgilaydilar va bunga beparvo qaraydilar. Ota-onalarning aksariyat qismi farzandlarining noto’ғri tarbiyasi kelgusida nohush oqibatlarga olib kelishini tushunmaydilar. Sotsiologik tadqiqot natijalariga ko’ra, bugungi kunda farzanda tarbiyasi va yoshlardagi agressiv hulq-atvor normalarining namoyon bo’lishida oilalardagi psihologik muhitning nosoғlomligi, ota-onalarning farzand tarbiyasini «ikkinchi o’ringa» qo’yayotganligi va noto’liq oilalar sonining orib borayotganligi sabab bo’lmoqda. Bu esa ta’lim muassasalari va mahallalarda yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash borasidagi nafaqat yoshlar balkim ularning ota-onalari bilan ham pedagogik bilimlar tarғibotini olib borishni taqozo etadi
ADABIYOTLAR:
1. A.S. Kozlov “Protsedurnaya pomoщь v razreshenii konfliktov”. Jurnal “Prikladnaya psihologiya”, № 4. Moskva - 1998g. 2. O.N. Lukashonok, N.E. Щurkova “Konfliktologicheskiy etюd dlya uchitelya”. Moskva - 1998g. (80s.) 3. V.A. Sonin “Slovarь personaliy. Psihologi ot A do YA”. Moskva: moskovskiy psihologo-sotsialьnыy institut - 1997. -160 s. 4. V.P. SHeynov “Konfliktы v nashey
Do'stlaringiz bilan baham: |